Reja: Kasbga o’z o’zini yo’naltirish va o’z o’zini anglash


Kasbiy kamolotdagi shaxsning motivlari


Download 69.38 Kb.
bet7/10
Sana05.04.2023
Hajmi69.38 Kb.
#1274429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kasbga yo’naltirish omillari va kasblarning psixologik tasnifi

10.3.Kasbiy kamolotdagi shaxsning motivlari.
Munosabat murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, unda shaxs xususiyatlari asosiy o‘rin egallaydi. Shaxs – ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining, asosiy sababi, uning doimo insonlar davrasida hamda ular bilan o‘zaro ta’sir doirasida bo‘lishini anglatadi. Bu Shaxs ning eng etakchi va nufo’zli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Har bir inson o‘zgalarini tinglashga, o‘z fikrini birovlarga etkazishga, ya’ni fikr bildirishi, ya’ni ba’zan yozma tarzda bayon etishga tug‘ma qobiliyatliday o‘zini tasavvur qiladi. Lekin ana shu birovlarni tushunish va o‘z fikrlarimiz, o‘ylarimizni birovlarga etkaza olish qobiliyati aslida bizning insoniy munosabatlar tizimida ekanligimizni, har birimiz o‘zimizga o‘xshash inson jamiyatisiz mavjud bo‘la olmasligimizni bildiradi.
Insoniy munosabatlar shunday o‘zaro ta’sir jarayonlariki, unda Shaxs laro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar o‘rtasida ro‘y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotida bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o‘rtasida umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki “yarimta jumladan” ham fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig‘izligi teskari reaktsiyalarni – bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi
Shaxslararo munosabatlarni o‘rganish psixologiya fanida eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. CHunki inson Shaxs ining eng nufo’zli va etakchi faoliyatlaridan biri bo‘lgan muloqot va u orqali o‘zaro munosabatlar odamlar orasida umumiylik, o‘xshashlik, uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ayniqsa, oila muhitida Shaxs lararo munosabatlarning, chunonchi, ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarning o‘ziga xos tomonlari Shaxs ning hayoti, faoliyatining samarasi va mazmuniga bevosita ta’sir etadi. SHunday ekan, insonlar orasida amalga oshadigan Shaxs lararo munosabatlar va uning Shaxs xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish hozirgi kunda psixologiya fanida muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Download 69.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling