Reja: Kimyoviy reaksiyalarning turlari va oksidlanish darajasi


Download 95.42 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi95.42 Kb.
#1621572
1   2   3   4
Bog'liq
7 OKSIDLANISH - QAYTARILISH REAKSIYALARI

Atom, molekula yoki ionning elektron berish jarayoni oksidlanish deyiladi. Oksidlanishda element atomining oksidlanish darajasi ortadi. Masalan:



  1. Elektronlarini beradigan atom, molekula yoki ion qaytaruvchilar deyiladi. Reaksiya vaqtida ular oksidlanadi.

  2. Atom, molekula yoki ionning elektron biriktirib olish jarayoni qaytarilish deyiladi. Qaytarilishda element atomining oksidlanish darajasi kamayadi:

S0 + 2e- S-2, 2O0 + 2*2e- O-2
Cu+2 + 2e- Cu0, Na+ +1e- Na0

  1. Elektronlarni biriktirib oladigan atom, molekula yoki ion oksidlovchilar deyiladi. Reaksiya vaqtida ular qaytariladi.

  2. Oksidlanish hamma vaqt qaytarilishi bilan sodir bo’ladi va aksincha. Qaytaruvchi bergan elektronlarning umumiy soni oksidlovchi qabul qilgan elektronlarning umumiy soniga teng bo’ladi.

  3. Eritmalarda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari kislotali (H+) neytral (H2O) va ishqoriy (OH-) muhitlarda borishi mumkin.

Qaytaruvchi va oksidlovchilar oddiy va murakkab moddalar bo’lishi mumkin. Quydagilar qaytaruvchi bo’lishi mumkin:

  1. Inert gazlar va ftordan tashqari hamma elementlarning neytral atomlari qaytaruvchi bo’la oladi.

  2. Manfiy zaryadlangan ionlar ham qaytaruvchi bo’la oladi, chunki ular o’zlarining ortiqcha elektronlarini yo’qotishi mumkin.

V) Yuqori musbat zaryadli ionga o’tishi mumkin bo’lgan musbat zaryadli metal va metalloid ionlari ham qaytaruvchi bo’la oladi. Masalan: Cu+, Fe2+, Sn2+, S-2 va boshqa ionlar qaytaruvchi bo’la oladi.
Quyidagilar oksidlovchi bo’lishi mumkin:

  1. Elektron biriktirish qobiliyatiga ega bo’lgan neytral atomlar oksidlovchi bo’la oladi.

  2. Elektron biriktirish qobiliyatiga ega bo’lgan metal va metalloidlarning musbat zaryadli ionlari oksidlovchi bo’la oladi. Masalan: Na+, Ca2+, Al3+, Mn7+ va boshqa ionlar.

  1. Agar atom-molekula yoki ion o’zidan elektron bersa bunday reksiyalar oksidlanish reaksiyalari deyiladi. Oksidlanish reaksiyalarida ayni elementning oksidlanish darajasi ortadi. Shu zarrachalarning o’zi qaytaruvchilar deyiladi.

  2. Agar atom, molekula, yoki ion o’ziga elektron qabul qilsa bunday jarayon qaytarilish deyiladi. Bunda ayni zarrachaning oksidlanish darajasi kamayadi. Shu atom, molekula yoki ion oksidlovchi deyiladi.

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari bir paytni o’zida sodir bo’ladi.
3. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining borishiga muhitning ta'siri

Eritmalarda oksidlanish-qaytarilish raeksiyalari kislotali, neytral va ishqoriy muhitda borishi mumkin. Eritmaning muhiti atomlar oksidlanish darajalarining o’zgarishiga ta'sir ko’rsatadi. Masalan, permanganat (MnO4-) qaytarilish mahsulotlari muhitga qarab turlicha bo’lishi mumkin.

Kaliy permanganat va natriy sulfit orasidagi reaksiyalarni kislotali, ishqoriy va neytral muhitlarda borishini ko’rib chiqamiz. A) Kislotali muhitda, odatda sulfat kislota ishlatiladi:
2KMnO4 + 5Na2SO3 + 3H2SO4 5Na2SO4 + 2MnSO4 + K2SO4 + 8H2O Mn+7 + 5e- Mn+2 | 5| 2 osidlovchi
S +4 - 2e- S +6 |2| 5 qaytaruvchi

Download 95.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling