Reja: Kirish Ahоliga xizmat ko’rsatish va ijtimоiy infrastruktura


Download 130.41 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi130.41 Kb.
#1021328
  1   2   3   4
Bog'liq
1 MUSTAQIL ISH Aholiga xizmat ko\'rsatish tayyor


Mavzu: Aholiga xizmat ko’rsatish geografiyasi
Reja:
Kirish
1. Ahоliga xizmat ko’rsatish va ijtimоiy infrastruktura.
2. Ahоliga xizmat ko’rsatish sоhalarining tarkibi.
3. Xizmat ko’rsatish sоhalarining hududiy majmualari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Har qanday mamlakat va uning aholisini rivojlanishida sotsial infratuzilmaning ahamiyati juda katta. Zero, infratuzilma moddiy hamda ma’naviy boyliklarni yaratishda, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish jarayonlarining normal kechishida bevosita ishtirok etib qolmay, balki ularga qulay shart - sharoit yaratib berishi bilan ijtimoiy hayotda muhim ahamiyatga ega. Aholining turmush sharoitlarini yaxshilashda xizmat ko‘rsatish sohalari yoki boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy infrastrukturaning ahamiyati katta. Xizmat ko‘rsatish sohalari aholining turli-tuman moddiy, ma’naviy ko‘rinishidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi soxalar va ularning muassasalarini qamrab oladi. Har bir xizmat ko‘rsatish sohasi o‘z navbatida ko‘plab turlicha xususiyat va ko‘rinishga ega ro‘lgan xizmatlar turlaridan tashkil topgan. Binobarin, ularni guruxlash, tasniflash, shakllanishi, xududiy tashkil etilishi, zamonaviy xolati hamda kelajak rivojlanishi masalalarini tadqiq etish katga ilmiy va amaliy axamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida mamlakat rahbariyati tomonidan aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa mamlakat aholisining katta qismi yashaydigan qishloq joylarning ijtimoiy va iqtisodiy infrastruktura sharoitlarini yuksaltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘rganishda har bir sohaga xos tarmoq fanlari, iqtisodiyot, sotsiologiya va boshqa fanlar bilan bir qatorda geografiya ham alohida o‘rinni egallaydi. Chunki, xizmat ko‘rsatish sohalari muassasalarining joylashuvi va xizmat ko‘rsatish darajasini aholining joylashuvi va ehtiyojlari darajasiga mosligi orasidagi tafovutlarni aniqlashda aholiga xizmat ko‘rsatish soxalari geografiyasining roli katta. O‘zbekistonda esa xizmat ko‘rsatish sohalari geografik jihatdan sust o‘rganilgan. Umuman olganda esa, bu borada O.Ergashev, B.A. Abdurashidov, B.Nazarov, I.Volfson, N.Q.Ollorov, T.Jo‘raev kabi olimlarning ishlari mavjud. Mamlakatimizda aholiga xizmat ko‘rsatish soxalarini geografik jixatdan tibbiy xizmat ko‘rsatish misolida ilk bor dissertatsiya darajasidagi tadqiqot ishi 1996 yili M.I.Nazarov tomonidan amalga oshirilgan. Ammo, mamlakatimizda hozirgi davrdagi aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari (sotsial infrastruktura) borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini etarli deb bo‘lmaydi. SHu bilan birga aholiga transport, aloqa, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv ta’minoti bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish infr astrukturasi geografik jixatdan tadqiq etilgan salmoqli manbalar ham mavjud emas.
Olimlar tomonidan xizmat ko‘rsatish soxalarini ilmiy tadqiq etishda «iqtisodiy» va «ijtimoiy» yondoshuvlar mavjud. Chunonchi, birinchisida xizmat kursatish soxalari xo‘jalik tarmoqlari sifatida iqtisodiy nuqtai nazardan o‘rganiladi, ya’ni bu erda eng avvalo kam xarajat sarflangan holda, ko‘proq foyda olishga asosiy e’tibor qaratilsa, ijtimoiy yondoshuvga ko‘ra xizmat ko‘rsatish soxalari - bu eng avvalo axolining turmush sharoitlari, turmush darajasining muxim sharti sifatida tushuniladi.
Agarda, xizmat ko‘rsatish muassasalarini muayyan bir hududda vujudga kelishi, shakllanishi va kelajakda rivojlanish qonuniyatlarini e’tiborga olinsa, u xolda bizningcha uchinchi, ya’ni hududiy yondoshuvni ham aniqlash mumkinki, ushbu yondoshuv butun bir sohani kompleks, yoki majmua xolida o‘zida mujassamlaydi


Download 130.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling