Reja: kirish asosiy qism: I bob lingvistik tadqiqotlarda argotizm atamasi mohiyati o’zbek tilidagi keng iste’mol so’zlar. Dialektal leksika. II bob jargon va argonlar xususiyatlari terminalogik leksika
I BOB LINGVISTIK TADQIQOTLARDA ARGOTIZM ATAMASI MOHIYATI
Download 45.52 Kb.
|
lingvistik tadqiqotlarda argotizm va jargonlar
I BOB LINGVISTIK TADQIQOTLARDA ARGOTIZM ATAMASI MOHIYATI
1.2 O’ZBEK TILIDAGI KENG ISTE’MOL SO’ZLAR. Keng iste’mol so’zlarga E. Begmatovning “Hozirgi o’zbek adabiy tilining leksik qatlamlari” kitobida yigirma olti xil guruhchalarga bo’lib, har biriga misollar bilan izohlangan. Ulardan ba’zilarini keltiramiz: tabiiy borliqqa oid narsa va hodisalarning nomlari: quyosh, oy, suv, havo, osmon, yulduz, daryo, tog’ kabi; tabiatning turli stixiyalarini anglatuvchi tushunchalarning nomlari: shamol, bo’ron, toshqin, chaqmoq, yashin, sel, tuman, zilzila kabi; harakat va holatni, shuningdek insonning mehnat faoliyatini ifodalovchi so’zlar: yurmoq, turmoq, urmoq, yugurmoq, chopmoq kabi; insonning psixik holati bilan bog’liq so’zlar: sevinch, sevinmoq, quvonch, achinmoq, yig’lamoq kabi; odam va hayvonlarning nomlari: kishi, ayol, bola, qiz; ot, qush, it, kabi; odam va hayvon a’zolari va muchallarining nomlari: bosh, oyoq, qo’l, barmoq, jigar, o’pka, yurak kabi; qarindosh – urug’likka oid so’zlar: ota, ona, o’g’il, qiz, opa, singil, bola, amaki, bobo, amma, tog’a va boshqalar; kishilar o’rtasidagi munosabatni, uzoq – yaqinlikni ifodalovchi so’zlar: qadrdon, mehribon, g’amxo’r, jonkuyar, do’st va boshqalar. Odam va hayvonlarning xarakteri, xulqini ifodalovchi so’zlar: chaqqon, epchil.2 Hozirgi zamon o'zbek tili leksikasining lug'aviy tarkibiga nazar tashlasak, birinchidan, shu tilda so'zlashuvchlarning barchasi uchun tushunarli bo'lgan umummillat xususiyatiga ega bo'lgan so'zlarni, ikkinchidan, millatning ma'lum bir ijtimoiy taraqqiyoti natijasida guruhlanishi bilan bog'liq ayrim so'zlarni ko'ramiz. Shunga ko'ra ularni ikki turga bo'lish mumkin. Umumxalq leksikasi. O'zbek tilida so’zlashuvchilarning hammasi uchun tushunarli va keng iste’mol qilinadigan so’zlar umumxalq o'zbek till Ieksikasi deyiladi. Masalan , ota, ona, uka, osh, non, suv, tog’, tosh, kun, yil, dehqon, qo'l, bet, men, sen, ko'p, oz, keladi, ketdi, ming kabi umumxalq o'zbek tilining ish ko'rish, iste'mol doirasi juda keng va o'z ichida adabiy tildan tashqari uning barcha mahalliy ko'rinishlarini ham o'z ichiga oladi. Masalan: yuzlab shevalarni o'zida birlashtirgan qorlig'. qipchoq. o'g'iz lahjalari umumxalq o'zbek tilining tarkibiy qismlari sanaladi. Dialektal leksika Yagona millix tilda ishlatilmaydigan, ayrim hududdagina qo’llanadigan so'z sheva so’zlari deyiladi va ularning yig'indisi dialektal leksika deb ataladi Masalan. charcha, tarak(Surxondaryo) \n\ish (Andijon), chagana(Surxondaryo), chapo'sh (Surxondaryo), kallapo'sh (Surxondaryo), checha (Qashqadarvo), olvoli (Samarqand), taka (Xorazm), chagana (Surxondaryo) kabi. Dialektal so'zlar adabiy til bilan fonetik leksik, grammatik jihatdan o'xshash va noo'xsliash xususiyatlarga ega. Adabiy til va shevalarda shaklan bir xil bo'lib ma'noda farq qiladigan so'zlar semantik dialektizm deyiladi. Masalan: shalpar (mato) (g'ayridin ), naynov (novcha) va boshqalar. Adabiy tilda uchramaydigan, faqat shevaga xos so'zlar leksik dialektizmlar deb ataladi. Masalan. chunul (chuqur), digil(qo'y), nayi (masxara) hashuva (mazax), jupkarchi (g'iybatchi), ulapa (haq, ulush), dadar (sayoq) . Shevada fonetik jihatdan kuchli fonetik o'zgarishga uchrab, o'z shaklini o'zgartirgan so'zlar. Sunday so'zlar fonetikdialektizmlar deb ataladi. Masalan, appar (olib boh), gay-gayi (gohi- gohi) ganayi(gunohi), navincha (nima buncha) kabi; Sheva so'zlari badiiy asarlarga, uslubiy vosita sifatida qahramonlar nutqini hamda mahalliy koloritini ifoda etish maqsadida yozuvchilar tomonidan ishlatiladi. Kasb-hunar leksikasi. Biror kasb-hunarga oid tushunchalarni ifodalovchi so'zlar kasb-hunar (professional) leksikasi deyiladi. Kasb-hunarga oid atamalar, so'zlar o'zbek xalqining ijtimoiy taraqqiyot davri turmush tarzi va boshqa holatlar bilan bog'liqdir. Ma'lumki o'zbek xalqi juda qadim zamonlardan dehqonchilik, chorvachilik, bog'dorchilik, kulolchilik, binokorlik, ipakchilik, temirchilik, zargarlik, miskorlik, etikdo'zlik va boshqa kasb hunarlar bilan shug'ullanib kelgan va bu holatlar ularning tilida aks etgan. Masalan, kapsan, tola, yagona, galagab (dehqonchilikka oid), tola, ko'gan, sirg'a, hgana, joyuv (chorvachilikka oid), pangor, sumba, dog'chil, aspak (tunukasozlik, kulolchilikka oid) nalava, to'qima, dub. qilich, adargi, kuding (to'quvchilikka oid) kabilar. Kasb-hunarga taalluqli so'zlarda sheva xususiyatlari bilinib turadi. Ammo hozirgi XXI asrga qadam qo'ygan bir davrda insoniyatning turmush tarzi butunlay o'zgardi va davr kompyuter asridir. Shuning uchun hozirgi o'zbek tilida yangi zamonaviy industriya, texnika,fan bilan bog'liq so'zlar ko'payib bormoqda. Atamalar (terminologik) leksikasi. Har bir tilda o'zining ishlatish doirasiga ko'ra cheklangan, asosan, birgina ma'noli so'zlar ham bo'ladi. Fikrni, maqsadni ajratib, aniqlab berishda ma'nosi aniqlangan, muayyan bir tushunchani bildiradigan fan, texnika, san'atning biror sohasiga oid fikrni ifodalovchi lug'aviy birliklar atama (termin) deyiladi. Ularning yig'indisi atamalar (terminalogik) leksika deb ataladi.Bu haqdagi ta'limot terminologiya deb yuritiladi. Atamalarning xususiyati shundaki, ular ko'p ma'noli bo'lmaydi, ko'chma ma'nolarda ishlatilmaydi. Atama (termin) lar asosan, ilm-fan, texnika, adabiyot san'at sohasidagi aniq bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, kosmanavtika, kibernetika. kompyuter, metro, teplovoz, elektro voz (texnikaga oid), matematika, fizika, lingvistika, adabiyotshunoslik, fonetika, morfemika (ilm-fanga oid),teatr, musiqa, dutor, g'ijjak, nay (san'atga oid), menejment, biznes, investitsiya, kredit (moliya, savdoga oid). Atamalarda dialekt va shevalarga xos fonetik,leksik-grammatik belgi bo'lmaydi va ular umummilliy tilga xos bo'ladi. shuning uchun bir xilda ishlatiladi, yoziladi. Kundalik ijtimoiy hayotda, ayniqsa, XXI asrga qadam qo'ygan hozirgi sharoitda fan, texnika, adabiyot, san'at va ishlab chiqarish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda, mustaqil O'zbekistonning xalqaro diplomatiya aloqalari taraqqiy etmoqda, bu esa tilimizda o'z ifodasini topadi. Download 45.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling