Reja: Kirish. Adabiyotshunoslik metodologiyasi xususida so’z


Download 80.03 Kb.
bet1/8
Sana31.01.2024
Hajmi80.03 Kb.
#1819097
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja Kirish. Adabiyotshunoslik metodologiyasi xususida so’z


Mavzu: Adabiyotshunoslikdagi metodlar

Reja:


  1. Kirish. Adabiyotshunoslik metodologiyasi xususida so’z

  2. Asosiy qism:

  1. Adabiyotshunoslik metodlarining asoslari

  2. Adbiyotshunoslik metodologiyasida falsafiy dunyoqarash

  3. Adabiyotshunoslik metodlari va metodologiya muammolari

  4. Sotsiologik metod

  5. Biografik metod

  6. Psixologik metod

  7. Germenevtik metod

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish. Adabiyotshunoslik metodologiyasi xususida so’z


Adabiyotshunoslik metodologiyasi adabiyotshunoslikning mustaqil tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Shunga ko‘ra, adabiyotshunoslik metodologiyasi fan sifatida adabiyotshunoslikning muayyan yo‘nalishlari doirasida faoliyat yuritadi va o‘ziga xos ilmiy xulosalar chiqaradi. Shu bilan birga u adabiyotshunoslikning adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, adabiyot tarixi singari sohalari bilan bog’liqlikda ish yuritadi.
Adabiyotshunoslik metodologiyasining obyektini badiiy asar, ijodkor, nazariy asarlar adabiyot tarixiga doir tadqiqotlar, adabiy-tanqidiy asarlar tashkil etadi. Adabiyotshunoslik metodlari mazkur fanning tarkibiy qismlari sanaladi. Adabiyotshunoslik maktablari ham shu fan doirasida o‘rganiladi.
Adabiyotshunoslik metodologiyasi fan sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu, avvalo, uning o‘ziga xos tamoyillarga egaligi bilan belgilanadi.
Metodologiya – yunoncha so‘z bo‘lib, usul, metodlar haqidagi
ta’limot degan ma’noni anglatadi. Metodologiyaning yetakchi belgilari
haqida gap ketganda, ikki jihat farqlab ko‘rsatiladi: 1. Ilmiy bilish
metodlari, usullari to‘g’risidagi ta’limot. 2. Inson faoliyatining
biron-bir sohasida qo‘llaniladigan metodlar, usullar majmuasi.
Shuningdek, metodologiyaga ilmiy izlanish nazariyasi va tahlili
haqidagi ta’limot sifatida ham urg’u qaratiladi. Binobarin, aytish
mumkinki, metodologiya mutlaqlashtirilmagan va ideallashtirilmagan
holda inson tasavvuri va tafakkuri kashf etgan barcha ilmiy-ijodiy
kashfiyotlarni tadqiq etishning turli xil vosita va usullari
majmuidir. Shundan ayon bo‘ladiki, ilm-fan, adabiyot va san’atning
barcha turlari muayyan metodologik tamoyillar asosida va zaminida
tadqiq va talqin etiladi. Har bir sohaning metodologik
tamoyillarini aniq belgilash shu sohaning metodologik asoslarini
aniqlash demakdir. Mustaqillik davrida barcha sohada metodologik tamoyillarning yangilanish jarayonlarini o‘rganishga kirishilayotganligi bois uning metodologik asoslari haqida dastlabki qarashlar endi-endi vujudga kela boshladi. Jumladan, «Falsafa asoslari» nomli kitobda mustaqillik yillarida falsafaniig yangilanishi uchun zarur bulgan asoslar quyidagicha ko‘rsatiladi: 1. Moddiy-iqtisodiy asoslar. 2. Ijtimoiy-siyosiy asoslar. 3. Ma’naviy asoslar. «Falsafa» qisqacha izohli lug’atida esa «metodologiya asoslarining ijtimoiy-tarixiy, ijtimoiy-ilmiy, insoniy, shaxsiy, madaniy zaminlari qayd etildi», deb ko‘rsatiladi.
Adabiyotshunoslikda metodologiya muammolari hamisha dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Adabiyotshunoslik metodologiyasi bo‘yicha izlanishlar, asosan, o‘tgan asrning yetmishinchi yillaridan boshlab, to‘qsoninchi yillargacha davom etdi. Jumladan, yetmishinchi yillarda chiqqan M.Nurmatovning «Tanqid va estetika», H.Umirovning “Tahlil san’ati» kabi kitoblari adabiyotshunoslik metodologiyasi va metodlari muammosiga bag’ishlangan. M.Nurmatov adabiyotshunoslik metodlarining falsafa va estetika metodologiyasi bilan mushtarak jihatiga e’tibor qaratsa, H.Umirov sosialistik realizm metodi tasnifi masalasiga urg’u beradi. Izzat Sultonning “Adabiyot nazariyasi” darsligida esa, «Adabiyotshunoslik metodologiyasi» tarkibiy qism sifatida talqin etiladi. Bu tadqiqotlar ichida B.Nazarov doktorlik dissertasiyasi alohida ahamiyatga ega. Unda tanqidchilikning metodologik asoslari va tamoyillari atroflicha tadqiq etilgan. Jumladan, o‘zbek tanqidchiligining taraqqiyot tamoyli nazariy kamolot yo‘lidagi izlanishlari, metod va uslub, zamon va qahramon muammolariga asosiy e’tibor qaratilgan.

Adabiyotshunoslik metodologiyasining asoslari


Bizningcha, adabiyotshunoslik metodologiyasining asosi quyidagilardan tashkil topadi:
1. Ilmiy-nazariy asos.Adabiyotshunoslik metodologiyasining fan sifatidagi o‘zak qismini ilmiy-nazariy asos tashkil etadi. Binobarin, ilmiy bilishga xos bo‘lgan barcha xususiyatlar unga ham begona emas. Shunga ko‘ra, adabiyotshunoslik metodologiyasi ilmiy asosini belgilahda uning boshqa fanlar bilan aloqasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotshunoslik metodologiyasi o‘z spesifik xususiyati va tahlil obyekti tabiatidan kelib chiqib, tarix, falsafa, estetika, mantiq, ruhshunoslik kabi fanlar bilan izchil bog’langan. Adabiyotshunoslik metodologiyasining bu sohalar bilan aloqasi umumiylik va xususiylik kategoriyalarining dialektik birligi doirasidagi bog’lanishdir. Lekin adabiyotshunoslik metodologiyasi o‘ziga xos ilm. U garchi adabiyotshunoslikning boshqa sohalari bilan qator mushtarakliklarga ega bo‘lib, tadqiq obyekti bir bo‘lsa-da, bir qator jihatlariga ko‘ra ulardan farqlanadi. Uning o‘ziga xos jihati, eng avvalo, adabiy tanqidchilikda yangilanayotgan dolzarb ilmiy konsepsiyalarni tezkorlik bilan aniqlash va ilmiy muammo sifatida qo‘ya bilish, mazkur ilmiy muammolarning asosiy yo‘nalishlari, taraqqiyot tamoyillarini belgilab berishida namoyon bo‘ladi. Mazkur muammolarning yechimi esa boshqa tadqiqotlarni taqozo etadi. Shu jihati bilan adabiyotshunoslik metodologiyasi boshqa tarkibiy qismlar, jumladan, monografik tadqiqotlar va ilmiy-nazariy izlanishlar uchun nazariy asos vazifasini o‘taydi.
Adabiyotshunoslik metodologiyasining hozirgi faoliyatidagi yetakchi tamoyillarni quyidagicha belgilash mumkin:
- Adabiyotshunoslikda metod va metodologiya muammolari. Tadqiq, tahlil va talqin prinsiplarining o‘ziga xosligi masalasi.
XX asr o‘zbek adabiyotini yangicha metodologik tamoyillar asosida baholash masalalari.
Hozirgi adabiy jarayon hamda adabiyotshunoslikdagi yetakchi tamoyillar: inson badiiy va ilmiy tafakkuri va salohiyati orqali yaratilgan durdonalargayangicha munosabat masalasi.
Adabiyotshunoslikning so‘nggi davr faoliyatiga nazar tashlansa, bu muammolarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faol ilmiy tadqiqotlar olib borila boshlaganligining guvohi bo‘lish mumkin. Bu hol esa, adabiyotshunoslik metodologiyasi adabiyotshunoslikning g’oyat muhim tarkibiy qismlaridan biri ekanligidan dalolatdir.

Download 80.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling