Reja: Kasbga o’z o’zini yo’naltirish va o’z o’zini anglash
Download 69.38 Kb.
|
Kasbga yo’naltirish omillari va kasblarning psixologik tasnifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbga o’z – o’zini yo’naltirish va o’z – o’zini anglash.
Kasbga yo’naltirish omillari va kasblarning psixologik tasnifi Reja: 1.Kasbga o’z – o’zini yo’naltirish va o’z – o’zini anglash. 2. Shaxsning kasbiy kamoloti. Shaxsning o’z – o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini anglash. 3.Ya.Xolland taklifi bo‘yicha odamlar va ko‘pchilik kasblarni shartli guruhlash (realistik, ijtimoiy, konvensial (shartli), tadbirkor, artistik tiplar). 4.Shaxsning tashkilotchilik va kommunikativ xususiyatlarini diagnostika qilish. Kasbga o’z – o’zini yo’naltirish va o’z – o’zini anglash. Shaxs kasbiy shakllanishining maxsulligi va anglay olishining muxim omili uning kasbiy mehnatda ma’no topishidadir, o’z kasbiy hayotini loyihalashtirish, mas’uliyat bilan kasb mutaxassislik va ish joyini tanlash borasida qaror qabul qilishdadir. Albatta, bu muhim kasbiy muammolar shaxs oldida butun hayoti davomida paydo bulaveradi. Shaxe esa doimo o’zgarib rivojlanib turadi. Demak, uning rivojlanishini turli bosqichlarida kasbiy anglash muammolari turlicha hal etiladi. Kasblar olamida o’z rasbini tugri tanlash, o’z ijtimoiy kasbiy rolini kasbiy mehnatga jamoaga va o’ziga bo’lgan munosabatini anglay olishi inson xayotining muhim komponentlari bo’lib qoladi. Gohida kishi kasbdan uzoqlashib, undan og’irlik seza boshlaydi unda o’z kasbiy holatidan qoniqmaslik xissi paydo bo’ladi. Shuningdek, insonlarda majburiy xolatda kasb (mutaxassislik)ni va ish joyini almashtirish hollari gohida uchrab turadi. Ta’kidlash mumkinki, shaxs oldida doimo undan kasbga bo’lgan munosabatni aniqlash, gohida o’z kasbiy yutuqlarini tahlil etish, kasb tanlovi yoki uni almashtirish qarorini qabul qilish, karerani aniqlash va korreksiyalash boshqa kasbga xos bo’lgan masalalarni hal etishni talab etadi. Kasbshunoslikda barcha bu muammolar kompleksi kasbiy aniqlanish deb tushuniladi. Tabiiyki, bunday murakkab psixologik xodisa psixologiya fanida yagona tugri ta’rifga ega bo’lishi mumkin emas. Shaxsda kasbiy shakllanish konsepsiyasini tadqiqotchi psixologlar tomonidan turlicha tushuntirib berilgan. A.Maslou konsepsiyasi bo’yicha, inson takomillashib borishiga, o’zini namoyon etishiga bo’lgan intilishi aks etadi. Uning konsepsiyasida “Aniqlanish” tushunchasi “O’zini namoyon etish” tushunchasi yaqin atama sifatida e’tirof etiladi. P.G.SHedrovskiy “Aniqlanish” insonning o’zini o’zi o’z individual tarixini yaratish qobiliyati sifatida, o’zligini aniqlay olishida ko'radi. E.A.Klimov kasbiy anglashni batafsil tahlil etib, uni “psixik rivojlanishining, nimadir foydali ishni qiluvchilar” professionallar hamjamiyatining to’laqonli ishtirokchisi sifatida o’zini shakllantirishning muhim ko’rinishidir. Kasbiy anglash bo’yicha ye.A.Klimovning fikri qadrli hisoblanadi. Uning fikricha, oson va qisqa muddatli hisoblangan kasb tanlovi aslida “laxza KUSHUV butun kelgusi xayot” formulasi asosida amalga oshiriladi. Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bog‘liq degan qarashlardan farqli ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning funksiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko‘rsatib bergan. Kasbiy faoliyatni turli darajada o‘zlashtirgan mutaxassislar haqidagi tasavvurlar, qolaversa, kasbiy shakllanish mezonlarining tavsifi keltirib o‘tilgan. Malakali kadrlar tayyorlash tizimini o’zluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish sohalarida ko‘p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy faoliyatda o‘zini namoyon qilishi muammosini yo’zaga keltirdi. Bu muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli ta’limini va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas. Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya doirasida ham o‘rganishni muhimligini ko‘rsatib berdi. Kasbiy shakllanish jarayonini o‘rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga yo‘naltirilganligidadir. SHuning uchun ham kasbiy etuklik darajasi ajratib ko‘rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi. Shaxsning kasbiy shakllanishi masalasi ko‘pgina mualliflar tomonidan tadqiqqilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan jarayondir. Ko‘pincha mutaxassis Shaxs ining to‘la tahlil qilish tushib qoladi, Shaxs ning kasbiy shakllanish bosqichi esa hayot yo‘li bosqichi bilan muvofiq tarzda ko‘rib chiqiladi. Shuning uchun vaqt doirasida qatiy chegaralanib qoladi. Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi Shaxs ning kasbiy shakllanishini o‘rganishda insonning imkoniyatlarini to‘liq ochib beruvchi sub’ekt va ijtimoiy muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish muhimdir. Har bir ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga bo‘linishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub’ekt o‘zini “topgan”, o‘zida va faoliyatida o‘zini o‘zgartirishni hoxlamasligi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi tip esa sub’ektning o‘zini-o‘zi “qidirishi” bilan tavsiflanadi. Bu o‘tish, oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat) bir shaklni tark etib jamiyatning boshqa yuqori darajasiga erishadi. Garmonik aloqalar uchun sub’ekt yaxlit Shaxs sifatida namoyon bo‘ladi, u sub’ekt-predmet tartibi – rolli niqob sharti bilan belgilanadi. Bu erda inson “taraqqiyotning absolyut harakati holatida” bo‘ladi. Keyinchalik Shaxs ni kasbiy shakllanishi borasidagi qarashlarga S.L.Rubinshteyn ishlari asos bo‘lib xizmat qildi. S.L.Rubinshteyn insonning hayotga munosabatini ifodalovchi ikki usulni ajratib ko‘rsatgan. Birinchi usul – bu insondagi barcha munosabatlar to‘liq emas, balki alohida hodisalariga munosabat doirasiga kiruvchi hayotdir. Bunday munosabatda inson hayot sub’ekti hisoblanmaydi, shu bilan birga undan alohida ham bo‘lmaydi. Bu erda hayotning o‘zi “tabiiy jarayon sifatida” namoyon bo‘ladi; inson hayot tarzi bilan uni to‘ldiradi. Ijtimoiy hayot insonni o‘rniga sub’ekt sifatida namoyon bo‘ladi. Bu erda axloq beayblik, yomonlik qilmaslik, tabiiylik, insonning tabiiy holati sifatida namoyon bo‘ladi, shu bilan bir qatorda bu erda yaxshilik va yomonlik o‘zaro bog‘liqdir. Bu usul insonning hayoti o‘zidan o‘zi kechadigan hayot-avtomat aloqalariga kiruvchi xususiyat sifatida tavsiflanadi. Ikkinchi usul ichki refleksiyani namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, u “hayotning bu o’zluksiz jarayonini to‘xtatib qo‘yishi, o’zib qo‘yishi mumkin va insonning g‘oyalar dunyosidan chiqarib yuboradi. Inson g‘oyalar dunyosidan tashqaridagi pozitsiyani egallaydi...”. Bunday refleksiyaning namoyon bo‘lishi hayotiy qadriyatlar tizimini aniqlash bilan bog‘liqdir. S.L.Rubinshteyn aynan shu holat bilan voqelikning yangi usuliga o‘tish imkoniyatini bog‘laydi. Bevosita aloqalarni o’zish va ularni yangi negizlar asosida tiklash ikkinchi usulga o‘tish bilan yakunlanadi. SHu vaqtdan boshlab “ruhiy bo‘shliqqa, negilizmga, axloqiy skeptizmga, axloqiy beqarorlikka yoki boshqa – yangi anglangan sharoitda axloqiy inson hayotini qurishga yo‘l ochila boshlaydi”. Sanab o‘tilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini xarakterlamaydi, balki Shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yo‘q bo‘lgan vaziyatda qolganda o‘zining beqaror “Men” tizimini bo’zilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi. Bu vaziyat ba’zida “o‘zini safarbar etish” holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni o‘zining namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘zini-o‘zi safarbar etish deb nomlab bo‘lmaydi: tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda anglanmagan voqelikni yo‘qotish mumkin emas. SHunchaki, birinchi usulda turmush tarzining hayot-avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib chiqarmaydi. Hayotiy faoliyat modusi – bu insonning tashqi dunyo bilan o‘zaro hamkorligini, inson turmush tarzi qanday to’zilganligini aniqlab beruvchi ko‘pgina munosabatlarning o‘zaro bog‘liqligini to‘liq xarakteridir. Hayotiy faoliyat modusi faqatgina inson turmush tarzini turli voqeliklarga munosabatini ifodalab qolmasdan, balki individning turli individual qobiliyatlarini ham faollashtiradi. Uning ta’sir ostida Shaxs qadriyatlari, ehtiyojlari sohasi va boshqalar shakllanib boradi. Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi munosabatlar tizimi haqidagi tushunchalarning mazmuni quyidagi jadvalda keltirilgan. Download 69.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling