Reja: Kiirsh. Asosiy qism


A.Sen-Simon iqtisodiy qarashlari


Download 26.3 Kb.
bet3/3
Sana18.11.2023
Hajmi26.3 Kb.
#1785236
1   2   3
Bog'liq
A.Sen-Simon. Uning tarixiy konsepsiyasi. (2)

A.Sen-Simon iqtisodiy qarashlari.
Fransiyada bmjua inqilobidan keyin kapitalizm yana tez rivojlandi. Jamiyat oldida doimiy ravishda ko'ndalang bo'lib qolgan yangi savollarga fransuz mutafakkiri Sen-Simon birinchi bo'lib javob berishga urindi. Anri Klod de Rebrua Sen-Simon (1760-1825) Fransiya xayoliy sotsializmining namoyandasi bo'lib, 1789-1794-yillardagi fransuz inqilobi bilan zamondosh edi.
U aristokratlar oilasidan kelib chiqqan bo'lib, quyidagi mashhur asarlarning muallifidir: «Sanoat sistemasi haqida», dnson haqidagi fan ocherklari», «Sanoat yoki siyosiy, ma'naviy va falsafiy mulohazalan, «Yangi xristianlik» va boshqalar. Sen-Simon maxsus iqtisodiy tadqiqotlarni amalga oshirib, asosiy e'tiborni ijtimoiy muammolarga qaratdi. U yaxshijamiyat to'g'risidagi umidini aql-idrokka, ma'rifatga bog'ladi; u insonning aql-idrokini tarixiy jarayonning to'la hokimi va rahbari sifatida bildi, jamiyatni yaxshi tarzda qayta qurish yo'llarini tashviqot qilishni esa o'z ta'limoti amalga oshirilishining bosh vositasi deb hisobladi.
Fransuz ma'rifatparvarlaridan farq qilib, Sen-Simon ishlab chiqarishdagi inson faoliyati, mulkchilik shakllari kabi iqtisodiy omil184 larga katta baho berdi. U «Bk davr», « Qulchilik», « o'rta asrlar», «Hozirgi davr'» va «Oltin asr'»larni alohida ajratib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarni ko'rsatib o'tdi.
«Hozirgi davr» (ya'ni XIX asrning ikkinchi yanni) o'tish davri deb belgilanib: « ... bu davrda, - deb yozadi Sen-Simon, - olimlar, tadbirkorlar va ishchilardan iborat sanoatchilar shakllanadi, ular qirol hukumati bilan birgalikda odil jamiyatni barpo etishlari kerak, bu esa o'z navbatida, «Oltin asr»ga kirib kelishni ta'minlaydi.»
Sen-Simon o'zining tarixiy konsepsiyasidan kelib chiqib, hozirgi davrni o'rganib borish uchun o'tgan davrga nazar tashlash kerakligini aytib: «Har bir alohida olingan davr mulohazasida juda yuzaki, hatto noto'g'ri xulosalami beradi, so' nib borayotgan 0' tmish qoldiqlari tug'ilib kelayotgan kelajak bilan qorishtirib yuboriladi», - deb ko'rsatadi. Tarixiyligiga qaramay,
Sen-Simonning jamiyatning rivojlanish konsepsiyasi idealistik edi, chunki uning asosini fan taraqqiyoti, ong va g'oyalar ravnaqi tashkil etardi. Lekin uning idealistik tarixiy konsepsiyasida ayrim materialistik fIkrlar ham yo'q emas. Jumladan, Sen-Simon shaharlar, sanoat va savdoning rivojlanishi burjuaziyaning shakllanishiga sabab bo'lganligini, iqtisodiy holat esa, mulkchilikka tobe bo'lgan, o'ziga xos ijtimoiytarixiy formalarni vujudga keltirishini aytib o'tadi. «Hokimiyat va boshqaruvni belgilovchi qonun ham, - deb yozadi u, - mehnat jarovonligini to'liq ta 'minlay oladigan mulkchilik va undanjoydalanishni belgilovchi qonundek katta ahamiyatga ega em as» .
Sen-Simonning bo'lajak adolatli jamiyati industrial sistema deb nomlanib, u yirik sanoat ishlab chiqarishi bazasi asosida rivojlanadi, sanoat - alohida reja asosida, boshqaruv esa yagona industrial markaz orqali amalga oshiriladi deb hisoblagan edi. Sanoat ishlab chiqarishining taraqqiyoti va mahsulotlarni taqsimlash o1imlar tomonidan olib boriladi.
Katta tajribaga ega bo'lgan sanoat kapitalistlari boshqaruvni tashkil qilish bilan mashg'ul bo'ladilar, ishchilar esa ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun astoydil mehnat qilishlari zarur. Sen-Simon yangi ijtimoiy tashkilotni vujudga keltirishda, ayniqsa, sanoatda anarxiyaga (hokimiyatsizlikka) yo'l qo'yi1masligiga va reja asosidagi markaziy boshqaruvga katta e'tibor berishni taklif etadi. Uning qarashlariga ko'ra, erkin raqobatga asoslangan ijtimoiy tuzim bu tugab borayotgan feodalizmdan yangi ideal jamiyatga o'tish davridagina emas, balki inqilobiy harakatlardan holi, tinch va tez sur'atlarda ijtimoiy tenglikka asoslangan «industrial jamiyat»ga o'tish davri hamdir.
Adolatli «industrial jamiyat» qurilishi haqidagi o'zining muiohazalarida u ilm-u fan va ilg'or nazariyalarga yuqori baho berib, bo'Ig'usi yangiliklarni tarixan muqarrar deb hisoblaydi. Shu bilan birga, SenSimon o'zining «industrialjamiyat»ida boshqa xayoliy sotsialistlar kabi qarama-qarshi sinflarni yo'qolib ketishi va hokimiyat tomonidan siyosiy funksiyalarga nisbatan iqtisodiy funksiyalarga katta e'tibor berishini taxmin qiladi.
Lekin shuni alohida qayd etish zarurki, xayoliy sotsializmning boshqa barcha vakillaridan farq qilib, Sen-Simon sotsializmda xususiy muIkchilik bo'lishini inkor etmaydi, balki aynan xususiy mulkchilik va undan foydalanishni tartibga soladigan qonun zarurligini ko'rsatib o'tadi. Fransuz xayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyandasi Fransua Marl Shari Furedir (1772-18~). U Bezanson shahrida savdogar oilasida dunyoga kelib, butun hayoti mobaynida savdo bilan shug'ullandi. Bo'sh vaqtlarida mustaqil ravishda flZika, astronomiya va falsafa fanlari bilan shug'ullandi, ijtimoiy tadqiqotlami amalga oshirdi. Shari Fure o'zining «To'g'ri ~rakat va mushtarak taqdirlar nazariyasi», «Umumiy birlik nazanyasi,», «Savdo qallobligi haqida'», .Yangi sanoat dunyosi va ijtimoiy dunyo» nomli asarIari va qator maqolalarida kapitalistikjamiyatni keskin tanqid qildi va ijtimoiy adolatli jamiyat barpo etish dasturini ishlab chiqdi. Uning tasvirlashicha, inson o'zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas illatlaridan tozalanishi Iozim, shunday ijtimoiy tuzum o'matish kerakki, bu tuzum insonning kamol topishiga, ehtirosiarini to'liq namoyon qilishiga, ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat bersin.
Kelajakjamiyatning asosiy yacheykasi bir necha ishlab chiqarish assotsiatsiyalaridan iborat falanganing har bir a'zosi mehnat qilish huquqiga ega bo'lib, mehnat zavq bag'ishlashi, kishilarning ehtiyojiga aylanishi kerak. Sh.Fure o'sha paytda mashaqqat deb hisoblangan mehnat qanday qilib inson uchun huzur-halovatga aylanishi mumkin degan masalani o'rtaga qo'yadi. U burjua huquqi sistemasini tanqid qilib, mehnat qilish huquqini birinchi o'ringa qo'yadi, mehnat qilish f huquqi bo'lmasa, qolgan hamma huquqlaming Qadri yo'q deb hisoblaydi. Angliya - sanoat to'ntarishini amalga oshirgan birinchi mamlakat bo'lib, kapitaIizm u yerda tez va dadillik bilan rivojlandi. Bu hoI tabiiy, AngIiya xayoliy sotsializmining o'ziga xos xususiyatini belgilab berdi. U xususiy mulkchilikning barcha ko'rinishlarini inkor etib, fransuz sotsiaIistIarining industriallar jamiyati, turli uyushmalariga moyilligi yo'q edi. Siyosiy iqtisodni proletariat manfaatIariga xizmat qildirishga harakat kommunistik jamoalar tashkil etish tajribalarini qo'llash va nihoyat, tinch yo'l bilan yangi «odil jamiyat»ni qurish imkoniyatlarini isbotIashga urinish bu maktabga xosdir. Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojlanishi Robert Ouenning (1771-1858 yy.) hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog'liqdir.
R.Ouenning «Jamiyatga yangicha qarash yoki xarakterni shakllantirish baqida tajribalar~, .
Yangi axioqiy dunyo kitobb, .Adolatni almasbuv bozori~, .U1ug' milliy hunar ittifoqi» asarlarida uning sotsialistik loyihalari bayon etilgan. U kapitalistik jamiyatni tanqid qilib, uning xalqqa qarshi mohiyatini ochib beradi. Barcha mulkni umumning mulkiga aylantiradigan, qashshoqlik yo'qoladigan, mehnat jafo-zulmatdan baxt-saodatga aylanadigan kommunistik jamoalar tuzish flkriga keldi. Shu maqsadga xalaqit beradigan uchta to'siq bor. Bu uchta illat: xususiy mulk, din va bUljuacha nikoh ekanIigini aytadi. Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining asoschilaridan bo'lgan.
R.Ouen iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, u burjua siyosiy iqtisodini inkor etgan fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o'z nazariyalarini yaratishda Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasiga tayanadi. U Rikardodan keyin mehnatni qiymatning asosiy manbayi deb hisobladi. Xususiy mulk bilan bir qatorda pul mehnat bilan kapital o'rtasidagi qaramaqarshiliklar sababchisi deb hisoblandi.
R.Ouen qiymatning sun'iy o'lchovi bo'lmish puldan voz kechib, mehnat xarajatlarining ekvivalenti sifatida «ishchi pullarini» joriy etishni taklif etadi. U kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib «ishlab chiqarish uyushmalarini» tashkil etishga harakat qildi.

Xulosa.
Urushdan keyingi yillarda rejalashtirish tizimi davom etdi, bu davrda investitsiyaga 25% yalpi milliy mahsulot sarflandi. Xalq xo`jaligi, paxtachilikni tiklash ishlari avj oldi. Bu ishda ekstensiv yo`л asosiy o`rinni egalladi, yangi erlar ochish, sug‟orish tarmoqlari qurishga katta e`tibor berildi. Orol dengizi xuddi shu davrdan boshlab sayozlasha boshladi. 60-yillardan iqtisodiyotning o`sish sur`atlari kamaydi. Iqtisodiyotning o`sish sur`atlari pasayishi sabablari avvalo rejali iqtisodiyotning imkoniyatlari cheklanganligi bilan izohlanadi.
Demak, bu usul ma`lum davrgacha samara bergan bo`lsa, endi uning aks ta`siri namoyon bo`la boshladi, yangi sharoitga moslashuv ro`y bermadi. "Inqirozga uchradi" deyilgan bozor iqtisodiyoti esa o`zgargan sharoitga moslashdi, ya`ni bozor iqtisodiyotining yangi sharoitga adaptatsiyasi yuz berdi va uning yangi rezervlari borligi aniqlanadi. Undan tashqari iqtisodiyot sur`atlarining pasayishiga olib kelgan sabablar quyidagilar bo`ldi.
1. Ishchi kuchlari sonining o`sish sur`atlari yiliga 0,5% pasaydi.
2. Aholining qishloq joylardan sanoatga o`tishi yakunlandi, bu jaryon ishlab chiqarish unumdorligining oshishiga sababdir, chunki sanoatda qishloq xo`jaligiga nisbatan unumdorlik baland.
3. qishloq xo`jaligi unumdorligi o`smay qo`ydi, chetdan oziq-ovqatni import qilishga ehtiyoj sezildi. Nokapitalistik, sotsialistik rivojlanish yo`li tarixan o`zini oqlamadi. Jahonning uchdan bir qismini egallagan sistemani qo`lladi, bozor iqtisodiyoti yo`lidan rivojlanish tarixiy zarurat bo`lib qoldi.
5.O`zbekistonning mustaqil rivojlanish yo`liga o`tishi. Bozor munosabatlariga o`tish davrining tarixiy zaruriyati. Boshqariladigan ijtimoiy bozor iqtisodiyoti yo`lini tanlab olinishi va uning xususiyatlari.

Foydalangan adabiyotlar.



  1. http://lib.jizpi.uz/

  2. https://e-library.namdu.uz/

  3. http://www.genderi.org/

  4. https://library.samdu.uz/

  5. http://lib.jizpi.uz/

Download 26.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling