Reja: kirish asosiy qism: I bob lingvistik tadqiqotlarda argotizm atamasi mohiyati o’zbek tilidagi keng iste’mol so’zlar. Dialektal leksika. II bob jargon va argonlar xususiyatlari terminalogik leksika
Ayrim ijtimoiy guruhlar leksikasi
Download 45.52 Kb.
|
lingvistik tadqiqotlarda argotizm va jargonlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. DIALEKTAL LEKSIKA.
Ayrim ijtimoiy guruhlar leksikasi. Jamiyat a'zolari orasidagi qiziqishlari, mashg'ulotlari bir xil bo'lgan tor doiradagi to'dalar nutqiga xos bo'lgan va umumxalq uchun tushunarli bo'lmagan so'zlar ayrim ijtimoiy guruhlar leksikasi deyiladi. Bular: l)jargonlar; 2) argonlar.
Jargon-fran - "buzilgan til" degan tushunchadir. Ayrim guruh va to'dalar (tekinxo'rlar, bezorilar, firibgarlar, tovlamachilar, otarchilar, ichuvchi, giyohvandlar) nutqida qo'llanadigan va xalq tushunmaydigan so'zlar jargonlar deyiladi. Masalan, danap-o'yinchi ayol,noyvor-jim bo'l, xashpakchi (doirachi), kagon (o'yinsiz), dori (aroq), oqbo'ta (aroq),oqsoqol (aroq),qizili (konyak), qizil(oltin), ko'ki(dollar), nichtiyak(hech narsa emas) kabi. Argo - o'g'ri, qimorbozlar nutqiga xos bo'lib, omma uchun tushunarli bo'lmaydigan so'zlardir. Masalan, bedana (to'poncha), molatbu (bor), xitola (o'g'izla), dego (bedana) loy yakan(pul), okrasni(harakat qil) kabilar. Bunday so'zlardan badiiy adabiyotda qisman foydalaniladi. 1.2. DIALEKTAL LEKSIKA. Dialektal leksika ishlatilish hududga ko`ra chegaralangan so`zlar bo`lib, ular adabiy tilga kirmaydi. Ma`lum bir hududdagi kishilar nutqida qo`llanib, ulargagina tushunarli bo`lgan so`zlar sheva so`zlari deyiladi. Sheva so`zlari yig`indisi dialektizm deb yuritiladi. Dialektizm – grekcha so`z bo`lib, dialektos – «tilning mahalliy ko`rinishi» demakdir. Shuning uchun dialektizm umumtilning mahalliy ko`rinishi bo`lgan dialektlarga xosdir. Misollar: qorinja (chumoli), g`o`z (yong`oq), karvich (g`isht) – Xorazm; norbon (narvon), bodrak (varrak), poku (ustara) – Buxoro; mishiq (mushuk) - Farg`ona; inak (sigir), mo`rcha (chumoli), pishak (mushuk) - Samarqand shevasida. Shevadagi ba`zi so`zlar adabiy tilda ham bo`lishi mumkin. Lekin ular boshqa-boshqa ma`nolarni bildiradi. Masalan: kosa so`zi Xorazm shevasida «piyola» ma`nosini, adabiy tilda «suyuq ovqat soladigan idish», lagan so`zi Xorazm shevasida kir yuvadigan tog`ora, adabiy tilda «quyuq ovqatlarni soladigan idish» ma`nosini bildiradi. Yozuvchilar badiiy asarda mahalliy koloritni berish, qahramonning nutqini individuallashtirish, uning qayerlik ekanini, tilidagi xususiyatlarni ko`rsatish maqsadida sheva so`zlardan foydalanadilar. Dialektal leksika ma’lum hududda yashaydigan hamma kishilar qo’llaydigan, o’sha hudud aholisi nutqiga xos bo’lgan so’zlardir. Bundan tashqari dialektal leksika faqat og’zaki nutqqa xosdir. Bu jihatdan u oddiy so’zlashuv leksikasiga o’xshab ketadi. Lekin oddiy so’zlashuv leksikasining qo’llanilishi doirasi territoriya jihatdan chegaralangan bo’lmaydi. Dealektal so’zlar adabiy til leksikasi hisoblanmaydi. “Dialektizm – umumtilga emas, balki shu umumtilning mahalliy ko’rinishlari bo’lgan dialektlarga xos hodisa; Shunga ko’ra bular odatda biror dialektning vakillari nutqida ishlatilib, ko’pincha boshqa dialektlarning vakillariga, shuningdek, adabiy tilga ham xos bo’laydi. Dialektizm asosan uch turli: Lug’aviy dialektizm – lug’aviy birliklardagi turi. Grammatik dialektizm – grammatik hodisalardagi turi (masalan, ba’zi dialektlarda o’rin ma’nosi uchun – ga, aksincha, jo’nalish ma’nosi uchun –da ishlatilishi kabi). Fonetik dialektizm – tovush talaffuzi va tovush o’zgarishiga bog’liq turi (masalan, ovoz tovushlarining ba’zi dialektlarda cho’ziqroq va yumshoqroq talaffuz qilinishi, ayrim dialektlarda bir tovush o’rniga boshqa tovushning kelishi va boshqalar)”[3]. Dialektal leksika adabiy butunlay o’zlashib ketsa, unday leksika dialektal leksika doirasidan chiqib, chegaralanmagan leksik qatlamga kiradi. Masalan, darg’a (o’g’. qip) – kema boshlig’i, kapitan, archimoq (Farg’ona), shamoyil, ziyod, yelvagay, aymoqi kabi so’zlar keyingi yillarda o’zbek tilining turli dialektlardan adabiy tilga o’zlashgan so’zlardir. “Hozirgi o’zbek tilining ham qishloq, tuman va viloyatlaridagi shevalari farqlanadi. Masalan, sut beradigan qoramolni turli shevalarda sigir – siyir – sig’ir – mol – inak; tomga oyoq qo’yib chiqadigan asbobni narvon – shoti – zangi (zanggi) deb ataydilar. Shuningdek, kepchik – zog’ama – yelpishtovoq; keli – o’g’ir – so’ki; qalampir – garmdori – buruch; nonpar – nompar – chekich – chakich – tikach – bejak kabi turli shakllarda ishlatiladigan predmet nomlari bo’yicha juda ko’p misollar keltirish mumkin. Bu hol O’zbek tilining nihoyatda boy so’zlar xazinasiga ega ekanligining yaqqol dalilidir”[4]. Dialektologia (dialekt va ... logiya) — tilshunoslik sohasi. Tilning mavjud lahjalari, shevalarini oʻrganadi. Unda lahja va shevalarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlari tavsif qilinadi. Milliy tilning paydo boʻlishi va rivojida shevalarning tutgan oʻrni, milliy tilga asos boʻlgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan ularning munosabatlari belgilanadi. Shevalarning tarqalish chegaralari — lingvistik geografiya tomonidan oʻrganiladi. Bu jihatdan Dialektologia ikkiga: 1) tasviriy (yoki dialektografia); 2) tarixiyga ajraladi. Birinchisida mahalliy lahja va shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi, leksik tarkibi haqida mufassal maʼlu-mot beriladi. Ikkinchisida tilning dialektal xususiyatlarini qayd etish bilan birga, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va shakllanish tarixi oʻrganiladi. Dialektologia tadqiqotlari tilning grammatik, leksik, orfografik va orfoetik meʼyorlarini belgilashda mu-him ahamiyatga ega. Dialektologia tilshunoslik, etnografiya, folklor va b. bilan jips aloqada rivojlanadi. Fattoh Abdullayev, Gʻozi Olim Yunusov, A. K.. Borovkov, Shonozar Shoabdurahmonov va b. oʻzbek dialektologiasi rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan. Umumiy ma'lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilida yer sathi ko‘rinishlarini ifodalovchi atov birliklari tizimi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V2019.3.PhD/Fil930. Ilmiy rahbar: Mengliyev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.30.05.2018. Fil.70.01. Rasmiy opponentlar: Pardayev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori; Xolmanova Zulxumor Turdiyevna, filologiya fanlari doktori, professor. Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili leksik sathining alohida lug‘aviy-ma'noviy guruhini tashkil etuvchi yer sathi ko‘rinishini ifodalovchi atov birliklari tizimining leksik tizimdagi o‘rni masalasiga oydinlik kiritish, sistemaning tarkibi va tarkibiy qismlararo munosabatlarini, ichki guruhlariga mansub leksemalarning ma'noviy va vazifaviy imkoniyatlari hamda xususiyatlarini aniqlash, leksikografik izohlarini mukammallashtirish, korpus (tezaurus)da yer sathi ko‘rinishini ifodalovchi atov birliklarini aks ettirish namunalarini tavsiya etishdan iborat. III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: o‘zbek tilidagi yer sathi ko‘rinishini ifodalovchi atov birliklarining leksik tizimda alohida lug‘aviy-ma'noviy guruh sifatidagi o‘rni asoslangan; toponimik, geografik va dialektal leksika bilan sistemaviy munosabati, orasida asos-hosilaviylik farqi mavjudligi ko‘rsatib berilgan; yer sathi ko‘rinishini ifodalovchi atov birliklari tizimida balandlik, tekislik, pastlik – markaz leksemalar mavqeida kelishi ochib berilgan; yangi turdagi, zamonaviy lug‘atlar, til korpuslari uchun ahamiyatli bo‘lgan leksikografik talqini uchun tavsiflashning tur-jins tizimi aniqlangan. IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida yer sathi ko‘rinishlarini ifodalovchi atov birliklari tizimi, strukturasi va ma'noviy munosabatlarini ochib berish asosida: yer sathi ko‘rinishlarini ifodalovchi atov birliklari toponimik, geografik va dialektal leksika bilan sistemaviy munosabati, orasida asos-hosilaviylik farqlanishiga oid taklifdan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2019 yil 12 avgustdagi 89-03-2992-son ma'lumotnomasi). Natijada YeSKIAB tizimining nutqda voqelanishiga doir ilmiy dalillar, ularning tizimi, strukturasi va ma'noviy munosabatlarini ifodalovchi atamalarni qayta ishlash, saqlash va ularni tahlil qilish, ilmiy natijalar asosida o‘zbek tilining leksik qatlami ko‘lamini mukammallashtirishga erishilgan; o‘zbek tilidagi yer sathi ko‘rinishlarini ifodalovchi atov birliklari tizimining yangi turdagi, zamonaviy lug‘atlar, til korpuslari uchun ahamiyatli bo‘lgan leksikografik talqini uchun tavsiflashning tur-jins tizimi aniqlanishiga doir ilmiy xulosalaridan A-1-39 raqamli “O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2019 yil 12 avgustdagi 89-03-2992-son ma'lumotnomasi). Natijada yoshlarni ona tili vositasida ma'naviy yetuk shaxslar qilib tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan zamonaviy va innovatsion o‘quv leksikografik amaliyot masalalar yoritilishi mukammallashgan; yer sathi ko‘rinishlarini ifodalovchi atov birliklari tizimida balandlik, tekislik, pastlik – markaz leksemalar mavqeida kelishiga oid taklifidan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funktsional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2019 yil 17 iyuldagi 102/1-son ma'lumotnomasi). Natijada balandlik, tekislik, pastlik kabi leksemalarning ko‘p ma'nolilik xususiyatiga ega bo‘lishi misolida funktsional so‘z yasalishi masalalarini amaliy yoritish imkoniyati yaratilgan.3 Dialektal so’zlar qo’llanilish jihatdan ikki guruhga bo’linadi: Progressiv dialektizmlar. Regressiv dialektizmlar. Progressiv dialektizmlarning tilda ekvivalenti bo’lmaydi. Predmet yoki hodisaning yagona ifodasi sifatida adabiy tilga o’zlashib, adabiy tilni yangi so’z bilan boyitadi. Regressiv dialektizmlarning esa tilda aniq ekvivalenti bo’ladi: og’iz – ovuz, buzoq – buzov. “Tilning lug’at boyligida leksik dialektizmlardan tashqari, frazeologik dialektizm ham uchraydi”[5]4. Badiiy adabiyotda va kinofilmlarda mahalliy hayotni aks ettirish, asar qahramonlari nutqini real berish maqsadida dialektizmlardan foydalaniladi. “Ayrim leksemalar adabiy tilda boshqa, shevada boshqa ma’noda ishlatiladi. Masalan, [pashsha] leksemasi sememasi lug’atda “yozma qo’sh parda qanotli hasharot” deb berilgan. Biroq ayrim shevalarda u [chivin] leksemasi o’rnida ishlatiladi. “Ikki qanotli, uzun mo’ylovli qon so’ruvchi mayday hasharot” sememasi esa [pashsha] leksemasi o’rnida ishlatiladi”[6]. “Dialektizm umumtil lug’at boyligining nisbatan oz miqdori tashkil etadi. Shu oz miqdor leksemalardan ham adabiy tilga saylab kiritiladi”[7]. Download 45.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling