Reja: Kirish Asosiy qism i-bob Erkin iqtisodiy hududlar


Download 377.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana19.06.2023
Hajmi377.48 Kb.
#1625593
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Erkin iqtisodiy hududlarning ijtimoiy iqtisodiy samaradorligini oshirish yo\'llari

Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy hudud, sanoat ishlab chiqarish va 
moliyaviy erkin hududlar, ma‘muriy-iqtisodiy imtiyozlar, invеstitsion siyosat
qulay invеstitsion muhit, O‘zbеkistondagi Navoiy EIIZ.
Bobning qisqacha хulosasi:  
Erkin iqtisodiy hududlar – bu muayyan imtiyoz va prеfеrеnsiyalar ostida 
alohida ajratilgan mamlakatning qonunchilik tizimidan tashqarida bo‘lgan iqtisodiy 
hududidir. Bunday hududlardan davlatlar o‘zining nisbatan qoloq hududlarini 
rivojlantirish yoki muayyan siyosatni amalga oshirishda tajriba sifatida 
foydalanishni maqsad qilganlarida qo‘llaydilar.
Erkin iqtisodiy hududlarning turli-tuman shakllari mavjud: iqtisodiy ishlab 
chiqarish zonalari, savdo zonalari, offshor hududlar, erkin turizm zonasi, tехnopark 
va h.k. erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishda AQSh, Braziliya va ХХRning 
tajribalari muhim sanaladi. Chunki ular o‘z mamlakati manfaatlaridan kеlib 
chiqqan holda turli modеllarni tanlab olganlar va bu samarali ish bеrgan.
O‘zbеkistonda ham Navoiy viloyatida EIIZ tashkil etildi va bu 
mamlakatning ushbu mintaqasini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.
 
 


Jaxon tajribasi va amaliyotida xar bir mamalakatning o‗z milliy iqtisodiyotiga 
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‗yicha o‗ziga xos tajriba va an‘analari 
mavjud. Hozirda rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyoti taraqqiy etishiga asos 
bo‗lgan usullardan biri bu mamlakatda ma‘lum bir xududni yoki butun bir kichik 
mamlkatlar o‗z iqtisodiyotini erkin iqtisodiy makonga aylantirib rivojlanish sari 
qadam qo‗yganlar. 
Erkin iqtisodiy makonlarni asosan muayyan bir davlatning ma‘lum bir 
mintaqasi yoki alohida bir hududida tashkil etish iqtisodiy jihatdan samarali 
hisoblanadi. Ammo hududi va ma‘muriy boshqaruv tizimi uncha katta bo‗lmagan 
alohida davlatlarning butun iqtisodiyoti erkin iqtisodiy makonlarga aylantirilgan 
hollar ham uchrab turadi. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etishdan asosiy 
maqsad qisqa muddatlarda mamlakatni rivojlangan jahon hamjamiyati a‘zolari 
qatoriga qo‗shish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni tezlashtirishdan iborat. 
Ushbu makonlarning tashkiliy tuzilishi va nomlanishi turlicha bo‗lsada, ularni 
tashkil etishdan asosiy maqsad imkon qadar xorijiy investitsiyalarni, zamonaviy 
texnika va texnologiyalarni jalb qilish hisobiga mavjud iqtisodiy, moliyaviy va 
ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va jahondagi rivojlangan davlatlar qatoridan 
o‗rin olish orqali aholi turmush darajasini yaxshilashdir. 
Tarixiy manbalar dalolat berishicha, erkin bojxona va tovarlarning tranzit 
makonlari bundan bir necha asr oldin paydo bo‗lgan bo‗lib, ular davlatlar 
o‗rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda keng qo‗llanilgan. 
Masalan, SHarq va Evropani bevosita savdo orqali bog‗lab kelgan Buyuk Ipak 
yo‗lini bojxona va mahsulotlarni tranzit qilish erkin makoniga misol bo‗la oladi.
Erkin iqtisodiy makonlarning qaror topishini tavsiflovchi belgilar orasida 
quyidagi omillar alohida o‗rin tutadi: 

investor uchun hududning iqtisodiy jug‗rofiy holati juda qulay bo‗lishi shart; 

kamida mintaqaviy ahamiyat kasb etuvchi magistral yo‗llarning kesishgan 
joylari bo‗lishi lozim; 
- dengiz va daryo portlariga yaqin bo‗lishlari kerak; 
aeroportlar xalqaro maqom olgan bo‗lishlari lozim. 


Erkin iqtisodiy makonlarda ma‘muriy boshqaruv tizimi alohida bir maxsus 
maqomga ega bo‗lib, investorlar xom ashyo va materiallarni import qilish hamda 
tayyor mahsulotlarni eksport qilish jarayonida bojxona to‗lovlaridan to‗liq ozod 
qilinadi yoki makonning ma‘muriy boshqaruv organlarini moliyalashtirishga etarli 
darajadagi imtiyozli soliq to‗lovlari o‗rnatiladi. Investorlarning mulkka egalik 
qilish huquqi kengayadi va ularga keng ko‗lamli soliq ta‘tillari taqdim etilishi bilan 
birga, bojxona nazorati minimal darajaga tushiriladi. 
Dunyo tajribasida har bir hududning o‗ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan 
holda, bir nechga ko‗rinishdagi erkin iqtisodiy makonlar mavjud bo‗lib, ularning 
tarkibi quyidagilardan iborat: 
Erkin savdo makonlari. Ushbu makonning o‗ziga xos belgilari shundan 
iboratki, ular kamida mintaqa ahamiyatiga ega bo‗lgan magistral yo‗llar kesishgan 
joylarda, shu jumladan, dengiz va daryo bandargohi yonidagi portlar hududida 
tashkil etiladi. Ularda bojxona to‗lovlari va tranzit yig‗imlari minimal darajada 
bo‗lishi shart. 

Download 377.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling