Reja: Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari
Materialni muvaffaqiyatli idrok qilishning
Download 0.81 Mb.
|
Reja Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3D ijodkorlari
- Gallyutsinatsiya
Materialni muvaffaqiyatli idrok qilishning yana bir muhim sharti ko‘rgazmali qurollardan foydalanishdir. Ikki ko‘rsatkich barmoqlaringizni ko‘zlaringizdan chamasi besh duyum masafoda tuting va barmoqlaringiz orasi yarim duyum bo‘lsin. SHu holatda barmoqlaringizga qarang va natijaga e’tibor bering. Endi barmoqlaringizni uzoqroqqa siljiting. Bizning ko‘z qorachig‘larimiz biroz turlicha tasvirda ko‘radilar. Miya bu ikki tasvirnisolishtirsa, ularni orasidagi farq ularning tushunarsiz tengsizligini bildiradi.
3D ijodkorlari bir necha duyum masofada turgan kameradan tengsiz tasvirlarni tasvirga olishdi. Tasvirni biz maxsus ko‘zoynak orqali ko‘rganimizda chap ko‘zimiz chap kamerada olingan tasvirlarni ko‘radi, o‘ng ko‘zimiz esa o‘ng kamerada olingan tasvirlarni ko‘radi. Tasvir ularni normal holatda ko‘rsatadi. Yoki ikkala kamera bilan samolyotda er xaritasini 3D orqali rasmga olganda u tasvir ham bir xil holatda bo‘ladi. Qanday qilib biz odamning 10 metr yoki 100 metr uzoqlikda turganligini aniqlay olamiz. Kampusning zinalari qoraga bo‘yalsa uzoqroq ko‘rinadi, aksincha oq rang bilan bo‘yalsa u ancha yaqinroq bo‘lib ko‘rinadi (13-rasm). Tasvirni pastga teskariga o‘zgartirsak qora ranglar erga aylanadi. Agar o‘lchamni biz ikkita bir xil o‘lchamdagi ob’ekt deb solishtirsak, ko‘plab odamlar uzoqda turgan ob’ektni kichkinaroq deb idrok qilishadi. Tasvir boshqa ob’ektlar orasida bo‘lsa ya’ni biz ko‘rayotgan tasvir boshqa biron tasvir bilan to‘sib (bloklab) qo‘yilsa u bizga ancha yaqin ko‘rinadi va biz uni shunday idrok qilamiz. Bu holat ushbu rasmdagi manzarani yaratadi. Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo’lishidan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyutsinatsiya deyiladi. Gallyutsinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo’lib, ba’zan qo’rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig’idagi qo’zg’alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patalogik) harakati natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelish mumkin. Gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko’rinishga ega bo’lish mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: yo’q narsalarningko’zga ko’ri nishi; u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi; yo’q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar. Illuziya hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning noto’g’ri - noadekvat, yanglish, xato idrok qilishdan iborat jarayoninig noyob hodisasidir. Ba’zan psixologik fanida noto’g’ri idrok qilishga olib keluvchi qo’zg’atuvchilar konfiguratsiyasining (lotincha «contiguratio» - tashqi tuzilishida o’xshashlik, o’zaro o’xshashlik, joylashuvda yondashuvlik) o’zi ham illuziya deb ataladi. Idrok jarayoni inson oldida turgan maqsadga, maqsad qo’ya olishga, unga berilgan ustanovkaga uzviy bog’liq holda irodaviy boshqarilish xususiyatiga egadir. Quyidagi bir nechta rasmlarda ko’rish ilyuziyalariga misollar keltirilgan. Odatda inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o’zaro o’rin almashinuvi tufayli namoyon bo’ladi va o’ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining obektiv (haqqoniy, holis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga boliq bo’lib, xuddi shu mezon orqali uning mahsuldorligi o’lchanadi. Paranormal (G‘ayritabiiy) Idrok mavjudmi? G’ayritabiiy idrok - bu ichki sezgilardan ajralgan holatda telepatiya (fikran so‘zlashish), Kleyaren (normal holatdagi sezgi organlari bilan sezib bo‘lmaydigan sezish qobiliyati) hamda kelajakni oldindan ko‘ra olishni idrok qila olish qobiliyatining bahsli tasdig‘i hisoblanadi. Parapsixologiya - bu odatdagi voqea va hodisalarni g‘ayritabiiy sezuvchi idrok hamda g‘ayritabiiy aqliy iste’dodni o‘z ichiga qamrab olgan holatda izlanishlar olib boradi. Agar diqqatimizni shaklga nisbatan hajman kattaroq bo’lgan oq fonga qaratsak (bu biroz qiyin bo’lishi tabiiy), rasmda bizga orqasi bilan o’girilib turgan shimol xalqlaridan biri (deylik eskimoslar)ning vakili yoki shunchaki qishning sovug’ida qalin kiyingan kishining tasvirini ko’rishimiz mumkin. Shu kabi ko’rish illuziyalariga misol bo’la oladigan rasmlarni hayotimizda juda ko’p uchratishimiz mumkin. Ularni ko’rganingizda rasmlaga qarab, biroz mulohaza yuritib ko’ringchi. Fon xususiyatlari sababli hosil bo’ladigan illuziyalar nafaqat fon va undagi shakl hajmiga, balki har ikkisining fazodagi joylashuviga ham bog’liq bo’ladi. Ingliz psixologi Jon Lokk (1632-1704) biz o‘z tajribalarimiz orqali olamni turlicha idrok qilishni o‘rganishimiz mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan. Chindan ham, biz predmetlarni ularning masofasi va o‘lchamlarini birbiriga bog‘lash orqali o‘rganamiz. Xo‘sh, bunday holatda tajriba qanday muhim ahamiyatga ega? Villiam Molineks kub va shar orasidagi farqni, ko‘r bo‘lib tug‘ilib, hozirda ko‘ra oladigan inson farqlay oladimi yoki ko‘rish qobiliyatiga har doim ega bo‘lgan inson farqlay oladimi degan savol bilan Jon Lokkga yuzlanganda Lokk bu savolga nisbatan yo‘q inson farqlarni ko‘rish orqali o‘rganmaydi deb javob qaytaradi. Malineksning taxminiy fikrlari bir nechta butunlay ko‘r bo‘lib tug‘ilgan o‘spirinlarda tajriba o‘tkazish orqali isbotlandi. Ularning ko‘pchiligi katarakta bilan tug‘ilgan bo‘lib, bu katarakta linzalari ularga oddiy tipdagi rangni ko‘rishga imkoniyat yaratgan. Katarakta operatsiyasidan so‘ng, bemorlar turli xil figuralarni va ranglarni bir-biridan farqlay oladilar, shuning uchun sezishning barcha ko‘rinishlari tug‘ma qobiliyat deb baholanadi. Lekin Jon Lokkning fikrlashicha, bunday odamlar tegish, ushlab ko‘rish orqali ularga ma’lum, tanish bo‘lgan predmetlarni har doim ham ko‘rish orqali payqab olavermaydilar. Siz va men yakka holdagi yuzni bir butunlikda tasavvur qilishimiz va idrok qilishimiz mumkin. Bizga yuzning aynan bir xil qismi bilan juftlashgan ikkita har xil eng pastki yarim qismi aynan yuzning eng yuqori yarim qismidan farqlanadi. 43 yoshli erkakning 40 yillik ko‘rlikdan so‘ng ko‘rish qobiliyati tiklandi va u odamlarni o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘ldi. Ammo u yuzlarni doimiy ravishda yodda saqlab qola olmasdi. Bundan tashqari, doimiy sezish qobiliyati ham etarli darajada bo‘lmasdi, masalan insonlar undan uzoqlashganda ularning hajmi kichiklashib borayotganday tuyulardi. Psixolog George Stratton o‘z tajribalari uchun 8 kun davomida kiyiladigan maxsus optik bosh kiyimini yaratdi. Bu optik bosh kiyimning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, u chapni o‘ngga, yuqorini pastga qilib ko‘rsatadi. Stratton bu moslamani kiyganda o‘zining harakatlarida adashganligini his qildi. U yurishni xohlaganda, o‘z oyog‘ini topolmay qoldi. Bu bosh kiyimni kiyganda ovqatlanish deyarli amrimahol edi. U bu jarayonda qattiq asabiylashgan holda bu vaziyatdan chiqish yo‘lini qidirdi 8 kundan so‘ng, deyarli hech narsaga urilmagan holatda to‘g‘ri yo‘nalishda shu bilan birga qulay holatda o‘zi istagan predmetlarga etib bora oldi. U bosh kiyimini echganda, o‘zining asl holatiga yana qaytadan moslashdi. Xulosa
Bilish jarayonlarini boshqarish usullari. Ta’lim va tarbiya jarayonida bilish qobiliyatlarini takomillashtirishning psixologik tamoyillari va shartlari. Pedagogning ushbu jarayondagi roli va oʻrni. Ishlab chiqarish vaziyatlarida bilish jarayonlarini samarali boshqarishning amaliy ahamiyati. Tafakkur tashqi olamni bilishning oliy formasi sifatida, uning asosiy turlari va ularning kasbiy faoliyatda namoyon boʻlishi. Professionalizm va fikrlash salohiyatining uzviyligi masalasi. Ijodiy va mantiqiy fikrlash-mutaxassislarda sogʻlom ma’naviyat va e’tiqodni shakllantirishning omili va sharti sifatida. Kasbiy fikrlash shartlari. Kadrlar salohiyatini oshirishda mustaqil fikrlashga oʻrgatishning ahamiyati. Mustaqil fikrlash yoʻllari va operatsiyalari. Kreaktiv, konvergen va divergen tafakkur, ijodiy va mantiqiy fikrlash yoʻllari. Mustaqil va ijodiy fikrlashning shaxsning jamiyatda mavqei va undagi ijtimoiy muloqandmandligiga aloqasi. Tafakkurning kasbiy fiklash shartlari bilan bogʻliqligi. Muloqotning kommunikativ tomoni va unda nutq faoliyatining verbal, noverbal komponentlaridan samarali foydalanishning zarurati. Ijtimoiy psixologik hamda kommunikativ treninglar haqida tushunchalarni tushudim. Adabiyotlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.- T.:Oʻzbekiston,7aprel.2017. 2. “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori. 2017 yil 20 aprel, PQ-2909-son 4. 2017 — 2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 21 maydagi PQ-1533-sonli qarori 5. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent, «Ma’naviyat», 2009. 6. Karimov I. A. Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti. //Oʻzbekiston ovozi, 18 fevral 2012 y. 7. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 8. Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 104 b. 9. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 56 b. 10. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 48 b. 11. Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. – Blackwell Publishing Ltd, 2003. – 515 p. 12. Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р.910 Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling