Reja. Kirish Asosiy qisam O‘zbekiston respublikasida ichki auditni tashkil etishning huquqiy asoslari. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o‘rni. Ichki audit va ichki nazorat tizimiga qo‘yilgan talablar. Xulosa. Kirish
Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o‘rni
Download 112,19 Kb.
|
Audit Kusr ishi
2. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o‘rni.
Auditorlik faoliyati va ichki audit xizmati to’g’risida so’z yuritishdan avval, «audit» so’zining lug’aviy ma’nosini iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchi olimlarning bergan fikr va mulohazalarini keltirib o’tsak. Umuman olganda audit atamasi lotin tilidan olingan bo’lib, «eshituvchi», «eshitmoq» degan ma’noni anglatadi. Ma’lumki, auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditning maqsadi va vazifalari, majburiyatlari va ob’ektlari xar xil ekanligini inobatga olgan holda, ular tashqi va ichki audit xizmatiga bo’lingan. Tashqi va ichki audit xizmati tashkil etilishi uslubiyatiga ko’ra o’xshash bo’lsada, ular o’rtasidagi farq, ularning amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy shakllarida namoyon bo’ladi. Ammo auditorlar o’z faoliyatida ko’p jihatdan ichki audit natijalariga tayanadi. Tashqi audit bilan ichki auditning tavsif jihatdan farqli jihatlarini mazkur jadvalda ko’rishimiz mumkin. |
7. |
Faoliyat turi bo’yicha |
Ijro faoliyati |
Tadbirkorlik faoliyati |
8. |
O’zaro munosabat bo’yicha |
Korxona rahbariyatiga bo’ysunishi va undan mustaqilligi |
Teng huquqli sherikchilik, mustaqillik |
9. |
Xizmatlar uchun haq to’lash tamoyillariga ko’ra |
Shtatjadvaliga asosan ish haqi |
Haqni mijoz – korxona yoki uning roziligiga ko’ra auditorlik xulosasini olishga ehtiyoji bo’lgan organ to’laydi |
10. |
Hisobot taqdim etilishi bo’yicha |
Korxona egasi va boshqaruv organiga |
Auditorlik tashkilotining yakuniy qismi nashr ettirilishi mumkin, tahliliy qismi mijozga topshiriladi |
11. |
Uslubiy jihatdan |
Uslubiy jihatdan bir xil, ammo qo’yilgan maqsadlar xilma – xilligidan kelib chiqib har xil nisbatlarda qo’llaniladi |
Ichki audit xizmati ham auditorlik faoliyatining bir qismi bo’lib, uning faoliyat yuritishi tashqi auditorlik faoliyatidan bir qancha farq qiladi. Ichki audit xizmati aynan aktsiyadorlik jamiyatlarida faoliyat yuritishi qimmatli qog’ozlar bozorining ham rivojlanishiga asos bo’ladi. Umuman olganda ichki auditorlar o’zlari ishlaydigan korxonalar faoliyatini tekshiradi. Ular qoidaga ko’ra, korxonaning kuzatuv kengashi tarkibiga kiradilar.
Amaliy faoliyatda ichki auditorlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, shuningdek, ta’sis hujjatlari, korxonalar bo’yicha buyruqlar va lavozim yo’riqnomalariga amal qilishi lozim. Ichki auditni tashkil qilishga ta’sir qiluvchi omillar quyidagi rasmda keltirilgan.
Ichki auditning samarali tizimini tashkil qilish ancha murakkab vazifa. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
moliyaviy-xo’jalik tsiklining nazorat talab qiladigan tarkibiy qismlarining ulkan miqdori (xarid, sotish, ishlab chiqarish va boshqalar);
auditorlarga yuqori kasbiy va axloqiy talablar (ularning malakasi kamida faoliyati tekshirilayotgan shaxslar malakasiga mutanosib bo’lishi lozim).
Yirik va o’rta korxonalarda ichki auditni tashkil qilishga turtki sifatida quyidagilar xizmat qiladi:
qonunchilik tizimi murakkablashuvi;
moliyaviy vaziyatlarni boshqarishga intilish;
korxonaning o’zi va uning tuzilmaviy bo’linmalari faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish;
resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat;
majburiyatlarni bajarish;
hisob tizimini optimallashtirish.
Ichki ishlab chiqarish auditini tashkil qilish davlat tomonidan qonunchilik asosida tartibga solinadigan masalalar sirasiga kiritilmaydi. Bu korxonaning o’ziga taalluqli huquq hisoblanadi. Shunga qaramay, uning faoliyati samaradorligiga nafaqat iqtisodiy sub’ekt aktivlari saqlanganligi, balki korxonaning ish qobiliyati ham bog’liq bo’ladi. Ichki audit boshqaruv tizimini takomillashtirish yo’llarini ko’rsatadi.
Dunyoda ichki auditga bo’lgan qiziqish bir qator omillar bilan asoslanadi. Birinchidan, ichki audit faoliyati bilan bugungi kunda foydalanish imkoniyati belgilangan. Shuningdek, etarlicha baholanmagan manbalardan biri hisoblanib, uning to’g’ri ishlatilishi korxona samaradorligini oshirishi mumkin.
Download 112,19 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling