BSS (Base Station Subsystem) - an’anaviy uyali telefon tarmog’ining bo’limi bo’lib, u trafikni boshqarish va uyali telefon va tarmoqni kommutatsiya qilish o’rtasida signalizatsiya uchun javob beradi. - BSS (Base Station Subsystem) - an’anaviy uyali telefon tarmog’ining bo’limi bo’lib, u trafikni boshqarish va uyali telefon va tarmoqni kommutatsiya qilish o’rtasida signalizatsiya uchun javob beradi.
- BTS (Base Transceiver Station) - mobil telefonning tarmoqqa kirish nuqtasidir. U tarmoq va mobil telefon o’rtasida radio aloqalarni amalga oshirish uchun javobgardir. U nutqni kodlash, shifrlash, multiplekslash (TDMA) va radio signallarining modulyatsiyasi / demodulyatsiyasi bilan shug’ullanadi.
- BSC (Base Station Controller) - bir qator tayanch stantsiyalarni (BTS) boshqaradigan va ularning ustidan nazorat olib boradigan va tugunlar va mobil kommutatsiya markazi (MSC) o’rtasidagi interfeysni ta’minlaydigan tarmoq elementidir. Mobil kommutatsiya markazi (MSC/ Mobile Switching Center) - GSM / CDMA uchun ovozli qo’ng’iroqlar va SMS xabarlarini, shuningdek boshqa xizmatlarni (masalan, konferents-aloqalar, FAX va ulanish ma’lumotlari) marshturlash uchun javob beradigan asosiy xizmat ko’rsatish tuguni hisbolanadi. Barcha mobil telefonlardan mobil qo’ng’iroqlar va PSTN-dan mobil qo’ng’iroqlar G-MSC orqali marshturlanadi.
NSS (Network switching subsystem) – tarmoqlarni kommutatsiya qilish quyi tizimi (NSS) (yoki GSM yadro tarmog’i) asosiy stansiyalar tarmog’ida roumingda mobil telefonlar uchun qo’ng’iroqlarni amalga oshirish va harakatchanlikni boshqarish funktsiyalarini bajaruvchi GSM tizimining tarkibiy qismi. - NSS (Network switching subsystem) – tarmoqlarni kommutatsiya qilish quyi tizimi (NSS) (yoki GSM yadro tarmog’i) asosiy stansiyalar tarmog’ida roumingda mobil telefonlar uchun qo’ng’iroqlarni amalga oshirish va harakatchanlikni boshqarish funktsiyalarini bajaruvchi GSM tizimining tarkibiy qismi.
- AuC (Authentication Centre) - Autentifikatsiya markazi bu tarmoqqa ulanishni istagan uyali aloqa abonentini aniqlash uchun ishlatiladigan GSM tarmog’idagi yana bir muhim element. Autentifikatsiya SIM-kartani aniqlash va yaroqliligini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
- HLR (Home Location Register) - bu mobil tarmoqning barcha uyali aloqa abonentlari, masalan raqamlar boshqa tarmoqqa ulanganmi yoki yo’qmi, xizmatlar kabi turli xil ma’lumotlarni o’z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi.
- VLR (Visitor Location Register) – yangi hududga kirib boruvchi faoydalanuvchilarni (masalan Toshkentdan vodiyga boruvchilar) joyini ro’yxatga oladi. Bu HLR qamrov zonasidan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun rouming funktsiyalarini qo’llab-quvvatlaydigan uyali tarmoqdagi server.
- PSTN (Public switched telephone network) - umumiy foydalanishdagi telefon tarmog’i - bu milliy, mintaqaviy yoki mahalliy telefon aloqa operatorlari tomonidan boshqariladigan, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya infratuzilmasi va xizmatlarini taqdim etadigan dunyo bo’ylab simli infratuzilma orqali ovozli ma’lumotlarni uzatadigan telefon tarmoqlarining majmuasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |