Reja: Kirish Asosiy qism I oqsillar ularning strukturasi va hususiyatlari II oqsillar, umumiy tushuncha


Download 0.55 Mb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1566362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11111Oqsillar ularning strukturasi va hususiyatlari

Oqsillarning tuzilishi


Oqsillaming tuzilishi ularning gidrolizlanish mahsulotlarini o’rganish bilan aniqlangan.
Gidrolizlanish oqsillaming eng asosiy xossalaridan biri bo‘lib, oqsillardagi peptid bog‘lari suv molekulalari ta’sirida uzilib, reaksiya mahsulotlari sifatida α — aminokislotalar hosil bo’ladi.
Oqsillaming birlamchi tuzilishini F.Senger kashf etgan. U birinchi marta 1951-1953-yillarda C254H377N66O75S6 tarkibli insulin oqsilining aminokislotalar ketma-ketliginianiqladi.
Insulin sulfid bog’lari bilan tutashgan 2 ta polipeptid zanjiridan tuzilgan, 1-zanjirda 21 ta,-2-zanjirda 30 ta aminokislota qoldig’i, jami 51 ta aminikislota bor. Keyinchalik oqsilnmg birlamchi tuzilishini avtomatik aniqlaydigan analizatorlar va shu axborot bo’yicha tegishli aminokislotalardan oqsilni sintezlaydigan sintezatorlar yaratildi. Hozirgacha 2000 ta oqsilning birlamchi tuzilishi aniqlangan. Masalan, sitoxrom 104 ta, mioglobin 153 ta, α—gemoglobin 141 ta, β- gemoglobinni 145 aminokislota hosil qiladi. Quyidagi oqsil bo‘lagining gidrolizini ko’rib chiqaylik:

Gidroliz reaksiyalari tufayli oqsil makromolekulalari bo‘linib, kichik molekulyar birikmalar (a— aminokislota) holiga o‘tib, organizm tomonidan ulaming o‘zlashtirilislii osonlashadi. O‘zlashtirilgan amino­ kislotalar qaytadan yangi oqsil molekulalarini hosil qilib organizmning to’qimalariga gormonlar, fermentlar va boshqa organizm hayotini ta’minlovchi asosiy biologik moddalarga aylanadilar.
Kimyo va zamonaviy fizik-kimyoviy usullaming yaratilishi oqsillaming tuzilishini o’rganish imkoniyatini berdi. Bu tadqiqot usullarining natijalari asosida oqsillar birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to’rtlamchi tuzilishlarga ega ekanligi aniqlangan.

Birlamchi tuzilish


Birlamchi tuzilish—oqsillaming kimyoviy tuzilishi bo’lib, oqsil peptid bog’lari orqali bog’langan ko’p sonli a — aminokislotalar qoldiqlaridan iborat uzun zanjirli molekulalar ekanligini ko’rsatuvchi
tuzilishdir. Agar bu zanjirdagi aminokislotalar qoldiqlari 100 ta gacha bo‘Isa polipeptidlar deyiladi, undan ko’p bo‘Isa oqsil deyiladi.
Birlamchi tuzilishni tashkil etgan polipeptid zanjirini rentgen tuzilish usuli bilan o’rganish natijalari asosida L. Poling (1930 y.) oqsil konformatsiyasi (oqsil molekulasi tarkibidagi atomlarning fazoviy joylashuvi) to’g’risida dastlabki quyidagi aniq xulosalarga keldi:
— Oqsillaming xossalari polipeptid zanjiridagi aminokislotalaming tarkibi va ulaming o’zaro ketma-ketligiga bog’liqdir;
— peptid gruppasi “qattiq” tekis (planar) tuzilishli bo’lib undagi C—N bog’i qisman qo’shbog’ tabiatiga ega. Unda karbonil gruppasi kislorodi va amid gruppasi vodorod atomi o’zaro trans holatda joylashgandir;
peptid gruppadagi rC_N=1,32A bo’lib, buqiymat birlamchi bog’ uzunligi rC_N=1,47A dan kichik, lekin haqiqiy qo’shbog’ rC_N= 1,27A dankattadir.
— peptid gruppasi bilan bog’langan Ca—C va N—Cbog’lari haqiqiy birlamchi bog’lar bo’lib, bu bog’lar atrofida atomlar (yoki atomlar gruppasi) erkin “aylanishi” yoki o’z holatini o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lib, oqsil molekulasining bukiluvchanligini ta’minlaydi.





Ikkilamchi tuzilish


Uzun zanjirli polipeptid molekulasi bukiluvchanligi sababli, “lenta” ga o’xshash, spiralni hosil qiladi. Bu oqsillaming ikkilamchi tuzilishi bo’lib, spiralning yo’nalishi soat millari bo’yicha bo’lsa (o’ng spiral) α—spiral, teskari yo’nalish bo’yicha bo’lsa (chap spiral) β—spiral deyiladi.
Spiral hosil bo’lishida spiral yo‘nalishidan tashqariga chiqib qolgan peptid gruppalarining tarkibidagi kislorod va vodorod atomlari o‘zaro H- bog‘lari hosil qilib bu bog‘lar spiralning barqarorligini ta’minlaydi (spiral- dagi punktir chiziqlar). H-bogiari har to’rtta aminokislota qoldiqlaridan keyin takrorlanadi. Spiraldagi aminokislota qoldiqlari o‘zaro 100° burchak ostida, bir-biridan 1,5A masofada joylashadi, spiralning bir o‘rami 3,6 ta aminokislota qoldig‘iga to‘g‘ri kelib, uzunligi 5,4A ni tashkil etadi.

Oqsil molekulalarida α— spiralning uzunligi turlicha bo’ladi.
Masalan, mioglobin va gemoglobinda 40A ni tashkil etsa, ba’zi oqsillarda uning uzunligi 1000A va undan katta bo’ladi.

Uchlamchi tuzilish


Ikki yoki undan ortiq α— spirallar bir-biri atrofida “o’rama” holatda joylashib, oqsillarning uchlamchi tuzilishini tashkil etadi. Bu spirallar yonaki zanjimi tashkil etgan funksional gruppalar ishtirokida o’zaro tuz ko’priklari (>NH+2OOC—), vodorod bog’lari (>NH…O=C<) va disulfid (—S—S—) bog’lari orqali bog’lanadilar. Bunday tuzilishli oqsillarga soch tolasi keratini, miozin, muskullar, teri epidermasi, fibroin, elastin,qon qotishmasi kiradi. Ko’p sonli spirallaming “o‘ram”lari organizmda tolasimon to’qimalaming asosini, mexanik harakatni ta’minlovchi tolqimalami tashkil etadilar. Bundan tashqari, oqsilning uchlamchi tuzilishi ularning biologik va o’ziga xos xususiyatlarini aniqlab beruvchi asosiy sababchisidir.
Keyingi yillarda(L. Poling va R. Kori) olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida oqsillaming β—yoyma tuzilishi mavjudligi aniqlandi. β— yoyma tuzilish α— spiral tuzilishidan farq qilib, polipeptid molekula yoyilgan holatda bo‘lib, tekis ko’rinishga ega.
Asosiy o‘q bo’yicha joylashgan aminokislota qoldiqlari o’rtasidagi masofa 3,5A (α— spiralda 1,5A)ga teng. Bu tuzilishining o‘ziga xosligi shundaki, —NH va CO—peptid gruppalari o‘rtasida hosil bo‘luvchi H —bog‘ lari ikki qatorda parallel yoki antiparallel yo’nalishda yonmayon joylashgan 2 tadan 5 tagacha polipeptid zanjirlari o‘rtasida hosil bo’ladi. Bunga misol sifatida ipak tolasi fibrionini keltirish mumkin. Bun­ dan tashqari, oqsillaming kollagen spiral tuzilishi ham mavjud bo‘lib, suyak, teri, paylar tarkibida uchraydi.
Oqsillaming molekulalari о ‘ta bukiluvchanligi bilan ajralib turadi.
Bu bukiluvchan oqsil molekulalarida to‘rtta aminokislota qoldig‘i uzunligida joylashgan —NII—va —CO— gruppalari o‘zaro vodorod bog‘lari hosil qilishi natijasida polipeptid zanjirlariyo‘nalishi 180° ga (ya’ni teskari tomongaj o‘zgaradi. Bu hodisa β—bukilish deyila­di. β—bukilish natijasida polipeptid zanjiri “U”—simon (soch shpilkasi) ko‘rinishiga ega bo‘ladi va keyingi β—bukilish zanjir yo‘nalishini yana shunday o‘zgartiradi.
Oqsillaming bunday xususiyati tufayli ularning globulyar tuzilishi yuzaga keladi. Bunday tuzilishli oqsillar “aylana o‘ram” (klubok) ko‘rinishiga ega bo‘lib, ularda vodorod bog‘laridan tashqari tuz ko‘priklar, disulfidbog‘larihammavjudbo‘ladi. Globulyar tuzilishli oqsillar qatiriga fermentlarni kiritish mumkin.

To‘rtlamchi tuzilish


Oqsil molekulalarining ayrimlari o‘zaro nokovalent bog‘lar vositasida yirik agregatlar hosil qiladilar. Bunda oqsil molekulalari monomerlar singari o‘zaro birikib yirik molekulyar (to‘rtlamchi) tuzilishni yuzaga keltiradilar. To‘rtlamchi tuzilish asosan yonaki funksional gruppalarning o‘zaro ta’siri (vodorod bog‘lanish, tuz ko‘priklari, gidrofob ta’sirlar) natijasida yuzaga keladi.
Sayyoramizdagi Oparin-Haldane hayot nazariyasiga ko'ra coacervate tomchilar dan tug'ilgan. Bundan tashqari, bir oqsil molekulasi edi. Ya'ni, u tuzilishi mumkin bu kimyoviy moddalar - bugungi kunda mavjud bo'lgan barcha hayot asosi. Lekin, nima, bir oqsil tuzilmalari anglatadi? ular tana va insonlar hayotida o'yin qanday rol? oqsillar qanday turlari mavjud? tushunish uchun harakat qilib ko'ring.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling