Reja: Kichik guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo‘ljalga olishga o‘rgatish. O‘rta guruhda bolalarni vaqt va fazodada mo‘ljalga olishga o‘rgatish. Katta guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo‘ljalga olishga o‘rgatish


Kichik guruhda bolalarni vaqt bo‘yicha mo‘ljalga olishga o‘rgatish


Download 106.53 Kb.
bet2/8
Sana11.03.2023
Hajmi106.53 Kb.
#1259253
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish

Kichik guruhda bolalarni vaqt bo‘yicha mo‘ljalga olishga o‘rgatish


Vaqtni chamalash. Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish: “Ertalab”, “Kechqurun”, “Kunduz”, “Tun”, “Kecha”, “Bugun”, “Ertaga” tushunchalarini farqlash va bu so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini mustahkamlash.
Bolalarni hafta kunlari bilan tanishtirish va hafta kunlari nomlarini izchillik bilan aytishga o‘rgatish. Kecha haftaning qaysi kuni bo‘lganligini, bugun qanaqa kun, ertaga qaysi kun bo‘lishini aniqlashni o‘rgatish.
Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish. Yil fasllari bilan tanishtirish va fasllarning nomini to‘g‘ri ketma-ketlikda aytishga o‘rgatish.
Vaqt tushunchalarini shakllantirish ishini kundalik turmushda o‘tkazish kerak. Aniq kun tartibi (qat’iy o‘rnatilgan turish vaqti, ertalabki badantarbiya, mashg‘ulotlar, ovqatlanish, hordiq chiqarish vaqtlari) bolalarda sutka qismlari haqida tasavvurlarki shakllantirish uchun real sharoitdir.
Sutka davomida tarbiyachi bolalar e’tiborini ular faoliyatlari xarakterlari bilan bog‘liq har xil vaqt oraliqlari o‘rtasidagi munosabatlarga qaratadi.
Tarbiyachi sutka qismini aytadi va bolalarning shu qismga mos keluvchi faoliyat turlarini sanab o‘tadi, masalan: “Hozir ertalab. Siz gimnastika qildingiz, yuvindingiz, nonushta qilasiz” yoki “Hozir kunduzi. Kunduzi otaonalarimiz ishlashadi, biz esa shug‘ullanamiz”. Tarbiyachi bitta bola bilan, kichik-kichik guruhlar bilan suhbatlashib, ulardan kechasi, ertalab (uyg‘onganlaridan keyin), kunduzi nima qilganliklarini gapirib berishni so‘raydi.
Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda bolaning sutka haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir vaqt oralig‘i uchun xarakterli bo‘lgan faoliyat turlari tasvirlangan rasmlar o‘zlariga ko‘rsatiladi va ulardan so‘raladi: “Rasmda tasvirlangan bolalar nima qilishmoqda?”, “Buni ular qaysi vaqtda qilishmoqda?” Ushbu savollarga javob berish taklif qilinadi: “Sen qachon dam olasan? Sayr qilasan? Uxlaysan? va h.k.
Kichkintoylarga kunduzi, kechasi, ertalab, kechqurun tasvirlangai rasmlarni sutkaning berilgan qismi uchun xarakterli bo‘lgan amaliy faoliyatlari tavsiflangan hikoyalardan, she’rlardan parchalar o‘qishdan ham foydalanish mumkin.

Download 106.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling