Reja: Kirish. Adabiyotshunoslik metodologiyasi xususida so’z


Download 80.03 Kb.
bet2/8
Sana31.01.2024
Hajmi80.03 Kb.
#1819097
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja Kirish. Adabiyotshunoslik metodologiyasi xususida so’z

2. Badiiy-estetik asos.Ma’lumki, ilmiy bilish ijod asosida amalga oshiriladi. Muammoga ijodiy munosabat bo‘lmasa, fanda kashfiyotlar bo‘lmaydi. Ilmiy bilish metodologiyasida ijod ikkiga — ilmiy ijod va badiiy ijodga ajratiladi. Ilmiy ijodda ilmiy tafakkur yetakchilik qiladi. Uning ifoda usuli ham ilmiy til orqali amalga oshiriladi. Aniq fanlarda, shuningdek, ijtimoiy soha fanlarida, jumladan, adabiyotshunoslik metodologiyasidan boshqa sohalarda ham fikrlarni ifodalashda aniqlik va qisqalikka intilish, nazariy umumlashmalar chiqarish - bular barchasi mutaxassislarga tushunarli bo‘lgan ilmiy til va atamalar orqali ifodalanadi.
Badiiy ijodda hissiy bilish yetakchilik qiladi. Obrazlilikuning asosiy xususiyati. Ifoda usulida esa badiiy til imkoniyatlari, turli badiiy tasvir vositalari, poetik ko‘chimlar obrazliliknita’minlovchi asosiy unsurlardir.
Adabiyotshunoslikning muhim metodologik asoslaridan biri –ifoda usullari va uslubiy o‘ziga xosliklari uning ilmiy ijod bilan badiiy ijodga birdek daxldor ekanligidadir. Bir so‘z bilan aytganda, adabiyotshunoslik metodologiyasi ilmiy tafakkurning o‘ziga xos shakli. Bunda ikki jihat xarakterli:
1. Adabiyotshunoslikning tadqiqot obyekti ham badiiy asar, ham ilmiy-tanqidiy qarashlar ifodalangan nazariy asarlar ekanligi. Bu esa, adabiyotshunoslik metodologiyasining ilmiy tafakkur tarziga asoslanishini ko‘rsatadi.
2. Adabiyotshunoslik tahlil jarayonida badiiy va ilmiy asarlar vositasida odam va olam, ijtimoiy borliq va insoniy munosabatlar haqida mushohadalar yuritadi. Ularning qonuniyatlarini ham ochishga harakat qiladi. Bu hol adabiyotshunoslik uslubining meyoriy ilmiy qoidalariga bo‘ysungan tadqiqdan erkin mushohada yurituvchi tahlil va talqin shaklida namoyon bo‘lishga olib keladi va uning tiliga xos xususiyatlarni taminlaydi. Uning ifoda yo‘sinida ilmiy til bilan birga, badiiy til ham birdek ishtirok etadi. Ayni holat adabiyotshunoslikda badiiy asar kabi janrlar turkumining paydo bo‘lishiga va xuddi ijodkor uslubi kabi munaqqid «men»i uslubining shakllanishiga ham xizmat qiladi.

Download 80.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling