Reja: Katalitik kreking
Download 105.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katalitik kreking
- Sanoatda katalitik kreking
- Benzin fraksiyasi
- Yengil gazoyl
- Og`ir gazoyl
Neft uglevodorodlari va tabiiy gazning termokatalitik o`zgarishlari Reja:
Katalitik kreking Sanoatda katalitik kreking Katalitik riforming Sanoatda katalitik riforming Izomerizatsiya Yoqilg`i yuqori oktanli komponentlarining sintezi Benzolni alkillash Degidrirlash Polimerizatsiya Katalitik kreking Katalitik krekingda uglevodorod reaksiyalari zanjirli karbkation mexanizmi bo`yicha ketadi. Kreking bilan birga uglevodorodlar jarayon sharoitlarida alkillash, izomerizatsiya, polimerizatsiya, gidrirlash va dealkillash reaksiyalariga kirishadi. Yuqori oktanli benzinlar va yuqori konsentratsiyali propan - propilen hamda butan - butilen fraksiyalari olish maqsadida turli tipdagi distillat va qoldiq xomashyolar katalitik kreking qilinadi. Sanoatda katalitik kreking Jarayonning maqsadli vazifasi – 300-5000C oraliqda haydaladigan xom ashyodan yuqori oktanli benzin olishdan iborat. Benzin bilan birga o`rtacha distillat fraksiyalar – gazoyllar va butan – butilenni yuqori miqdorda saqlovchi gaz hosil bo`ladi. Katalitik kreking 450-5250C atmosfera bosimiga yaqin (0,06-0,14 MPa) bosimda alyumosilikat katalizatori ishtirokida olib boriladi. Katalitik kreking mahsulotlarining miqdori va sifati qayta ishlanayotgan xomashyo va katalizatorning tavsifiga hamda jarayonning rejimiga bog`liqdir. Katalitik kreking qurilmalarida yog`liq gaz, nostabil benzin, yengil va og`ir katalitik gazoyl olinadi. Ayrim hollarda ligroin ajratib olish ham ko`zda tutiladi. Uglevodorod gazi 80-90% C3-C4 fraksiyadan iborat bo`lib, ajratib olingandan so`ng alkillash, polimerlash jarayonlarida, etilen, propilen, butadien, izopren, poliizobutilen, sirt – aktiv moddalar va boshqa neftkimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Benzin fraksiyasi (qaynashning boshlanishi – 1950C) – avtomobil va aviatsiya benzini komponenti sifatida qo`llaniladi. Uning tarkibiga arenlar – 20-30% (mass.), sikloalkanlar – 8-15% (mass.) va alkanlar – 45-50% (mass.) kiradi. Fraksiyaning oktan soni 78-85 (motor usuli bo`yicha) ni tashkil etadi. Yengil gazoyl (Q.B. 1752000C – Q.О. 3203500C) – dizel yoqilg`isining komponenti sifatida, qurum ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida hamda mazut olishda suyultiruvchi sifatida ham qo`llaniladi. Parafin xomashyosidan olingan yengil katalitik gazoylning setan soni 45-56, naften – aromatikniki esa 25-35. Og`ir gazoyl – katalitik kreking qoldiq mahsuloti. Mazut tayyorlashda va qurum ishlab chiqarishda, termik krekingda va kokslashda xomashyo sifatida ishlatiladi. Katalitik krekingning termikdan asosiy afzalliklari – katalizator ishtirokida reaksiya tezligining yuqoriroq bo`lishi va olinadigan mahsulotlarning qadrliligi. Quyida katalitik va termik kreking jarayonlarini nisbiy baholash natijalari berilgan. 31-jadval Download 105.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling