Reja Kirish: Asosiy qism I. Adabiyotlar taxlili


Jarayonning kimyoviy asoslari


Download 164.01 Kb.
bet11/13
Sana18.06.2023
Hajmi164.01 Kb.
#1557213
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mavluda

Jarayonning kimyoviy asoslari. Katalitik krekingda sodir bo‘ladigan jarayonlarning mohiyati quyidagi reaksiyalarda mujassam bo‘ladi:
– yuqori molekulali uglevodorodlarni parchalash (kreking);
izomerlanish;
– sikloalkanlarning arenlargacha degidrogenlash.
Og‘ir neft xomashyosining destruksiyasi ochiq rangli motor yoqilg‘ilarining qo‘shimcha miqdorining hosil bo‘lishiga olib keladi, ulardan eng katta ahamiyatga ega bo‘lganni benzindir. Barcha uch turdagi reaksiyalarning amalga oshirilishi benzinning oktan sonining oshishiga olib keladi: bir xil tuzilishli uglevodorodlarning oktan sonlari molekulyar massasi kamayishi bilan ortadi; izoalkanlarning oktan sonlari normal tuzilishli alkanlarnikiga qaraganda yuqori, arenlarda esa sikloalkan va alkanlarnikiga qaraganda yuqori bo‘ladi.
Alkanlardagi o‘zgarishlar. Katalitik kreking sharoitda alkanlar molekulyar massasi kichikroq bo‘lgan alkan va alkenlargacha izomerlanadi va parchalanadi. Zanjirli jarayonning birinchi bosqichi–zanjirning paydo bo‘lishi - ikki xil usul bilan sodir bo‘lishi mumkin. Birinchi usulda alkanlar molekulasining bir qismi avval termik krekingga duchor bo‘ladi. Hosil bo‘layotgan alkenlar katalizatordan protonni tortib olib karbokationga aylanadi:


Ikkinchi usul bo‘yicha protonli markaz ta’sirida bevosita alkanlardan gidrid – ionni ajratib olish yo‘li karbokation hosil qilish mumkin:


Uchlamchi uglerod atomidan gidrid–ionni ajratib olish, ikkilamchi va birlamchilarga qaraganda kamroq energiyani talab qilganligi sababli izoalkanlar normal tuzilishli alkanlarga qaraganda osonroq krekinglanadi.


Zanjirning rivojlanish reaksiyalari berilgan sharoitda karbokationlarning barcha mumkin bo‘lgan reaksiyalarini o‘z ichiga oladi. Masalan, agar jarayonning birinchi bosqichida birlamchi karbokation + C7H15 hosil bo‘lsa, unda bu kation barqarorroq bo‘lgan ikkilamchi va uchlamchi tuzilishlarga o‘zgarish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi. Izomerlanish paytida ajralib chiqayotgan issiqlik yangi ionni parchalashga sarflanishi mumkin.

Download 164.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling