Reja: kirish asosiy qism: I bob lingvistik tadqiqotlarda argotizm atamasi mohiyati o’zbek tilidagi keng iste’mol so’zlar. Dialektal leksika. II bob jargon va argonlar xususiyatlari terminalogik leksika


Download 45.52 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi45.52 Kb.
#1511970
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
lingvistik tadqiqotlarda argotizm va jargonlar


Reja:
KIRISH……………………………………………………...3
ASOSIY QISM:
I BOB LINGVISTIK TADQIQOTLARDA ARGOTIZM ATAMASI MOHIYATI
1.1 O’ZBEK TILIDAGI KENG ISTE’MOL SO’ZLAR. …..5
1.2 DIALEKTAL LEKSIKA. ……………………………….9
II BOB JARGON VA ARGONLAR XUSUSIYATLARI
2.1 TERMINALOGIK LEKSIKA. ………………………….15
2.2 JARGON VA ARGOLAR. ……………………………….21
XULOSA. ………………………………………………………26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. …………………………28

KIRISH
Leksemlar ishlatilish doirasi jihatdan avvalo 2 guruhga bo’linadi: ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlam va ishlatilish doirasi chegaralangan qatlam. Bunday guruhlarga ajralish asosan ot, sifat, ravish va fe’l turkumlaridagi leksemalarga xosdir. Son va olmosh turkumlarida, shuningdek, bog’lovchi, yuklama, va undovlarda ishlatilish doirasi chegaralangan so’zlar yo’q.
Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksemlar o’zbek tilida so’zlashuvchilarning barchasi uchun umumiy bo’lgan, hammaga tushunarli va hammaning nutqida bir xil darajada qo’llanadigan so’zlardir: qo’l, qosh, ko’z, daraxt, meva (otlar); oq, qora, katta, kichik, yaxshi, yomon (sifatlar): tez, oz, ko’p, atayin, jo’rttaga (sifat - ravishlar); yurmoq, o’qimoq, yozmoq (fe’llar) va boshqalar. Bunday leksemalar umumxalq lug’aviy birliklari deb ham yuritiladi.
Hozirgi o'zbek adabiy tili o'zbek milliy tilining oliy formasi - ishlov berilgan, me’yorlashtirilgan, millat vakillarining barchasi uchun umumiy bo'lgan barqaror shaklidir. Demak, u milliy tilga zid qo'yilmaydi, undan boshqa tizim ham ernas, balki shu milliy tilning yuqoriroq bosqichi, taitibga solingan bosh ko'rinishi, xolos.1
Dialekt — umumxalq tilining ma’lum etnik guruhga mansub ko'rinishi.
Sheva — mahalliy dialektning fonetik, leksik, grammatik umumiylikka ega boigan, bir yoki bir necha qishloqni o‘z ichiga oluvchi kichik bir qismi, guruhi [125, -130]. Dialekt va shevalar adabiy tilning shakllanishida ishtirok etadi, ammo adabiy tildan quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
Adabiy til millatning barcha vakillari uchun umumiydir, dialekt va shevalar esa millat tarkibidagi etnik guruhlarning har biri uchun alohida- alohida bo‘ladi, bir-biridan fonetik, leksik, grammatik jihatdan farqlanadi;
Adabiy tilning yozma shakli mavjud: u ma’lum me’yorlarga bo'ysun- dirilgan yozuv sistemasiga asoslanadi. Dialekt va shevalar uchun alohida adabiy-orfografik yozuv yo‘q; d) adabiy tilning qo‘llanishi hududiy (territorial) jihatdan chegaralanmaydi, dialekt va shevalarning qo’llanishi esa bu jihatdan chegaralangandir; e) adabiy tilda davlat ishlari - xalq ta’limi, matbuot, radio-televideniya, ilm-fan, ma’muriy-idoraviy hujjatlashtirish ishlari olib boriladi; qonun, farmon va qarorlar shu tilda e’lon qilinadi. Dialekt va shevalar bu funksiyada qo‘llanmaydi.
II. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksemalar dialektga, kasb – hunar leksemasiga va jargon – argolarga xos so’zlardir. Jonli so’zlashuvda ishlatiladigan vulgarizmlar ham qo’llanilishi chegaralangan lug’aviy birliklar sanaladi.
“Qo’llanilishi chegaralanmagan leksemalarning aksariyati umumturkiy va o’zbekcha so’zlardir. Ammo, shu bilan birgalikda, ular orasida o’zlashmalari ham ko’p. Masalan:
Tojikcha: go’sht, non, dard, bobo, dugona.
Arabcha: avlod, bilan, inson, sinf, millat.
Yevropa tillaridan o’zlashgan leksemalar o’z qatlamga oid ham, o’zlashgan ham bo’lishi mumkin”[1].
O’zbek tilidagi keng iste’mol so’zlar. Bunday so’zlar kundalik turmushda keng qo’llanilishi, ko’pchilik uchun tushunarli ekanligi va stilistik jihatdan neytralligi bilan xarakterlanadi.
O’zbek tilining keng iste’mol so’zlari yetarli o’rganilgan emas. “Ayrim tadqiqotlarda bu guruh so’zlar “qo’llanish doirasi chegaralanmagan leksika” nomi bilan talqin qilindi”[2].


Download 45.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling