Reja. Kirish Asosiy qisam O‘zbekiston respublikasida ichki auditni tashkil etishning huquqiy asoslari. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o‘rni. Ichki audit va ichki nazorat tizimiga qo‘yilgan talablar. Xulosa. Kirish
Download 112.19 Kb.
|
Audit Kusr ishi
Har tomonlama nazorat. Korxonaning boshqaruvi va uning rivoji uchun har bir tarmoqni har tomonlama nazorati muhimdir. Tekshiruv tadbirini rejalashtirishda, iqtisodiy, yuridik, ilmiy-texnikaviy hamda ijtimoiy bo’limlarini har tomonlama o’rganish lozim. Yo’riqnomani noto’g’ri tushunish, muhokamalarda xatolik, shaxsning beparvoligi, javobgar shaxsning parishonxotirligi yoki charchaganligi, jamoa o’rtasida kelishmovchiliklar, o’z lavozimini suiste’mol qilish va odobsizlik qilish hammasi ichki audit menejeri yoki xodimlar bo’limi e’tiborida bo’lishi lozim.
Nazorat obektlarning o’zaro bog’liqlarini tushunish. Agar biror-bir obektning nazoratida oqsoqlik yuzaga kelsa, bevosita muammoni yuzaga keltirgan vaziyat bilan ish olib borish. Bunday yondashish oqsoqlikning yuzaga kelishi sababini aniqlash hamda kelgusida takrorlanmasligini ta’minlaydi. Tekshiruv jarayonida ichki audit tomonidan, kompyuter xotiralariga saqlab qo’yilgan buxgalteriya operatsiyalarida pul harakatlari noto’g’ri hisob raqamlarda aks ettirilganligi aniqlansa, bu holatda quyidagi choralar amalga oshiriladi: buxgalteriya hisobi shakli bo’yicha yo’l quyilgan kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish; amaliy buxgalteriya dasturining sifati yoki hajmi, dastur-texnika kompleksiga baho berish; v) xatoni e’tibordan chetda qoldirgan buxgalterning professional bilimiga baho berish. Dastlabki nazoratning ahamiyati. Boshqarilayotgan ob’ektning ahvolining yomonlashuvini yoki oqsoqlanishi borasida ogohlantirish maqsadida tekshiruvning boshlang’ich bosqichlarini kuchaytirish lozim. Bu holat nazoratdagi ob’ektning talab qilingan axvolga olib kelishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar va xarajatlarning oldini olishda yordam beradi. Oldingi tekshiruvda kamchiliklar bo’yicha aniqlangan ma’lumotlardan foydalanish. Har bir nazorat jarayonida oldingi tekshiruvda aniqlangan kamchiliklardan foydalanish, ushbu kamchiliklarni qaytarilmasligini ta’minlaydi. Uzluksiz ravishda rivojlanib borish. Vaqt o’tishi bilan hattoki boshqaruvning ilg’or uslubi ham eskirib boradi. Ichki nazorat tizimini shunday tashkil etishi kerakki, u tashkilot faoliyatining ichki va tashqi o’zgarishlari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yangi muammolarni hal etishda moslashuvchan bo’lishi kerak hamda tashkilotning kengayishida zamonaviylashishini ta’minlab berishi kerak. Tashkilotda ichki audit tizimining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashning asosiy yo’li quyida keltirilgan tamoyillarga rioya qilishdir: Mas’uliyatlilik tamoyili: Tashkilotda faoliyat olib boruvchi har bir ichki audit xodimi o’z faoliyatini olib borishda iqtisodiy, ma’muriy va intizomiy mas’uliyatni his qilishi kerak. Agar xodim tomonidan mas’uliyat his qilinmasa nazorat talab darajasida olib borilmaydi. Muvozanatni ushlab turish tamoyili: Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxonaning nazorat funktsiyasi qanday tarzda olib borilishi, resurslar bilan ta’minlanishi va bajarilishi bo’yicha auditor tomonidan buyruq berilmasligi lozim. Nazorat sub’ektlari tomonidan majburiyatlar korxonaning ish hajmi va imkoniyatidan kelib chiqib belgilanishi lozim. Yuzaga kelgan kamchiliklar bo’yicha o’z vaqtida malumot berish: Yuzaga kelgan kamchiliklar bo’yicha malumot, ushbu kamchiliklar bo’yicha qisqa vaqt ichida qaror qabul qilish vakolatiga ega kishiga o’z vaqtida etkazilishi lozim. Agar ma’lumot kechiqtirilsa salbiy oqibatlarga olib keladi. Boshlang’ich nazoratda oqibatlarning yuzaga kelish ehtimoli bo’yicha malumot o’z vaqtida etkazilmasa, bu nazoratni amalga oshirilishidan mano qolmaydi. Nazoratga oluvchi va nazoratga olingan tizimning mutanosibligi: Ichki audit tizimining murakkablik darajasi nazoratdagi tizimning murakkablik darajasiga mutanosib bo’lishi kerak, ya’ni ob’ekt bo’yicha tekshiruvni muvaffaqiyatli olib borish uchun ichki audit shu darajada murakkab bo’lmog’i lozim. Download 112.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling