Reja: Katalitik kreking


Sanoatda katalitik riforming


Download 105.5 Kb.
bet3/4
Sana09.10.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1695931
1   2   3   4
Sanoatda katalitik riforming

Sanoatda riforming benzin fraksiyalarining oktan sonini oshirishga va qimmatli neftkimyoviy sintez xomashyosi bo`lgan arenlarni olishda ishlatiladi.


Jarayon vodorod saqlovchi gaz [70-90% (hajmiy) N2, qolganlari uglevodorodlar] muhitida quyidagi sharoitlarda amalga oshiriladi:
harorat 480-5400C;
bosim 2-4 MPa;
xomashyoni berish hajmiy tezligi 1-3s-1;
sirkulyatsiya qilinayotgan vodorod – saqlovchi gaz miqdorini xomashyoga nisbati 600-1800 m3/m3.
Katalitik riforming xomashyosi sifatida odatda neftni birlamchi haydash benzin fraksiyalari ishlatiladi. Riforming xomashyosining fraksion tarkibi jarayonning maqsadga muvofiq mahsuloti bilan belgilanadi. Agar jarayonning maqsadi – individual arenlar bo`lsa, benzol, toluol va ksilollar olish uchun, mos holda, C6(62-850C), C7(85-1050C) va C8(105-1400C) uglevodorod saqlovchi fraksiyalar ishlatiladi. Agar jarayon yuqori oktanli benzin olish maqsadida amalga oshirilsa, xomashyo sifatida C7-C9 uglevodorodlarga mos kelgan 85-1800C fraksiya ishlatiladi. Riformingning bifunksional katalizatorida ketadigan reaksiyalar natijasida benzin tarkibida ko`proq aromatik uglevodorodlar hosil bo`lishi va yig`ilishi bilan bog`liq chuqur o`zgarishlar sodir bo`ladi.
Aromatik uglevodorodlar hosil bo`lish reaksiyalari:

  • siklogeksan va uning gomologlarini degidrirlash;

  • siklopentan gomologlarining izomerizatsiyasi va so`ng degidrirlanishi;

  • parafinlarning degidrotsiklizatsiyasi.

Ikkinchi guruh – gidrokreking va izomerizatsiya reaksiyalari:

  • parafinlar va naftenlarning gidrokrekingi;

  • parafinlarning gidrogenolizi;

  • parafinlarning izomerizatsiyasi;

  • aromatik uglevodorodlarning izomerizatsiyasi;

  • benzol gomologlarini dealkillash.

Riformingning asosiy reaksiyalari va ular orasidagi o`zaro bog`liqlik quyidagi sxema bo`yicha ifodalanishi mumkin:

Birinchi bosqich parafinlarning degidrosiklizatsiyasi – siklni tutashtirish va yo alkilsiklopentanlar (1) yoki alkilsiklogeksanlar (2) ni hosil qilishni o`z ichiga oladi. Alkilsiklopentanlar izomerizatsiyasida – halqaning kengayishi (3) oqibatida ham alkilsiklogeksanlar hosil bo`ladi. O`zgarishlarning oxirgi fazasi – alkilsiklogeksanlarning aromatik uglevodorod hosil qilib degidrirlanishidir.


Normal parafinlar izomerlanadi (5) va izoparafinlarning keyingi o`zgarishlari normal parafinlarnikiga o`xshab analogik holda amalga oshadi. Parafinlar degidrotsiklizatsiyasida reaksiyaga kirishgan 1 mol xomashyoga nisbatan 4 mol vodorod hosil bo`ladi.
Parafinlar o`zgarishining boshqa yo`li (6) – nordon markazlarda karboniy – ion bo`yicha afzalroq propan va butanlar hosil qilib kreking va katalizatorning metall markazlarida afzalroq metan hosil qilib parchalanish (gidrogenoliz)i dir.
Naften va parafin uglevodorodlardan aromatik uglevodorodlar hosil bo`lishiga olib keluvchi riformingning eng muhim reaksiyalari issiqlik yutilishi bilan ketadi. Gidrokreking va gidrogenoliz reaksiyalari ekzotermik, parafin va naftenlarning izomerizatsiyalari 0 ga yaqin issiqlik effektiga ega.

32-jadval



Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling