Reja: Karbyuratorli dvigatellarni ta`minot tizimida uchraydigan nosozlik va buzilishlar


Download 175 Kb.
bet9/14
Sana15.01.2023
Hajmi175 Kb.
#1094368
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1474959345 65193

Jiklyorlarni tekshirish. Jiklyorni haqiqiy o`tkazish qobilyatini aniqlash maqsadida tekshiriladi. Buning uchun maxsus moslama yordamida jiklyordan 1 m suv ustida bosim va 200 S haroratda suv o`tkazadi va bir daqiqada jiklyordan o`tgan suv miqdori aniqlanadi va karbyuratorni texnik tavsifnomasidagi koprsatkich bilan solishtiriladi.
Tezlatgich nasosini tekshirish. Tezlatgich nasosida purkagich sharigini yengil siljishi va harakatlanuvchi elementlarini harakati tekshiriladi. Elementlarni qadalib qolishi ruxsat etilmaydi. Bundan tashqari diafragmani, qistirmani va zichlovchi sirtlarni butunligi tekshiriladi.
Karbyuratorni quvvat rejimi (tartibi) ekonomayzerida diafragma turtkisi uzunligi va diafragmani o`zini butunligi tekshiriladi. Agar turtkini uzunligi kallagi bilan 6 mm dan kichik bo`lsa, diafragmani turtki bilan birga almashtiriladi.
Karbyuratorni ikkilamchi kamerasi pnevmouzatmasini ishi quyidagicha tekshiriladi. Bajaruvchi mexanizm shtogini prujinani siqib yuqoriga tayaguncha koptariladi. Bunda ikkilamchi kamerani drossel zaslonkasi ochilmasligi kerak. SHtokni quyib yubormasdan ‘ishangni oxirigacha buraladi. Bunda bir vaqtni o`zida tovlangan prujinani ta`sirida ‘ishang ikkilamchi kamera drossel zaslonkasini ochib aylanadi.
Zaslonka to`liq ochiq bo`lganda ‘ishang shtokni ‘ishangiga tayangan bo`lishi lozim.
‘ishangni holatini sozlash, ya`ni drossel zaslonkasini to`la ochilishini ta`minlash shtokni uzunligini o`zgartirish bilan amalga oshiriladi. So`ng shtokni ushlab turib ‘ishangni asta sekin tushirish zaslonkani yo’ilishini kuzatish lozim; avval ikkilamchi zaslonka keyin birlamchi zaslonka to`la yo’ilishi kerak.
Karbyuratorni korpus detallari holatini tekshirish. Korpus detallarini yotish sirtlarini holati tekshiriladi. Korpus detallari tob tashlagan bo`lsa, ularni tekis qattiq joyga o`rnatilgan yumshoq mayda qumqog`ozda jilvirlanadi. Korpus detallari birikish joylari yorilgan va shikastlangan bo`lsa, ular almashtiriladi.
Karbyuratorni ta`mirlash uchun maxsus ta`mir komplektrlari ishlab chiqariladi. Ular tez almashtiriladigan qistirmalar, diafragmalar, klapanlar, jiklyorlar, qotirish elementlari va boshqalar.
Karbyuratorni yig`ish uni qismlarga ajratishga teskari tartibida bajariladi. Karbyuratorni yig`ishda hamma qistirmalarni almashtirish lozim. Yig`ishda jiklyorlarni o`rnini almashtirib qo`ymaslik uchun ularni markalanishiga va karbyuratorni texnik tavsifnomasidagi koprsatmalarga e`tibor berish lozim. «Ozon» ti’idagi karbyuratorni bosh dozalovchi tizimidagi purkagichlarni o`rnini almashtirib qo`ymaslik uchun birlamchi kamera purkagichi korpusida shtift, ikkilamchi kamera purkagichida ekonostat tizimi yonilg`i uzatishi uchun qo`shimcha teshik mavjud.
Ninasimon klapan korpusini 1,4...1,5 kg.k momenti bilan qotirish lozim.
Drossel va havo zaslonkalarini o`qga qotirish vintlarini qotirib bo`lgandan so`ng vintlarni bo`shab kirish quvuriga undan tsilindrga tushib ketishini oldini olish uchun maxsus moslama yordamida o`qlarni deformatsiyalanishidan saqlagan holda vintlarni chil’ishlash lozim.
Tezlatgich nasosini qo’qoqni qotirish vintlarini, uni uzatmasi ‘ishangini bosib turib vintlarni qotirish lozim. Bu nasos ishga tushganda diafragmani cho`zilish va shikastlanishdan saqlaydi.
Karbyurator qo’qog`ini o`rnatishda po`kak yo`lini tekshirish va sozlash lozim, bunga po`kakli kameradagi yonilg`i sathi bog`liq.
«Ozon» ti’idagi karbyuratorlarni yonilg`i sathini tekshirish va sozlash. Ular karbyuratorni qo’qog`i vertikal holatda turganda tekshiriladi. qo’qoqni vertikal holatida yonilg`i kelish shtutseri yuqoriga qaragan, po`kakni tilchasi esa ninasimon klapanni dem’firlovchi shartiga yengil tegib turgan bo`lishi lozim. Bunda po`kak va qo’qoqni zichlovchi qistirmasi orasidagi A o`lchov 6,5  0,25 mm, po`kakni yo`li V o`lchov esa 8mm ni tashkil etishi lozim. A o`lchov tirqishni sozlash uchun po`kak tilchasini egish bilan sozlanadi. po`kak yo`li tayanchni egish bilan sozlanadi. Agar shunday sozlagandan so`ng po`kak qo’qog`ini yuqoriga qaratilsa A o`lchov klapanga dem’ferlovchi sharikni cho`kishi hisobiga 1...2 mm ni tashkil etadi.
«Soleks» ti’idagi karbyuratorlarda yonilg`i sathini sozlash uch bosqichda amalga oshiriladi. Ikkita po`kak ham qo’qoqdan bir xil sathda bo`lishi uchun avval po`kaklarni o`zaro joylashuvi tekshiriladi va ularni kronshteynlarini yarmini egib sozlanadi.
So`ng po`kakni chiqib turgan qismi va qo’qoqni zichlovchi qistirmasi orasidagi tirqish S o`lchanadi, u 10,25 mm ni tashkil etishi lozim. Agar sozlangandan so`ng karbyurator qo’qog`ini vertikal qo`yganda po`kak tili ninasimon klapaninin dem’firlovchi sharigiga yengil tegishi, po`kakda choki qistirmali qo’qoq tekisligiga ‘arallel tushishi lozim. CHoklarni qo’qoq tekisligiga ozgina ‘arallelsizligi ninani dem’firlovchi sharigi bilan nosozligini bildiradi.
po`kakni holatini sozlashni yakuniy bosqichi po`kak va qo’qoq orasidagi tirqishni sozlashdir. Bu tirqishni po`kaklar kronshteynini orqa tilchasini egish bilan sozlanadi va u 15 mm ni tashkil etishi lozim. po`kak holatini sozlashda qo’qoqni po`kak bilan pastga qaratmaslik lozim, chunki bunda po`kakni sozlanganligi buziladi.
Karbyurator yig`ilgandan so`ng, uni avtomobilga o`rnatishdan oldin zaslonka va ‘ishang o`qlarini yengil va tutilishsiz ishlashini tekshirish va uzatmani ishqalanuvchi detallarini motor moyi bilan moylash lozim.
Karbyuratorni ishga tushirish mexanizmini sozlashda birlamchi kamerani havo va drossel zaslonkalarini holati sozlanadi. Havo zaslonkasi to`la yo’iq bo`lganda dvigatelni ishga tushirishda dvigatelda birinchi alangalanishda ishga tushirish qurilmasini pnevmokrrektori ishga tushadi, bunda diafragma shtogi havo zaslonkasi ‘ishangiga ta`sir koprsatib, dvigatelni me`yorida ishlashini ta`minlovchi A tirqish kattaligiga siljitadi. SHu maqsadda havo zaslonkasi to`la yo’iq bo`lganda birlamchi kamerani drossel zaslonkasi V tirqish kattaligiga ochiq bo`lishi lozim.
«Soleks» ti’idagi karbyuratorlardagi A va V tirqishlar pnevmokorrektorni sozlovchi vintlari va havo zaslonkasini boshqarish ‘ishangi yordamida sozlanadi.
«Ozon» ti’idagi karbyurator A va B tirqishlar pnevmokorrektor tortqisi uzinligini o`zgartirish hamda drosel va havo zaslonkalarini ulovchi tortqich bukish (egish) bilan sozlanadi.
Karbyuratorni avtomobilga o`rnatish uni avtomobildan yechib olish tartibiga teskari ravishda bajariladi. Karbyuratorni dvigatelga o`rnatgandan so`ng dvigatel artiladi va sozlash ishlari bajariladi.
Karbyuratorni salt yurish tizimi qizdirilgan dvigatelda miqdor va sifat vintlari yordamida quyidagi tartibda amalga oshiriladi.CHiqindi gazlarni zaharligini o`lchash uchun asbobni namuna oluvchisini ovoz so`ndirgichga 300 mm ichkarisiga kirgiziladi. Karbyuratorni yonilg`i aralashmani sifatni sozlovchi vintlaridagi zaglushka olinadi. Dvigatel yurgiziladi va havo zaslonkasi to`liq ochiladi. Aralashma miqdori vinti yoki majburiy salt yurish ekonamayzerini pnevmoklapani korpusini burish bilan salt yurishda tirsakli valni minimal turg`un aylanishlari (700...900 daq-1) o`rnatiladi.
Sifat vintini burab talab etilgan SO (1,5% dan kam) va SN (1200 birlikdan kam) miqdorini o`rnatamiz. Soat mili bo`yicha vint buralsa SO va SN miqdori kamayadi. Lozim bo`lganda salt yurishda turg`un aylanishlarni miqdor vinti bilan o`rnatib sifat vinti bilan sozlash takrorlanadi. Sozlash tugatilgandan so`ng pedal gazini birdaniga bosib va qo`yib yuborib sozlash sifati tekshiriladi. Bunda dvigatel uzluksiz aylanishlarini ko’paytirishi va pedalni qo`yib yuborganda to`xtab qolmasligi lozim. Aks holda miqdor vinti yordamida aylanishlarni ko’paytirish lozim. Tekshirishdan so`ng sifat vinti o`z-o`zidan bo`shab ketishini oldini olish uchun zaglushka o`rnatiladi.
Dvigatellarni purkash tizimiga xizmat koprsatish va tashxislashni xos xususiyatlari. YOnilg`ini purkash tizimi xizmat koprsatishni talab qilmaydi (ular elementlarini toza holatda ushlab turishdan,ularni qotirmalarini va ichakli birikmalarini tekshirish va sozlashdan tashqari), ta`mirlashda diagnostikalash va yaroqsiz elementlarini almashtirishdan iborat. purkash tizimi talab bo`yicha «SNEK ENGINE» nazorat lampasi yonganda diagnostika o`tkaziladi. Elektron boshqarish bloki (BB) xotirasiga kiritilgan nosozliklar kodlarini sanashdan boshlanadi. Nosozliklar kodini EBB xotirasida saqlash uchun akummulyator batareyasi uzib qo`yilmaydi. Diagnostika kolodkalarini A va V uchlarini ulaganda yoki diagnostika kalodkasini M uchidan «CHECK ENGINE» lampasi nosozliklar kodini beradi A va V uchlarni birlashtirganda «CHECK ENGINE» kodini 3 marta berishi lozim (lampa bir marta yonadi, 1-2 s-’auza, lampa ikki marta yonadi, 1-2 s-’auza). Bu kodni berishi diagnostika tizimi ishga yaroqliligini bildiradi, shundan so`ng uch martadan takrorlab nosozliklar kodini beradi.
Matronik va Mano-Matronik ti’ida purkash tizimlarida quyidagi nosozliklar kodlari mavjud:
13-kislorod kontsentratsiyasi datchigida signal yo`q;
14-sovitish suyuqligi harorati datchigida signal darajasi past.
15-sovitish suyuqligi harorat datchigi signali darajasi yuqori;
16- tizim manbasini kuchlanishi yuqori;
19-tirsakli val aylanishlarini va holatini datchik signali yo`q yoki noto`g`ri;
21-drossel zaslonkasi holati datchiki signali darajasi yuqori;
22- drossel zaslonkasi holati datchiki signali darajasi past;
23 -so`rilayotgan havo harorati datchigi signalini darajasi yuqori;
24-avtomobil tezligi signali yo`q;
25- so`rilayotgan havo harorati datchigi signalini darajasi past;
33-kirish quvurida siyraklashishi datchigi signalini darajasi yuqori;
34 -havoni massani sarfi datchigi signali yo`q yoki noto`g`ri;
34-kirish quvurida siyraklashish datchigi signalini darajasi past;
34-salt yurishda tirsakli val aylanishlari signali xato;
44-aralashma tarkibi kambag`allashgan;
45-aralashma tarkibi boy;
49-havo so`riliya’ti;
51-xotiralash qurilmasi xato;
52-EBB xato;
53-tizim manbasini kuchlanishi oshib ketgan;
54-oktan-korrektor xato;
55-yuqori yuklamada aralashma tarkibi kambag`allashgan;
55-EBB xato;
61-kislorod kotsentratsiyasi datchigi ishi yomonlashgan .
yuqorida koprsatilgan kodlarni bitta yulduzcha bilan belgilangani faqat Motronik ti’idagi yonilg`ini purkash tizimini testlashda, ikkita yulduzcha bilan belgilangani Mono-Motronik ti’ida markaziy yonilg`i purkash tizimini, qolgan kodlar ikkita tizimni ham testlashda beriladi.
purkash tizimini diagnostikalash nosozliklar kodini sanash va mos datchikni elektr zanjirini va o`zini tekshirishdan iborat.
Agar datchik zanjiri soz bo`lsa, demak EBB nosoz. Agar nosozliklar kodi berilgandan va ular bartaraf qilingandan so`ng dvigatel ishga tushmasa yoki nosozlik kodlari berilmasa, yonilg`i uzatish zanjirlarini, forsunkani ishini va ularni boshqarish zanjirini tekshirish lozim.
Elektrli benzin nasosini ishga yaroqliligini va yonilg`i uzatish tizimini germetikligini tekshirish uchun raMPadagi shtutser bo`shatib olinib o`rniga manometr qotiriladi. Benzin nasosi ishlayotganda yonilg`i uzatish tizimidagi bosim 0,29...0,32 MPa va nasosi o`chirgaandan ikki soniya o`tgandan so`ng bosim stabillashgan va tushmasligi lozim. Agar bosim tushib ketsa yoki quvur o`tkazgichlar nosoz yoki benzin nasosini bosim (na’or) klapani nosoz. purkash tizimi elementlari bo`lsa yangisiga almashtiriladi.

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling