Reja: Kasbga o’z o’zini yo’naltirish va o’z o’zini anglash
Download 69.38 Kb.
|
Kasbga yo’naltirish omillari va kasblarning psixologik tasnifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi jihat
- Birinchi bosqichda
Birinchi jihat – muayyan kasbni tanlash uchun zarur motivasiyani aniqlash va shakllantirish. Bunda Shaxs iy qiziqishlar tanlagan kasbning ijtimoiy mavqe, uning iqtisodiy manfaatdorligi va nihoyat kasbning Shaxs bilimlari bilan muvofiqligi kasb tanlashga ta’sir qiladi. Motivasiya mehnat va kasbiy ta’limning o‘zida muhim ahamiyat kasb etadi, shu bois kasb tanlash vaqtida ularni o‘z vaqtida aniqlash va korreksiyalash muhim sanaladi. Motivasiya aynan shu kasbda faoliyat yuritishda Shaxs iy qiziqishlarni ta’minlaydi. Bu esa o‘z navbatida ushbu faoliyatdagi dastlabki ijobiy ustanovkalarni belgilab beradi.
Ikkinchi jihat kasb tanlashning psixofiziologik omillarni talab qilmaydi, lekin shu bilan bir qatorda u yoki bu mutaxassislik bo‘yicha faoliyat yuritayotgan Shaxs ga turli darajadagi kuch va vaqt talab etiladi. Kasbiy tanlovning uchinchi jihati – Shaxs ning stressga barqarorligini tekshirishdir. Umuman xavfsiz kasbning o‘zi yo‘q. Har qanday kasbda tezkor va nostandart reaksiyalarni talab etuvchi alohida sharoitlar yo’zaga kelishi mumkin. Ta’lim dasturlarida ko‘pincha favqulodda vaziyatlardan chiqish ko‘nikmalarini shakllantirishga ahamiyat berilmaydi. Bunda nerv tizimi temperament, Shaxs dan alohida xususiyatlarni talab qiladi. Xatarli va favquloddagi vaziyatlarda Shaxs ning chidamliligni kasbiy tanlov bosqichida aniqlash muassasa, tashkilot va ish joylarida xodimlar taqsimoti jarayonini samarali olib borishni ta’minlaydi. B.F.Lomovning fikricha, kasbiy tanlov jarayoni nomzodning obektiv tavsifnomasini etarli darajada ta’minlab beruvchi qator o’zviy bosqichlarni qamrab oladi. Birinchi bosqichda ish joyi yoki faoliyatning fiziologigienik va psixologik xususiyatlari baholanadi. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu faoliyatni o‘rganish yoki ishlab chiqilgan me’yoriy talablar va ish yurituvchi hujjatlar, ko‘rsatma, texnologik xarita, o‘quv dasturlari, ma’lumotnomalarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu bosqichda muayyan ish jarayonida yo’zaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay vaziyatlarni aniqlash muhim hisoblanadi Faoliyatni o‘rganish asosida ushbu mutaxassislik bo‘yicha nomzodga qo‘yiladigan talablar tizimi ishlab chiqildi: -tibbiy talablar (sog‘liq holati, umumiy tibbiy ko‘rsatkichlar); -talimiy talablar (umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi); -xarakterologik talablar (xarakter va Shaxs xususiyatlari, motivasiya); -psixologik va psixofiziologik talablar (xotira, diqqat, tafakkur, reaksiya tezligi, emotsional barqarorlik, markaziy nerv tizimining xususiyatlari va boshqalar) Download 69.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling