Reja Kirish: Asosiy qism I. Adabiyotlar taxlili
Download 164.01 Kb.
|
Mavluda
- Bu sahifa navigatsiya:
- II Tajribaviy qism. II.1. To‘yinmagan uglevodorodlarning neft kimyoviy sintezda ishlatilishi III. Xulosa. IV.Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Reja Kirish: Asosiy qism I. Adabiyotlar taxlili I.1. Neftning kimyoviy tarkibi va u haqida qisqacha ma’lumot. I.2. Neft va tabiiy gaz sintezida ishlatiladigan katalitik jarayonlarning turlari va ularning ahamiyati I.3 . Neft va gaz kimyosi sintez jarayonida katalizatorlar qo’llanilishi II Tajribaviy qism. II.1. To‘yinmagan uglevodorodlarning neft kimyoviy sintezda ishlatilishi III. Xulosa. IV.Foydalanilgan adabiyotlar Kirish: Neft va tabiiy gaz faqatgina yonilg‘i emas, balki kimyo sanoati uchun juda muhim xomashyodir. Buyuk kimyogar olim D.I.Mendeleev «Neftni yoqish – bu pullarni yoqish demakdir» - degan edi. Neft va gazni qayta ishlash jarayonida har xil sun’iy tolalar (kapron, neylon, viskoza, jersi va x.), plastmassalar, kauchuk va rezinalar, sirt – aktiv moddalar, mineral o‘g‘itlar, sun’iy yunglar (nitron, kashmilon), spirtlar, yog‘lar, dori – darmonlar, xattoki oqsillar, va hokazolar ishlab chiqariladi. Turli xildagi yonuvchi qazilma boylik turlari bo‘lgan (tabiiy energiya tashuvchilar) ko‘mir, neft va tabiiy gaz insoniyatga qadim zamonlardan ma’lum. Arxeologlar eramizdan oldingi 6-4 ming yilliklarda Efrat daryosi qirg‘oqlaridan neft qazib olinganligini va turli maqsadlarda, jumladan dori sifatida foydalanilganini isbotlashgan. Bundan tashqari quruvchilar Vavilon minorasi, Buyuk Xitoy devoridagi g‘ishtlar orasini mustahkamlashda ham neftdan (o‘sha vaqtlarda “yer qatroni, ya’ni yer smolasi deb atalgan”) foydalanishgan. Shuningdek neftni Efrat daryosidagi qadimgi to‘g‘on qurilishida va Semiramida osma bog‘lari qurilishida hamda asfaltlashda qo‘llaganlar. Neft qadimgi tarixda “Yunon olovi” deb nomlangan yonuvchi jismning asosiy qismi bo‘lib xizmat qilgan. Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarida, ya’ni Oksus (hozirgi Amudaryo) daryosi bo‘yida yashovchi xalqlar aholisi neftdan uylarini yoritishda foydalanganlar. Bu haqda qadimgi rim tarixchisi Plutarx (Aleksandr Makedonskiy yurishlari haqida yozgan tarixchi) ma’lumot berib ketadi. Neft haqida Yaqin va O‘rta Sharq, G‘arbiy Yevropa va O‘rta Osiyo allomalarining asarlarida ham keltirib o‘tilgan. Bobokalonimiz Buyuk Amir Temur armiyasida ham neftdan foydalanishgan. Qo‘shinning og‘ir artelleriya qismida ishlatiladigan, neftga bo‘ktirilgan, uzoq masofaga olovli jism otuvchi “Naftandoz” deb ataluvchi qurilma ishlatilgan. XIII asrda sayohatchi olim Marko Polo Boku neftidan qanday foydalanishganini aytib o‘tadi. Unga ko‘ra Boku nefti yoritishda va teri kasalliklariga qarshi dori sifatida foylanilgan. XVI-XII asrlarda neft Yevropaning ayrim mamlakatlariga, jumladan Rossiyaning markaziy rayonlariga Bokudan olib borilgan va undan meditsina, rassomchilikda ishlatiladigan ranglarni erituvchisi sifatida, shuningdek harbiy maqsadlarda granatalar tayyorlashda, shamolda o‘chmaydigan chiroqlar, ovoz chiqarmasdan otiladigan qurollarning o‘zagi sifatida foydalanilgan. Neftdan XVIII asrdan boshlab kerosin, XIX asrda benzin olib ishlatila boshladi .
Download 164.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling