Reja. Kirish Asosiy qisam O‘zbekiston respublikasida ichki auditni tashkil etishning huquqiy asoslari. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o‘rni. Ichki audit va ichki nazorat tizimiga qo‘yilgan talablar. Xulosa. Kirish


Download 112.19 Kb.
bet6/11
Sana18.06.2023
Hajmi112.19 Kb.
#1574721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Audit Kusr ishi

Ichki auditning aniq maqsadga qaratilganligi tamoyili;

  • Ichki audit tizimining yaxlitligi va to’liqligi tamoyili;

  • Ichki auditning hujjatlarga asoslanganlik tamoyili;

  • Axborotni avtomatik tarzda qayta ishlash tamoyili;

  • Tezkorlik tamoyili.

    O’zbekiston korxonalarida ichki audit xizmatini tashkil qilish quyidagi afzalliklarga ega:
    Birinchidan, korxona boshqaruv kengashiga bo’limlar ustidan samarali nazorat o’rnatish imkonini beradi.
    Ikkinchidan, ichki auditorlar o’tkazadigan maqsadli tekshiruv va tahlilning istiqbolli yo’nalishlarini aniqlab beradi.
    Uchinchidan, ichki auditorlar tekshiruv bilan bilan birga bosh korxona, uning filiallaridagi moliyaviy – iqtisodiy , buxgalteriya va boshqa bo’limlar xodimlariga maslahatlar berish vazifasini ham bajaradilar.
    Ichki audit nafaqat xususiy mulk egalari, balki kompaniyaning menejmentiga ham zarur. Menejerlarning maqsadi – oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishda samarali yo’llar orqali biznesni boshqarish. Ushbu masalalarni ijobiy hal etish ikki masalaga bog’liq:

    1. Menejer boshqaruv masalalarini to’g’ri hal etish uchun etarli ma’lumotga egaligi;

    2. Ichki auditning asosiy maqsadi – menejerlarga o’z zimmalariga qo’yilgan vazifani bajarishda yordam berish, ularga kompaniya aktivlarining samarali ishlatilishi.

    “Korxonalarda ichki audit xizmati to’g’risida” nizomga muvofiq ichki audit xizmatining huquqlari quyidagilardan iborat:

    • ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo’ladigan masalalar bo’yicha korxonaning hujjatlarini (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), korxonaning mansabdor va ma’sul shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish;

    • ichki audit o’tkazishga ko’maklashish uchun korxonaning tegishli mutaxassislarini jalb etish.

    Ichki audit xizmati xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan
    iborat:

    • ichki auditni amalga oshirishda qonunlar, nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlari talablariga rioya qilish;

    • moliya va statistika hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;

    • hisobotlar tuzish;

    • ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;

    • korxonaga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar etkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqida darhol korxonaning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;

    • aktivlarni xatlovdan o’tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o’z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish;

    • Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.

    Ichki auditorlar majburiyatlariga, shuningdek quyidagilarni kiritish mumkin:

    • Nazorat tizimining samaradorligini tekshirish;

    • Tashkilot faoliyati samaradorligini baholash;

    O’rganish obektiga qarab, ichki auditning quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

    • Boshqaruv tizimining funktsional auditi;

    • Boshqaruv tizimining tashkiliy-texnikaviy auditi;

    • Tashkilot boshqaruvining kompleks auditi;

    • Faoliyat turlari auditi;

    - muvofiqlilik bo’yicha audit.

    Download 112.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling