Reja: Kichik guruhlar psixologiyasi


Download 65.5 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi65.5 Kb.
#1591948
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Liderlik nazariyasi


www.arxiv.uz

Reja:


1.Kichik guruhlar psixologiyasi
2.Kichik guruhlarning klassifikatsiyasi
3.Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar
4. Boshqaruv psixologiyasining ijtimoiy psixologik jixatlari
5. Guruhlarda rahbarlik va liderlik
6. Liderlik uslublari haqida tushuncha
7. Rahbarlik sifatlari

KICHIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI


Kichik guruhlar muammosi Ijtimoiy psixologiyada eng Yaxshi ishlangan va ko`plab ilmiy tadqiqotlar o`tkazilgan ob`ektlardandir. Bu an`ana Amerikada asrimiz boshida o`tkazilgan ko`plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo`lib, ularda olimlar oldiga qo`yilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka holda Yaxshi ishla ydimi yoki guruhda Yaxshirok samara beradimi, boshqa odamlarning yenida bo`lishi uning faoliyatiga qanday ta`sir kursatadi. Shuni ta`kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o`zaro xamkorligi (interaksiya) emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo`lganligi faktining (koaksiya) ta`sinri o`rganildi. Olingan ma`lumotlar shuni kursatadiki, boshqalar bilan xamkorlikda bo`lgan individ faoliyatining tezligi oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bunday ma`lumotlar amerikalik N. Triplett, nemis olimi A. Mayer, rus olimi V. M. Bexterev, yana bir nemis olimi V. Mede va boshqalarning tadqiqotlarida ham qayd etildi. Bu psixologik xodisa Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy fatsilitatsiya nomini oldi, uning moxiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat maxsullariga uning yenida bo`lgan boshqa individlarning bevosita ta`siri bo`lib, bu ta`sir avvalo, sensor kuchayishlar hamda ish harakatlarning, fikrlashlarning tezligi namoyon bo`ladi. Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatiladi, ya`ni boshqalar ta`sirida individ reaksiyalariga tormozlanish faoliyatining susayishi holatlari; bu narsa fanda individsiya nomini oldi. Lekin olgan faktlarning qandayligidan kat`iy nazar, olimlar uchun kichik guruhlar asosiy tadqiqot mavzuiga aylanib qoldi va ular natijasida qator qonuniyatlar ochildi.
Birinchidan, kichik guruhlarning xajmi, uni tashqil etuvchi shaxslar soni xususida shunday fikrga kelindiki, kichik guruh "diada" ikki kishidan tortib, to maktab sharoitida 30-40 kishigacha deb kabo`l qilindi. Ikki kishilik guruh deyilganda, avvalo oila - yangi shakllangan oila ko`prok nazarda tutiladi, lekin samarali o`zaro ta`sir nazarda tutilganda 7-2 kishi nazarda tutiladi. Bunday guruh turli ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar uchun ham, sotsial-psixologik treninglar o`tkazish uchun ham qo`lay hisoblanadi.
Ikkinchidan, guruhning ulchami qanchalik katta bo`lsa, uning alohida olingan shaxslar uchun kadrsizlanib borish xavfi kuchayadi. Ya`ni, shaxsning ko`pchilikdan iborat guruhdan o`zini tortish va uning normalarini bo`zishga moyilligi ortib boradi.
Uchinchidan, guruhning xajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o`zaro munosabatlar taranglashib boradi. Chunki, shaxslarning bir-birlari oldida mas`uliyatlarining oshishi va yaqindan bilishlari uning o`rtasidagi aloqalarga doim aniqlik bo`lishini talab qiladi. Munosabatlardagi har qanday disbalanslar ochik holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
Turtinchidan, agar guruh a`zolarining soni tok bo`lsa, ular o`rtasidagi o`zaro munosabatlar juft bo`lgan holdagidan ancha Yaxshi bo`ladi. Shundan bo`lsa kerak, boshqaruv psixologiyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy tanlovlarda guruhdagi odamlar soni tok qilib olinadi.
Beshinchidan, shaxsning guruh taz`yikiga berilishi va buysunishi ham guruh a`zolarining soniga bog`liq. Guruh soni 4-5 kishi bo`lgunga kadar, uning ta`siri kuchaya boradi, lekin undan ortib ketgach ta`sirchanlik kamayib boradi. Masalan, kuchada sodir bo`lgan baxtsiz xodisaning guvoxlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga yerdam berishga intilish, mas`uliyat hissi pasayib boradi.
Bu qonuniyatlarni bilish, tabiiy guruhlarni boshqarish ishini ancha yengillashtiradi.

Download 65.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling