Reja: Karbyuratorli dvigatellarni ta`minot tizimida uchraydigan nosozlik va buzilishlar


O`ta boy yonilg`i aralashma hosil bo`lishi q


Download 175 Kb.
bet4/14
Sana15.01.2023
Hajmi175 Kb.
#1094368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1474959345 65193

O`ta boy yonilg`i aralashma hosil bo`lishi qo`yidagi belgilar bo`yicha kuzatiladi: qora tutun va ovoz so`ndirgichdan «otishmalar», dvigatel quvvati kamayadi va qiziydi, yonilg`i sarfi ko’payadi, moyga benzin tushadi, yonish kamerasida porshen tubida va kanallarda qurum hosil bo`ladi.
Ovoz so`ndirgichdan qora tutunni chiqishi chiqindi gazlarda yonilg`ini to`la yonmagan mahsuloti borligi bilan tushintiriladi. YOnilg`ini bir qismi tsilindrda havoni yetishmasligi tufayli yonmaydi va ovoz so`ndirgichda chiqayotganda kislorod bilan birikib yonishi natijasida ovoz so`ndirgichda «otishma» sodir bo`ladi. Ovoz so`ndirgichdagi «otishma» chiqish kanallari zich berkilmaganda ham sodir bo`lishi mumkin. Boy aralashmani sekin yonishi dvigatel quvvatini pasayishiga olib keladi. YOnmagan benzin bug`lari kondensatsiyalanadi. Ular tsilindr devorlariga o`tirib qolib poddon karterga oqib tushadi yoki moy sidiruvchi halqalar moyni sidirib tushiradi, buning natijasida moyga benzin tushadi.
Qo`yidagi sabablar boy aralashma hosil bo`lishiga olib kelishi mumkin: po`kakli mexanizmini sozligini buzilishi, po`kakni devorlari darz ketganligidan po`kakni benzin bilan to`lishi po`kakli kamera devorlariga po`kakni tegib qolishi sababli po`kakli kamerada yonilg`i sathi ko’payib ketadi; po`kakli kameradagi ninasimon klapanni yeyilishi, qadalib qolishi va to`la yo’ilmasligi, uning o`tirgichini bo`shab qolishi; havo zaslonkasini to`la ochilmasligi; quvvat ekonomayzeri diafragmalari germetikligini buzilishi hamda jiklyorlarni yeyilish.
Bu nosozliklar qo`yidagicha aniqlanadi va bartaraf qilinadi. Karbyurator qo’qog`ini yechib, po`kakli mexanizm tekshiriladi, lozim bo`lganda aniqlangan nosozliklar bartaraf qilinadi va po`kakli kamerada yonilg`i sathi sozlanadi. Ninasimon klapanni germetikligi tekshiriladi. Buning uchun karbyurator qo’qog`ini po`kak bilan yuqoriga qaratib og`dariladi va yonilg`i uzatuvchi shtutserga zichlab rezina nok ulanadi, rezina nokni siqib siyraklashish hosil qilinadi. Agar 30 soniya davomida rezina nokni shakli sezilarli o`zgarmasa, demak klapan germetiklangan, o`zgarsa klapan germetiksizlangan va uning almashtirish zarur. Havo zaslonkasini to`la ochilmasligini, uning trosli uzatmasini sozlash bilan bartaraf qilinadi. Boy aralashma hosil qiluvchi boshqa nosozliklar karbyuratorni avtomobildan yechib olgandan so`ng aniqlanadi va bartaraf qilinadi.
YOnilg`i bakini o`tuvchi tiqinini hamda yonilg`i o`tkazgichlarni nosozligi, yonilg`i o`tkazgichlardagi darz, yonilg`i nasosi diafragmasini va birikmalarini nogermetikligi sababli yonilg`i oshishi mumkin. YOnilg`ini har qanday oqishini darrov bartaraf qilish lozim, chunki bu avtomobillarda yong`inni keltirib chiqarishi va yonilg`i sarfi ko’payishi mumkin.

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling