Reja: kirish asosiy qism bog‘langan qo‘shma gaplarning formal -sintaktik talqini. Qo‘shma gaplarning formal-funksional talqini. Jahon tilshunosligida qo’shma gaplar talqini. Xulosa foydalanilgan adabiyotlar kirish
Download 82.17 Kb.
|
2 5246749898677691508
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY QISM 1. Bog‘langan qo‘shma gaplarning formal -sintaktik talqini.
- 1) teng bog‘lovchilar; 2) teng bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadigan yuklamalar; 3) bo‘lsa, esa yordamchilari; 4) tenglik ohangi
Mavzuning dolzarbligi. Ushbu kurs ishi o‘quvchilarga qo’shma gap va u haqidagi tushunchalarni yanada osonroq va to‘laroq tushunishga yordam beradi.
Ishning maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi qo’shma gap haqidagi qarashlarni tahlil qilish. Ishning tadqiq obyekti:Qo’shma gaplarning haqida ilmiy qarashlarni boyitish. Kurs ishining hajmi.Ushbu kurs ishi kirish,xulosa,foydalanilgan adabiyotlar va 3 rejadan iborat. ASOSIY QISM 1. Bog‘langan qo‘shma gaplarning formal -sintaktik talqini. An’anaviy sintaktik nazariyalarda bog‘langan qo‘shma gaplar mavqei jihatdan teng huquqli bo‘lgan sodda gaplarning tenglanish munosabati asosida mazmun va grammatik jihatdan o‘zaro birikuvidan tashkil topgan gaplar sifatida talqin etiladi.Quyida bog‘langan qo‘shma gaplarning formal hamda semantik-sintaktik tadqiqi natijalari xususida fikr yuritamiz. Bog‘langan qo‘shma gaplarni tashkil etuvchi teng huquqli qismlar shaklan mustaqil, mazmunan o‘zaro bog‘langan, ba’zan mantiqan biri-ikkinchisiga tobe gaplardan tashkil topadi. Bunday aloqa-bog‘liqlik qo‘shma gap qismlarining tuzilishida, kesimlarining mazmunan va grammatik munosabatida yoki umumiy gap bo‘laklarining mavjud bo‘lishida ko‘rinadi. Anglashiladiki, bunday turdagi qo‘shma gaplarning qismlari mantiqan bir-birini taqozo qilsa-da, grammatik jihatdan tobe bo‘lmaydi.Bog‘langan qo‘shma gaplardagi birinchi komponent birmuncha mustaqillik xususiyatiga ega bo‘lsa, ikkinchi komponent birinchi gapga bog‘liq holda tuziladi. Bu qismlar birgalikda yaxlit sintaktik qurilmani, ya’ni qo‘shma gapni hosil qiladi.1 Bog‘langan qo‘shma gaplar qismlari: 1) teng bog‘lovchilar; 2) teng bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadigan yuklamalar; 3) bo‘lsa, esa yordamchilari; 4) tenglik ohangi yordamida bog‘lanadi.Olima S.Solixo‘jayeva nazariy manbalarda qayd etib kelinayotgan bog‘langan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi bu vositalarning «absolyut holat emasligi»ni ko‘rsatadi. Uning fikricha, o‘zbek tilida shunday qo‘shma gap ko‘rinishlari ham mavjudki, ular shaklan ergashgan qo‘shma gaplarga o‘xshasa-da, aslida bog‘langan qo‘shma gaplardir. Masalan, grammatik formasi -b (-ib), -sa affiklari yordamida tuzilgan «Ha xu» deguncha oyning oyoqlari kelib, to‘y kunlari yaqinlashdi», «Birov konfet bersa, birov pechen’e beradi» gaplari bog‘langan qo‘shma gaplar hisoblanadi. Shunisi xarakterliki, bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar, ular qanday til birligidan tashkil topishidan qat’iy nazar, qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga turli mazmuniy munosabatlarni ham shakllantiradi. G‘.Abdurahmonov bog‘langan qo‘shma gaplarni qismlari orasida shakllangan mazmuniy munosabatlar asosida quyidagi 5 turga ajratadi: a) qiyoslash munosabati; b) payt munosabati; v) ayiruv munosabati; g) sabab va natija munosabati; d) izohlash munosabati. M.Asqarova ham bog‘langan qo‘shma gaplarda sabab,izohla chog‘ishtirish, zidlik, ayiruv va inkor munosabatlarining shakllanishini ko‘rsatadi. Olima bog‘langan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi vositalar asosida uning quyidagi turlarini ajratadi: a) biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar; b) zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar; v) ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar; g) inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap qismlari ma’lum bir paytda yoki ketma-ket ro‘y beradigan voqea-hodisani bildiradi hamda va, hamda, ham, -u (-yu), -da, bo‘lsa, esa yordamchilari orqali bog‘lanadi. Va, hamda bog‘lovchilari, ham yuklama-bog‘lovchisi yordamida tuzilgan qo‘shma gaplarda bir vaqtda va turli vaqtlarda yuzaga kelgan voqea- hodisa yoki harakat ifodalanadi. Qiyoslang: 1. Qo‘shma gapda bir vaqtda yuzaga keladigan voqea-hodisa ifodalanadi: Mudir jadal qadam tashlagan holda to‘xtovsiz gapirar va uning so‘zlari hammani qiziqtirar edi. (P.T.) 2. Qo‘shma gapda turli vaqtda yuzaga kelgan voqelik yoki harakat ifodalanadi: Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg‘oqda tartibsiz o‘sgan o‘tlarni silkitar edi (S.Ahm.) Download 82.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling