Reja. Kirish Asosiy qisam O‘zbekiston respublikasida ichki auditni tashkil etishning huquqiy asoslari. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o‘rni. Ichki audit va ichki nazorat tizimiga qo‘yilgan talablar. Xulosa. Kirish


Download 112.19 Kb.
bet9/11
Sana18.06.2023
Hajmi112.19 Kb.
#1574721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Audit Kusr ishi

O’zaro hamkorlik va muvofiqlik. Nazorat tashkil etilish jarayonida, tashkilotning har bir bo’g’inining aniq hamkorligi ostida bo’lishi lozim.

  • Fayl va aktivlarga ruxsatsiz kirishga yo’l qo’yilmaslik. Ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishga to’sqinlik qilish va nazoratni o’rnatish uchun quyidagi choralarni ko’rish lozim:

    -binoga ruxsatsiz kirmaslik (qo’riqlash, ruxsat berish rejimi, signalizatsiya, kuzatuv tizimini yo’lga qo’yish);
    -kompyuter va boshqa ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz kirilishiga (kompyuter tizimini parollash) hamda texnik vositalar orqali ma’lumotlarning chetga chiqishiga yo’l qo’ymaslik (eshitish va kuzatuv moslamalarini hamda fotoaparatning ruxsatsiz olib kirilishi);
    -korxonaning xo’jalik sirlarini xodimlar tomonidan olinishida belgilangan tartibda ruxsatnoma olish orqali berilishini yo’lga qo’yish. Bunda korxonaning xo’jalik sirlarini chetga chiqishini oldi olinadi.

    1. Fayl va aktivlarning xavfsizligi. Kutilmagan hodisalarni oldini olish maqsadida, kerakli fayl va hujjatlarni yonmaydigan seyflarda saqlash, o’t o’chirish moslamalariga ega bo’lishi va kerakli qo’llanmalar bo’lishi kerak. Elektr tizimining uzilishi yoki texnika tizimining ishdan chiqishi hisobga olgan holatda, kerakli ma’lumotlar va fayllarni qo’shimcha xotirada saqlab borish va zaxira elektr ta’minoti bilan ta’minlash.

    2. Vazifalarni bajarilish bosqichlarini belgilovchi maxsus sxemalar bilan faoliyatni qat’iy belgilab berish. Bu kabi sxemalar bo’limlarning javobgarligi, ruxsat etilgan faoliyatlar bo’yicha, nazorat jarayonini hamda har bir faoliyatning qoidalari bo’yicha ma’lumotni o’z ichiga olgan bo’lishi lozim. Sxemadagi ma’lumotlar tushunarli holatda bo’lishi lozim va bu holat ma’lumotning xodimlarga o’z vaqtida etib borishida muhimdir.

    3. Hisobga olish va nazorat qilish tizimiga yangi informatsion

    texnologiyalarni jalb qilish. Korporativ turdagi yirik iqtisodiy salohiyatga ega
    bo’lgan yirik korxonalarga, yangi va sifatli dasturlar bilan ta’minlangan texnologiyalar bosqichma-bosqich o’tish maqsadga muvofiqdir. Bu holat quyidagiga yordam beradi:
    -mijozlar talablarini bajarish quvvatidagi muammolarni hal etish;
    -xodimlarning faoliyat tizimidagi salohiyatini oshiradi;
    -korxonaning boshqarish rejimini real masshtabdagi vaqtgda amalga oshirishini ta’minlaydi;
    -tarmoqlar o’rtasidagi o’zaro aloqadagi faoliyatni amalga oshirilish samarasini oshiradi;
    -ma’lumotlarni kompyuter tizimiga qo’l bilan kiritilishida yo’l qo’yiladigan kamchiliklarni bartaraf etadi.

    1. Nazorat faoliyatini amalga oshirilishini hujjat bilan tasdiqlanishi. Muhim nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi har bir mas’ul shaxs, nazoratni amalga oshirilayotganligini tasdiqlash maqsadida muntazam ravishda yozma shaklda imzo bilan tasdiqlagan holatda hisobot berib borishi lozim. Bu kabi hisobot belgilangan koordinatsion markazga taqdim etilishi lozim. Hisobotni tekshirgan shaxs tomonidan ushbu hisobot tekshirilganligini tasdiqlash maqsadida imzo qo’yishi lozim. Bu qoida amalga oshirilishi ichki nazoratning har bir pog’onasini nazoratini tekshirib borish imkonini beradi.

    2. Ichki nazoratchilarning majburiyatlarini doimiy ravishda qayta taqsimlash (rezervlarning, ichki auditorlarning hamda buxgalterlarning) nazoratning foydaliligini oshirish hamda o’z vazifalarini suiste’mol qilinishini oldini olish maqsadida xodimlar o’rtasida majburiyatlarni qayta taqsimlab borilishi lozim.

    -bitta uchaskada ishlash orqali bir xil ishdan toliqishni oldini oladi va buxgalter ishining samarasini oshiradi;
    -buxgalteriya xodimlarining uddaburonligini oshiradi.


    1. Download 112.19 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling