Reja: kiri sh


Download 164 Kb.
bet9/14
Sana21.02.2023
Hajmi164 Kb.
#1219315
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
17 mavzu

Umumiylik va xususiylik. Tevarak-atrofimizni o’rab turgan olamdagi har bir narsa, har bir hodisa faqat o’ziga xos alohidalik xususiyatlariga ega. Dunyoda mutlaq bir xil bo’lgan narsalarni ham, bir xil bo’lgan hodisalarni ham topib bo’lmaydi. Hatto bir daraxtning barglari ham bir-biridan farq qiladi.
Biroq aynan bir xil narsa, voqea-hodisa bo’lmaganidek, dunyoda boshqa narsalar va hodisalar bilan umumiy belgilari bo’lmagan mohiyat yoki voqeliklar ham yo’q. Olma daraxti mevalarining har biri bir-biridan farq qilganidek nok yoki behi mevalari bilan o’xshashlik hosil qiladigan, ayni paytda alohidalikni ko’rsatib turadigan umumiy belgilari bor. Shuningdek, olma, nok, behidan tortib to Afrikada bo’ladigan banan-u boshqa setruslargacha ularni “meva” degan mushtarak tushunchaga birlashtirish imkonini beradigan umumiy belgilari mavjud. Umumiy va xususiy belgilar o’zaro chambarchas bog’liq. Har qanday umumiylik xususiyliklarda yashaydi, mavjud bo’ladi. Har qanday xususiylik, ayni zamonda, umumiy belgi hamdir.
(Masalan, [olma], [olcha], [o’rik], [nok], [shaftoli], [anor] – har biri alohida leksema. Leksik jihatdan ularning har birida “uyadosh” degan umumiy belgi mavjud. Morfologik jihatdan esa “mustaqil leksema” yoki “turdosh ot” degan umumiy belgilari bor.)
Umumiylik va xususiylik kategoriyalari borliqning, undagi narsa, voqea-hodisalarning, shuningdek, til hodisalarining birligini va xilma- xilligini anglashga ko’maklashadi.
Mohiyat~hodisa. Biz voqeliklar bilan tanishganimizda, avvalo, ularning ko’rinib bevosita kuzatishimiz mumkin bo’lgan tashqi jihatlari: rangi, shakli, xususiyati, o’rni va boshqa belgilariga e’tibor qaratamiz. Keyinchalik esa yaxshilab o’rganish natijasida biz voqeliklarning xossalariga, “ichi”ga kiramiz, uning ma’nosi va vazifasini tushuna boshlaymiz. Biz o’rganayotgan voqrlikning bevosita kuzatishimiz mumkin bo’lgan tashqi jihatlari hodisa, ichki xossalari, ma’nosi va vazifasi esa mohiyatdir. Demak, til mohiyat, nutq esa hodisa sifatida mavjud. Yoki ona tili ta’limi maqsadi – mohiyat, uni amalga oshirish jarayoni esa hodisadir.

Download 164 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling