Reja: Karbyuratorli dvigatellarni ta`minot tizimida uchraydigan nosozlik va buzilishlar


Karbyurator detallarini tozalash va tekshirish


Download 175 Kb.
bet8/14
Sana15.01.2023
Hajmi175 Kb.
#1094368
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1474959345 65193

Karbyurator detallarini tozalash va tekshirish. Karbyuratorni hamma detallari va kanallari qattiq cho`tkali kistochka yordamida yuviladi va schiqilgan havo yordamida ‘udaladi. Karbyurator detallarini yuvishda kanallar va teshik lar ifloslanmasligi uchun latta, ‘axta yoki materiallardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Karbyuratorni tashqi yuvish uchun benzin, kerosin yoki moyli qoldiqlarni eritadigan maxsus yuvuvchi tarkiblardan foydalanish mumkin. Karbyuratorni ichki bo`shliqlarini va metalldan ishlangan detallarini yuvish uchun № 645-652 eritgich yoki atseton ishlatish maqsadga muvofiq. CHunki ular smolali va lakli qoldiqlarni yaxshi eritadi. SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, kuchli erituvchilar nometall detallarni (qistirma, diafragma) shikastlashi mumkin, shuning uchun ularni benzinda yoki kerosinda yuvish lozim.
Lozim bo`lganda kanallar va emulsion quduqchalar maxsus razvyortkalar yordamida tozalanadi. Jiklyorlar va emulsion quvurlar qattiq ifloslanganda atseton bilan namlangan yumshoq ninalar bilan tozalanadi. Buning uchun metall asbob ishlatish tavsiya etilmaydi. Jiklyorlardagi kichik diametrli teshik larni tozalash uchun kesimi mos keladigan yumshoq miss simdan foydalanish mumkin.
po`kakni tekshirish. po`kakni massasi va germetikligini aniqlash maqsadida tekshiriladi. Buning uchun po`kak tarozida tortiladi va karbyuratorni texnik tavsifnomasidagi koprsatkichi bilan solishtiriladi. po`kakni germetikligini uning 80-900S da qizigan suvga bir daqiqa cho`ktirish bilan tekshiriladi. po`kakdan havoni sizib chiqishi uni germetiksizlanganligini bildiradi. Bunday po`kakni ta`mirlash yoki almashtirish lozim.
Latunli po`kakda teshigi yoki darzi bo`lsa, avval uning ichidagi benzinni chiqarib yuborish uchun teshik yoki darz qarshisidan teshik ochiladi va siqilgan havo yordamida ‘udaladi. SHundan so`ng po`kak devoridagi teshik lar kavsharlanadi. Ta`mirlangandan so`ng po`kak tarozida tortiladi, lozim bo`lganda kavsharlangan metalldan kesib tashlanadi.
Ninasimon klapanni tekshirish. po`kakli mexanizmdagi ninasimon klapanini germetikligini aniqlash uchun tekshiriladi. Agar klapanda kopzga koprinarli yeyilish izlari bo`lsa uni almashtiriladi. Ninasimon klapan germetikligini maxsus asbob yordamida aniqroq tekshiriladi. Asbob nasos, bachok va shkalali nazorat quvurdan iborat. Dastani tortganda nasos porsheni siyraklashish hosil qiladi va nazorat quvuridagi suv sathini 1000 mm belgisiga koptaradi va jumrakni berkitadi klapan germetik hisoblanadi, agar 30 s davomida suv sathidan kamroq pastga tushsa.
Maxsus asbob bo`lmaganda ninasimon klapanni germetikligini tekshirish yuqorida koprsatilgan usul bo`yicha amalga oshiriladi.

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling