Reja: Kirish. Adabiyotshunoslik metodologiyasi xususida so’z
Download 80.03 Kb.
|
Reja Kirish. Adabiyotshunoslik metodologiyasi xususida so’z
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Germenevtik metod. Tushunish jarayonining nazariy muammolarini o‘rganuvchi soha — germenevtikaning asosiy qoidasi shuki: qismni butun, butunni qism orqali tushunish darkor. Bu qoida yuqoridagi tahlil yo‘sinlarining ikkisiga ham birdek aloqador. Faqat bu o‘rinda immanent tahlil "kontekst" tushunchasini asar doirasi bilan cheklab olsa, kontekstual tahlilda "kontekst" tushunchasining ko‘lami kengayib boradi (konkret asar "yozuvchi biografiyasi", "muallif yashagan davr shart-sharoitlari", "muallifning ijodiy merosi", "asar yaratilgan davr adabiyoti", "milliy adabiy an’analar" kabi kontekstlar doirasiga kiradi). Kontekstual tahlil asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishga yo‘l ochsa, immanent tahlil asarda tasvirlangan narsalarga (va, albatta, undagi muallif obraziga) tayangan holda o‘quvchiga o‘z mazmunini shakllantirish imkonini beradi. Mutaxassisdan farqli o‘laroq, oddiy o‘quvchilarning asarni tushunishida immanent tahlil unsurlari yetakchilik qiladi (shu bois ham o‘quvchilar ongida konkret asarning turfa talqinlari mavjud). Zero, aksariyat o‘quvchilar uchun konkret asarning qay maqsadda, qanday omillar ta’sirida yozilgani ahamiyatsiz - ular asarning o‘zinigina taniydilar, uning o‘zidangina zavq oladilar. Aksincha, adabiyotshunos uchun bularning bari muhim, chunki asarni tarixiylik tamoyiliga tayanib, biografik yoxud sosiologik metodlar (kontekstual tahlil) asosida tekshirib chiqarilgan xulosalar adabiy-nazariy tafakkur rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji hamda badiiy did tarbiyasiga faqat bilvosita ta’sir qiladilar, bu xil xulosalar bilan badiiy didga bevosita ta’sir qilishga urinish esa adabiyotga faqat ziyon keltiradi. Demak, badiiy asarni alohida butunlik sifatida ham, kontekst doirasida ham tushunish (tahlil va talqin qilish) mumkin, - ikkisining ham o‘z o‘rni, vazifasi va maqsadi tayinlidir.
Adabiyotshunoslik metodologiyasida induksiya, deduksiya, sintez va analiz tushunchalari ham muhim o‘rin tutadi. Germenevtika adabiyotshunoslik metodlaridan biri bo‘lib, matn asosida ish ko‘rishdir. Germenevtika grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “talqin”, “tushuntirish” degan ma’nolarni bildiradi. Qadimgi adabiy yodgorliklarni talqin etish nazariyasi va san’ati ma’nosida qo‘llanadi. Bugungi kunda germenevtika o‘zining lug’aviy ma’nosidan o‘sib chiqqan yangi bir mazmun kasb etmoqda. Chunki avvallari bu atama ostida faqat qadimgi adabiy yodgorliklarni talqin etish nazariyasi yotgan bo‘lsa, endilikda istagan bir badiiy asar yoxud uning bir bo‘lagini tahlil va talqin etish tushuniladi. Germenevtikaning 2 ma’nosi bor. Birinchisi, u matnni talqin qilish nazariyasi va metodologiyasi (anglash, tushunish san’ati) bo‘lsa, ikkinchisi, unda asarga xos xususiyatlar izohlab beriladi. Germenevtikaning mustaqil usul sifatida shakllanishida Shleyermaxerning hissasi katta bo‘ldi. Germenevtikaning vazifasini u yoki bu matnning mazmunini anglashga yetaklash tashkil qiladi. Uning oldida har doim 2 ta vazifa turadi. 1) u matnni umumiy til hodisasi sifatida o‘rgatsa, 2) uni alohida shaxsning ijod mahsuli sifatida talqin qiladi. Shuning uchun germenevtikaning birinchi vazifasi grammatik, ikkinchi vazifasi psixologik mohiyat kasb etadi. XULOSA
“Adabiyotshunoslik metodologiyasi” o‘tmish va hozirgi zamon adabiyotini o‘rganish tamoyillari va usullari haqida bahs yuritadi. Shundan kelib chiqib, "Adabiyotshunoslik metologiyasi" kursining asosiy maqsadini bakalavriat ta’lim yo‘nalishida olingan adabiy-nazariy bilimlarni magistratura bosqichida yanada mustahkamlab, uni muayyan bir tizimga keltirgan holda o‘tmish va hozirgi adabiyotni o‘rganish tamoyillari va usullarini belgilab olish tashkil qiladi. "Adabiyotshunoslik metodologiyasi" kursi o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha ta’lim oluvchi birinchi bosqich magistrlarining bakalavriat ta’limi davrida adabiyotshunoslik fanidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash asosida ularni adabiyotshunos-tadqiqotchi qilib tayyorlashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Shuningdek, adabiyotshunoslik fanlarining eng muhim ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganishga undaydi; Buning uchun quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutiladi: - badiiy asar tahliliga bo‘lgan yondashuvlarning turlari va mohiyatini bilib olish; - badiiy asar va adabiyotshunoslikka oid ilmiy-nazariy tadqiqotlarni tahlil etishning turli metodlaridan xabardor bo‘lish; - turli xildagi adabiyotshunoslik fanlarining ilmiy-nazariy, badiiy-estetik imkoniyatlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga yo‘naltirish metodikasini o‘rganish uning asosiy vazifalari sanaladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Adabiyot nazariyasi: 2 tomlik.-1-t.-T.,1978 2. Baxtin M.M. Estetika slovesnogo tvorchestva.-M.:Iskusstvo,1986. 3. Boboev T. She’r ilmi ta’limi.-T.,1996 4. Boboev T., Boboeva Z. Badiiy san’atlar.-T.,2000. 5. Vvedenie v literaturovedenie.-Pod.red. G.Pospelova.-M.,1987. 6. Vinokur G.O. O yazo’ke xudojestvennoy literaturo’.-M.,1991. 7. Grigorev V. Poetika slova.-M.,1979 8. Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil.- T.:O’qituvchi,1995 Download 80.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling