Reja: Kichik guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo‘ljalga olishga o‘rgatish. O‘rta guruhda bolalarni vaqt va fazodada mo‘ljalga olishga o‘rgatish. Katta guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo‘ljalga olishga o‘rgatish


Katta guruhda bolalarni vaqt bo‘yicha mo‘ljalga olishga o‘rgatish


Download 106.53 Kb.
bet4/8
Sana11.03.2023
Hajmi106.53 Kb.
#1259253
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish

Katta guruhda bolalarni vaqt bo‘yicha mo‘ljalga olishga o‘rgatish


V аqtni chamalash. Bolalarni soatlarning turlari va ularning tuzilishi (strelkalari, sifrblati) bilan tanishtirish. Vaqtning eng kichik birliklari soniya va daqiqa haqida tushuncha berish. Yarim soatgacha aniqlikdagi vaqtni belgilashga o‘rgatish.
Kelgusi oy, sana nomi bilan tanishtirish. Kecha qanday sana bo‘lganligini, ertaga qanday sana bo‘lishini aytishga o‘rgatish.
Hafta kunlari va yil fasllari izchilligi haqidagi bilimlarni mustahkamlash, kelgusi oyning nomini aytishni mashq qildirish.
O ’rta guruhda tarbiyachi bolalarning faol lug‘atlarida sutka qismlarining nomlarini mustahkamlaydi, bolalarning vaqtning bu oraliqlari haqidagi tasavvurlarini chuqurlashtiradi va kengaytiradi. U doimo bolalar e’tiborlarini sutka qismlarining almashinishi ketma-ketligiga qaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar har doim ertalab kechasidan keyin kelishini va kunduzi bilan almashiiishini, kunduzi kechqurun bilan, kechqurun esa kechasi bilan almashinishini bilib oladilar.
Sutka qismlarining ketma-ketligini oilishlarini mustahkamlash uchun rasmlarni qarashni, ular bo‘yicha hikoyalar tuzishni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Rasmlar qarab bo‘linganidan keyin, bolalarga ularni stollarga to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtirish va sutkaning qismlarini tartibi bilan aytish topshirig‘ini berish mumkin. Yil oxirida bolalarga shu mashqlar asosida sutka haqidagi umumlashgan tasavvurlarni berish va sutka so‘zining mazmunini ochib berish mumkin. O‘rta guruhda bolalar “kecha”, “bugun”, “ertaga” tushunchalarini farqlashni o‘rganib olishlari kerak. Kattalar tomonidan tegishli nomlardan har doim foydalanish buning uchun eng Yaxshi sharoitdir. Masalan, bolalarga yangi o‘yinchoqni ko‘rsatishdan oldin tarbiyachi ularga bugun u yangi o‘yinchoq ko‘rsatishi va ular shu o‘yinchoqni o‘ynashlari haqida ogohlantirishi kerak. Yoki tarbiyachi bolalarga kecha nima bilan mashg‘ul bo‘lganliklarini, bugun ertalab nima qilganliklarini eslashni taklif qiladi. Bolalarga bunday deyish mumkin: “Bugun biz sizlar bilan loy va plastilindan narsalar yasaymiz, ertaga esa, rasm chizamiz. Kecha biz sizlar bilan uchastkada sayr qildik, bugun esa parkka boramiz” va h.k. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachi bilan har doim shunday muloqotda bo‘lib, bu tushunchalarni o‘zlashtiradilar. Konkret misollarda “tez-sekin” tushunchalari bilan tanishadilar.

Download 106.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling