Reja: kirish asosiy qisim
Hamma mashg‘ulotlar uch qismga bo‘linadi
Download 131.32 Kb.
|
KATTA GURUHIDA TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINI LOYIHALASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-qismda
- Mashg‘ulotning yakuni
Hamma mashg‘ulotlar uch qismga bo‘linadi:
mashg‘ulotning boshlanishi–topshiriqni tushuntirish; mashg‘ulotning borishi–topshiriqni bolalar tomonidan bajarilishi; mashg‘ulotning yakuni–bolalar bilan bajarilgan topshiriqni tahlil qilish. I va II qismlar bolalar yoshi va topshiriqqa qarab 2-5 minutgacha davom etishi mumkin, 1-qismda tarbiyachi bolalarga ular bajaradigan topshiriqni xabar etadi. Tarbiyachining tushuntirishi emotsional, ijodiy kayfiyat tug‘dirishi lozim. 2-qismda tarbiyachi bolalarni berilgan topshiriqni bajarishga kirishishlarini tekshiradi. Bola ishi o‘rtasida pauza bo‘lmasin, bola bir topshiriqni bajardimi, keyingisiga darhol o‘tishlari, bajarishlarini kuzatish lozim. Mashg‘ulot davomida bolalar tinch ishlashga, o‘z o‘rinlaridan so‘roqsiz turmaslikka o‘rganadilar. Katta guruhdagi bolalar dastavval tarbiyachi ruxsati bilan, keyin o‘zlari suvni, mo‘yqalamni o‘z joyiga qo‘yadilar. Kichik guruhda bolalar mustaqil bo‘lmaganlari uchun ko‘proq tarbiyachining o‘zi bolalar oldiga kelib turadi. O‘rta guruhdan boshlab bolalar tarbiyachiga qo‘llarini ko‘tarib, murojaat etishga o‘rganadilar. Bolalarni asta- sekin mustaqil ishlashga o‘rgatib boriladi. Bor bo‘lgan qiyinchiliklarni o‘zlari hal etish yo‘llarini o‘rganib boradilar. Mashg‘ulotni yakuniga 5 minut qolganda bolalar ogohlantiriladi. Bu narsa kichik guruh bolalari uchun ortiqcha hisoblanadi, chunki ular hali bu aloqani egallamagan bo‘ladilar. Kichik guruhdan boshlab bolalarga ishini oldinroq tugatgan bo‘lsa, o‘zi yana rasmni element bilan boyitishni taklif etiladi. Mashg‘ulotning yakuni–bolalar bilan bajarilgan topshiriqni tahlil qilish.Tarbiyachi ishni tugatishni qat’iyan taklif etsa, bolalar hammasi ishni tugatishi va tarbiyachi kunning ikkinchi yarmida bolalarga o‘z ishlarini tugatib olishga imkon yaratishi lozim. Bolalar ishini tahlil qilish muhim metodlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bolalar ishlarini tahlili ta’limiytarbiyaviy ahamiyatga ega. Bolalar ishlari devoriy ro‘znoma qilib osiladi. Bolalar devoriy ro‘znomadagi ishlarini yaxshilab ko‘rib chiqadilar. Tarbiyachi bolalarning fikrlarini so‘raydi va bolalar ishlariga umumiy baho beradi. Mashg‘ulotdan so‘ng bolalarga o‘z ishlarini ko‘rib chiqish uchun yana bir bor imkoniyat yaratib beradi. Agar mashg‘ulot cho‘zilib, vaqt qolmasa, sayrdan keyin yoki kunning ikkinchi yarmida amalga oshirish mumkin. Bolalar ishlarida tarbiyachi ota-onalar uchun burchak tashkil etadi va bolalar ishlarini u yerda keyingi mashg‘ulotgacha qoldiradi. Albatta, ular dastavval yaxshilab bezatiladi. Ularni turlicha bezatish mumkin. Agar burchak tashkil etishni iloji bo‘lmasa, bolalar ishidan albom qilinadi. Bittadan varaq bir kishiga ajratiladi va varaq ustiga konvert yopishtiriladi. Bolaning ismi yozib qo‘yilib, shu konvertga bolaning har bir bajargan ishi qo‘yiladi. Aralash yosh guruhlarda mashg‘ulotni tashkil etish o‘ziga hos xususiyatga egadir. Bu guruhni 2-3 yuqori guruhga bo‘lib, har biri uchun o‘zining dastur mazmuni aniqlanadi. (bolalarning hammasi, birgalikda, bir vaqtda, bir faoliyat bilan shug‘ullansa ham). Ta’lim–maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni elementar bilimlar tizimini bilan tanishtirishda, maktabgacha ta’lim muassalari uchun ishlab chiqilgan dasturlarda nazarda tutilgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda yetakchi rolni o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida bolalarga yangi bilimlarni muntazam berib borish, ular jamg‘argan tasavvurlarni aniqlash va tizimlashtirish, bolalarning bilish jarayonlari hamda tafakkur faolliklarini rivojlantirish amalga oshiriladi. Ta’lim – ikki tomonlama jarayon: mashg‘ulotlar kuzatilar ekan, tarbiyachining ta’lim berish faoliyatini, uning bolalarga ta’sir etish imkoniyatlarini hamda bolalarning javob berish reaksiyalarini, o‘quv harakatlari sifatini ham baholash muhimdir. Ta’lim jarayoni bolalarning jismoniy, ma’naviy, mehnat va estetik rivojlanishlariga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim jarayonining muhim vazifasi uning bolalarga tarbiyaviy, umumta’lim ta’sirini (kuzatuvchanlik, zehnlilik, aqliy, nutqiy va harakat faolligi, mustaqillik, ijodiy tashabbusning rivojlanishini) aniqlashdir. Pedagog har bir mashg‘ulotda ta’lim va tarbiyaning o‘zaro bog‘langan vazifalarini amalga oshirishni esda saqlashi muhimdir. Masalan, bolalarga rasm chizish usullarini tushuntirar ekan, u bolalarga predmetni izchil tahlil qilishni, ko‘rganlarini tasvirlashni, harakat usullari haqida gapirishni, bo‘yoqdan tartibli foydalanishni, o‘rtog‘iga halaqit bermaslikni oxirida hamma narsani o‘zi joy-joyiga olib qo‘yishni o‘rgatadi. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalarning tashqi dunyo haqidagi tasavvurlari qandayligini, ular o‘z fikrlarini erkin bayon qila olishlarini, ularning lug‘at boyliklari qandayligini aniqlash mumkin. Bolalardagi ma’naviy tasavvur darajasini bajarilgan ishlarni baholashi va shu kabilardagi fikrlari hamda luqmalaridan bilib olish mumkin. Demak, ko‘rilgan har bir mashg‘ulotlarda dasturning barcha bo‘limlari bo‘yicha bolalar bilan olib borilgan ishning darajasi xuddi ko‘zgudagidek aks etadi. Tarbiyachi o‘tkazadigan mashg‘ulotlarning muvaffaqiyati uch shartga: dasturni yaxshi bilishga, ta’lim metodikasini egallaganlikka, o‘z guruhidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlari hamda imkoniyatlarini bilishga bog‘liq bo‘ladi. Tarbiyachini nazorat qilish va unga yordam ko‘rsatish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi barcha yosh guruhlarining dasturini hamda ta’lim metodikasini bilishi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixofiziologik xususiyatlarini tushunishi, yangi ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or pedagogik tajribadan xabardor bo‘lishi kerak. Download 131.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling