Reja: kirish asosiy qism: I bob lingvistik tadqiqotlarda argotizm atamasi mohiyati o’zbek tilidagi keng iste’mol so’zlar. Dialektal leksika. II bob jargon va argonlar xususiyatlari terminalogik leksika


Download 45.52 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi45.52 Kb.
#1511970
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
lingvistik tadqiqotlarda argotizm va jargonlar

2.2 JARGON VA ARGOLAR.
“O’zbek tili ilmiy terminologiyasida uch tip terminlarni ajratish mumkin: 1) tarixiy – traditsion terminlar. Bu terminlar o’zbek tilida qadimdan termin funksiyasida qo’llanib kelmoqda. Bunday so’zlar zamonaviy o’zbek terminologiyasining negizini tashkil etadi: tarix, imlo, alifbo…
2) yangi o’zlashgan terminlar: akustika, jurnal, jurnalist, radio, televizor, telefon, telegraf, gaz kabi;
3) o’zbek tilining o’zida yaratilgan yangi zamonaviy terminlar: a) o’z material asosida yasalgan terminlar: uchburchak, kesim, saylov, aylanma, saylanma, so’z boshi va boshqalar. b) o’zlashgan so’zlar asosida yasalgan terminlar: elektrlashtirish, mashinalashtirish, kolxozchi va boshqalar”[9].
Terminlar muayyan bir sohaga oid tushunchalarni aniq ifoda etuvchi so’zlar bo’lsa-da, lekin bu so’zlarning qo’llanilishi shu soha kishilari doirasi bilan chegaralangan bo’lishi shart emas. Bunda ikki holatni ko’rish mumkin: 1) Terminlarning ma’nosi sohaga aloqasi bo’lmagan kishilar uchun ham tushunarli bo’ladi va ular tomonidan ham qo’llanilaveradi. Masalan: botanikaga oid bug’doy, paxta, o’rik, g’o’za uzum, nok; sana’atshunoslikka oid sahna, afisha, aktyor;
2) Terminlarning ma’lum qismi shu termin oid bo’lgan soha kishilari uchun tushunarli bo’ladi va shular nutqida qo’llanadi: tilshunoslikka oid morfema, fonema, urg’u, o’zak; ximiyaga oid oksidlar, indikator kabi.
Terminlar kasb-hunarga, ilm-fanga doir tushunchalarni ifodalashiga ko’ra asosan, ikki katta turga: ilmiy terminlar va professional terminlarga ajraladi.
Professional terminlar: ovchilik, chorvachilik, kulolchilik, duradgorlik, binokorlik, poyabzaldo’zlik, naqqoshlik, kashtachilik va shu kabi sohalarga oid tushunchalar, o’zlariga xos so’zlar (terminlar) bilan ifodalanadi. Ma’lum kasb – hunarga va mutaxassislikga oid monosemantik so’zlar professional terminlar sanaladi.
Ilmiy terminlar fan, san’at va adabiyot va boshqa sohalarga oid terminlar. Har bir fan o’ziga xos terminlarga ega. Ilmiy terminlarning ba’zi turlaridan misollar keltiramiz:
Tilshunoslik terminlari: fonema, fonetika, urg’u, bo’g’in, reduksiya, leksika, semantika, frazeologiya, grammatika, morfologiya, sintaksis, ega, kesim, aniqlovchi, xol.
Adabiyotshunoslik terminlari: sifatdosh, o’xshatish, mubolag’a, jonlantirish, roman, hikoya, aruz, g’azal.
Tarixshunoslik terminlari: jamiyat, feodalizm, kommunizm, urug’, qabila, elat, millat, davlat.
Matematika terminlar: kub, kvadrat, minus, yechim, miqdor.
Shu kabi boshqa bir qancha sohalarga oid terminlar mavjud.
Jargonlar va argonlar – biror argo yoki jargonga xos leksemalar. Agro va jargonlar biror ijtimoiy guruh yoki toifalarning, masalan, sportchilar, o’g’rilar, olibsotarlar, poraxo’rlar va boshqalarning “yasama tili”dir. Shuning uchun argo va jargonlar ijtimoiy dialektlar deb ham yuritiladi.
Argotizmlar yashirin ma’no ifodalaydi. Masalan, otarchilar orasida – yakan (“pul”), ichuvchilar orasida – novcha (“araq”), qizil (“vino”) kabi.
Jargonizmlarda yashirin ma’no bilan birga tinglovchini yoki o’zga bir shaxsni kamsitish yoxud uning xislatlarini bo’rtirib baholash ottenkalari ham mavjud bo’ladi. Masalan, talabalar jargonida: dum – “topshirilmagan imtihon”, “qarz”; jonli so’zlashuvda: yo’rg’a – “yengil tabiatli”, “buzoq” va boshqalar.
Jargon va argonlarga bir qancha tariflar berilgan:
“Biror kasb-kor egalari nutqida yoki ijtimoiy tabaqa vakillari nutqida ishlatilib, umumtildagidan o’zgacha leksik ma’no anglatuvchi lug’aviy birlik jargonizm deyiladi (fr. jargon – “lahja” ). Jargon asli bir qancha leksemalarning yig’indisidan iborat bo’lib, bular shu tildagi leksemalarning o’zi bo’ladi yoki boshqa tildan olib ishlatiladi. Jargonda bunday leksema umumtildagi leksik ma’nosida emas, o’zgacha ma’noda ishlatiladi. Masalan, ishlar besh. Akang gapni qiyadi kabi jumladagi besh -, qiy – leksemalari shu ishlatilishida jargonizm bo’ladi.
Argolizm ham asli jargonizmning bir ko’rinishi bo’lib, tarbiyasi buzuq, qo’li egri shaxslar orasidagi shu guruhning o’zigagina tushunarli ma’noda ishlatiladigan leksemalar yig’indisidan iborat (fr. argot – “lahja”). Masalan, loy – (pul ma’nosida), xit – (xavf ma’nosida)”[10].
“Qiziqishlari, mashg’ulotlari, yoshlari bir xil bo’lgan juda tor doiradagi kichik – kichik ijtimoiy guruh va to’dalar, o’zlariga xos didlar va talablari yoki ichki zaruriyat hamda ehtiyojlaridan farqli bo’lgan alohida so’z va iboralarni ishlatadilar. Bunday so’z va iboralar jargonlar deyiladi”[11].
“Mahalliy territorial dealektlarning so’zlari (sheva so’zlari) dialektizmlar sanalsa, “sinfiy dialektning so’zlari” jargonlar deyiladi.
Argolar qiziqishlari, mashg’ulotlari, yoshlari bir xil bo’lgan juda tor doira (guruh)ga mansub kishilar qo’llaydigan, ma’nosi shunday kishilarga tushunarli bo’lgan so’zlardir”[12].
Ishlatilish doirasi chegaralangan qatlam sifatida yana bir hodisa ya’ni vulgarizm hodisasi ham tilga olinadi.
“Vulganizm deb qo’pol, uyatli, haqorat leksema va frazemalarga aytiladi (lotincha vulgaris – “qo’pol”, “sodda”). Vulgarizmning yuqoridagi hodisalardan farqi shundaki, bu leksemalar tildagi o’z ma’nosida ishlatiladi”[13].
Bu hodisa to’g’risida bir qancha maqolalar ham chiqarilgan. Misol sifatida ulardan birini keltiramiz:
“Vulgar so’zlar qo’pol so’zlar bo’lib, ular odatda qamoqqa o’tirganlar, giyohvandlar, daydilar – ijtimoiy qiyofasini yo’qotgan qatlam tili hisoblanadi.
Jargonlar muayyan manfaatga ega ijtimoiy guruhlar tomonidan qo’llanadigan, barcha ham tushunavermaydigan maxfiy ma’no so’zlardir”[14], - degan fikrlar keltirilgan.
Jargon va argolar — ma’lum ijtimoiy guruhlarga, masalan, o‘g‘rilarga, sportchilarga yoki talabalarga xizmat qiladigan yasama til. Bunday «til» elementlari (jargonizm va argotizmlar) adabiy tilda ishlatilmaydi.
Funksional stillar — tilning vazifaviy uslublari. Bunday uslublar inson faoliyatining u yoki bu sohasiga xoslangan nutqni qoliplaydi. Chunonchi:
rasmiy ish uslubi. Bu uslub ma’muriy-idoraviy hujjatlar tilini qoliplaydi;
ilmiy uslub — ilmiy asarlar tilini va ilmiy nutqni qoliplaydi; 3) publitsistik uslub — ommabop asarlar, ma’ruzalar tilini qoliplaydi; 4) so ‘zlashuv uslubi. Bu uslubning ikki xil ko!rinishi mavjud: a) adabiy so ‘zlashuv uslubi; b) oddiy Qonli) so‘zlashuv uslubi; 5) badiiy uslub. Bu uslub badiiy asar tilini va badiiy nutqni qoliplaydi.8
Adabiy til bilan funksional uslublar o‘rtasidagi munosabatlar quyidagicha: rasmiy ish uslubi, ilmiy uslub, publitsistik uslub adabiy til me’yorlariga tayanadi, demak, adabiy tilga zid qo'yilmaydi; so'zlashuv uslubining «a» ko‘rinishi ham shunday: unda dialektizm, jargonizm va vulgarizmlar qatnashmaydi; so‘zlashuv uslubining «b» ko'rinishi esa nutqning maxsus tayyorgarliksiz bo’lishi, erkin muomalaga asoslanishi bilan xarak- terlanadi. («Leksemalarning nutq ko‘rinishlariga xoslanishi» mavzusiga qarang.)
Adabiy tilga munosabat jihatdan badiiy uslub alohida baholanadi: u, odatda, badiiy asar tilini belgilaydi, badiiy asar tilida esa adabiv til me’yorlaridan chetga chiqish hollari ko‘p uchraydi: obraz va personajlai nutqini tipiklashtirish zarurati shuni taqozo qiladi. Quyidagi misollarga e’tiborberaylik:
Asadbek molodes! Visshiy klass! — dedi u. — Aniq topibdi. Endi a bilan hazitlashib bo‘Imaydi. (T.M.)
U qizig'ar mashinasini Qoraqamishga qarab uchirdi ... (T.M.)
Akamullo, akamullo, sizni yo ‘qloshopti, idoraga yo ‘qloshopti.
Nima gap ?
Hojar ayani bachasi sahroda borkan ekan ... Bo‘ronda qolgan ekan ... Qaytib kelmopti ... So`g`in Xojanazar akoning duxtori bo ‘ronga qolip o`lipti ...
Hoshim yugurganicha chiqib ketdi. Mahmuda bilan Mohidil bir-biriga hayron qarab qolishdi! (J.A.)
Birinchi misoldagi nutqiy parchada grammatik-sintaktik varvarizm («Asadbek molodes!», «Visshiy klass»), ikkinchi gapda vulgarizm («qiz.ig`ar»), uchinchi misoldagi dialogda esa o‘zbek-tojik ikki tilliligi ta’sirida boMgan o'zbek shevalarining so'zlari («akamullo» «bacha», «duxtor», so‘g‘in» kabi leksik dialektizmlar), shu shevaga xos grammatik formalar («yo ‘qloshopti», «kelmopti» kabi grammatik dialektizmlar), aka so‘zining ako shaklidagi dialektal ko‘rinishi (leksik-fonetik dialektizm) qo‘llangan. Bunday qo'llanishlar adabiy til uchun me’yor ernas albatta, ammo tilar badiiy uslub talabiga ko‘ra ishlatilgan, natijada badiiy asarning g'oyaviy-estetik jihatlarini ta’sirli, ishonarli qilib ifodalashga erishilgan.9
XULOSA
Hozirgi o'zbek adabiy tili o'zbek milliy tilining oliy formasi - ishlov berilgan, me’yorlashtirilgan, millat vakillarining barchasi uchun umumiy bo'lgan barqaror shaklidir. Demak, u milliy tilga zid qo'yilmaydi, undan boshqa tizim ham ernas, balki shu milliy tilning yuqoriroq bosqichi, taitibga solingan bosh ko'rinishi, xolos
Dialekt — umumxalq tilining ma’lum etnik guruhga mansub ko'rinishi.
Sheva — mahalliy dialektning fonetik, leksik, grammatik umumiylikka ega boigan, bir yoki bir necha qishloqni o‘z ichiga oluvchi kichik bir qismi, guruhi [125, -130]. Dialekt va shevalar adabiy tilning shakllanishida ishtirok etadi, ammo adabiy tildan quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
Adabiy til millatning barcha vakillari uchun umumiydir, dialekt va shevalar esa millat tarkibidagi etnik guruhlarning har biri uchun alohida- alohida bo‘ladi, bir-biridan fonetik, leksik, grammatik jihatdan farqlanadi;
Adabiy tilning yozma shakli mavjud: u ma’lum me’yorlarga bo'ysun- dirilgan yozuv sistemasiga asoslanadi. Dialekt va shevalar uchun alohida adabiy-orfografik yozuv yo‘q; d) adabiy tilning qo‘llanishi hududiy (territorial) jihatdan chegaralanmaydi, dialekt va shevalarning qo’llanishi esa bu jihatdan chegaralangandir; e) adabiy tilda davlat ishlari - xalq ta’limi, matbuot, radio-televideniya, ilm-fan, ma’muriy-idoraviy hujjatlashtirish ishlari olib boriladi; qonun, farmon va qarorlar shu tilda e’lon qilinadi. Dialekt va shevalar bu funksiyada qo‘llanmaydi.
Xulosa sifatida fikr bildirganimizda, umuman, bu qo’llanilish doirasi chegaralangan leksemalar o’z ichiga: dialektlar, kasb-hunar leksikasiga, jargon – argolarga, vulgarizmlarga, terminlarga oid so’zlarni qamrab oladi.
Bu yuqorida keltirganlarimizning har biri tor doirada qo’llanilganligini uchun qo’llanilishi chegaralangan leksika deb ataladi. Tarixiylik nuqtai nazardan u uchta asosiy qatlamga bo’lib o’rganiladi: Neytral leksika, eskirgan leksika, yangi leksika kabilar.
Qo’llanish doirasi chegaralangan leksika mavzusini manbalarga tayangan yoritishga harakat qildik. Shu bilan birga bu mavzu to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’ldim.10


Download 45.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling