Reja: Karbyuratorli dvigatellarni ta`minot tizimida uchraydigan nosozlik va buzilishlar
Download 175 Kb.
|
1474959345 65193
Ta`minlash tizimiga TXK. Kundalik xizmat koprsatishda har kuni avtomobilni ishga chiqarmasdan yonilg`i uzatmalarini, karbyuratorlarini va yonilg`i nasosini birikmalaridan yonilg`i sizib chiqmayotganligini ko’zdan kechirish lozim. Dvigatel qizigandan so`ng, uni tirsakli valni kichik aylanishlarida drossel zaslonkasini birdaniga ochish va tez bekitish bilan turg`un ishlashini tekshirish lozim.
Har 10000...15000 km yo`l bosib o`tgandan so`ng lozim: -havo tozalagichni karbyuratorga, yonilg`i nasosini blok tsilindrlariga, karbyuratorni kirish quvuriga, kirish va chiqish quvurlarini blok tsilindrlar kallagiga, ovoz so`ndirgichni qabul qilish quvurini chiqish quvuriga va ovoz so`ndirgichni kuzovga mahkamlanganligi tekshiriladi va bolt va gaykalari qotiriladi; -havo tozaligini qo’qog`ini olib filtrlovchi elementini yangisiga almashtiriladi; -changli sharoitda ishlaganda filtrlovchi element tezroq almashtiriladi; -yonilg`ini moyni tozalash filtri almashtiriladi. YAngi filtrni o`rnatishda uni ustidagi strelkaga e`tibor berish lozim, strelka yonilg`i yo`nalishi bo`yicha yonilg`i nasosi tomon yo`naltirilgan bo`lishi lozim; -yonilg`i nasosi korpusi qo’qog`ini olib to`rli filtrni sug`urib olinadi, uni va yonilg`i nasosi korpusi bo`shlig`ini benzin bilan yuviladi va siqilgan havo bilan ‘udaladi va hamma detallar o`rniga qo`yiladi; - karbyurator qo’qog`idan tiqin bo`shatib, to`rli filtr olinadi, uni benzin bilan yuvib, siqilgan havo bilan ‘udab o`rniga qo`yiladi. Har 20000 km yo`l bosib o`tgandan so`ng karbyurator tozalanadi va uni ishlashi quyidagi tartibda teshiriladi: karbyurator qo’qog`i yechiladi va po`kakli kameradagi iflosliklarni tozalanadi. Buning uchun rezina nok bilan uni ichidagi benzin iflosliklar bilan birga so`rib olinadi. Jiklyor va klapanlarni i’lar bilan ifloslanmaslik uchun po`kakli kamerani latta bilan artish tavsiya etilmaydi; karbyurator kanallari va ji’lyorlari siqilgan havo bilan ‘udaladi; po`kakli kameradagi yonilg`i stahi tekshiriladi va lozim bo`lganda me`yoriy sathi o`rnatiladi; karbyuratorni majburiy salt yurish ekonomayzeri tizimi ishi tekshiriladi; dvigatelni salt yurishida tirsakli valni kichik va o`rtacha aylanishlarida chiqindi gazlar zaharliligini tekshirish uchun karbyurator sozlanadi. Download 175 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling