Reja: Kirish. Asosiy qism: Makroiqtisodiy tahlil fanining maqsadi va vazifalari. Yalpi talab va yalpi taklif (ad-as) modeli. Tovarlar miqdori pul massasi (is-lm) modeli. Makroiqtisodiy modellashtirishning O’zbekistondagi tatbiqi


Makroiqtisodiy tahlil fanining maqsadi va vazifalari


Download 187.86 Kb.
bet2/9
Sana27.03.2023
Hajmi187.86 Kb.
#1298966
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O`roqov J.Asosiy makroiqtisodiy modellarning qiyosiy tahlili.

1.Makroiqtisodiy tahlil fanining maqsadi va vazifalari.
Hozirda jahon hamjamiyatida yuz berayotgan jarayonlar (globallashuv, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda bozor munosabatlarining rivojlanishi) milliy iqtisodiyotni tartibga solish sohasida muvofiqlashtirilgan qarorlarni qabul qilishning asosi sifatida makroiqtisodiy tahlil usullaridan faol foydalanishni nazarda tutadi.
Makroiqtisodiy tahlilning predmeti sifatida milliy iqtisodiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi universal bog‘liqliklarning o‘ziga xos shakllari, iqtisodiy siyosatning turli vositalaridan foydalanishda amal qiladigan sabab-oqibat mexanizmlari, shuningdek, ichki iqtisodiyot hamda tashqi dunyoning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri ishtirok etadi. Ta’kidlash lozimki, huddi makroiqtisodiyot kabi, makrotahlil ham pozitiv va normativ tarkibiy qismlarni o‘zida mujassam etgan. Pozitiv tarkibiy qism «Nima sodir bo‘layapti?» degan savolga javob beradi va prognoz qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi (bunda muayyan faktlar, nisbatlar va raqamlardan foydalaniladi). Normativ tarkibiy qism «Qanaqa bo‘lishi kerak?» degan savolga javob beradi va iqtisodiy siyosat vositalarini ishlab chiqish orqali vaziyatni to‘g‘rilashga yordam beradi.
Ushbu ikkita tarkibiy qismning uyg‘unlashuvi siyosiy tizimdan qat’i nazar har qanday mamlakatning iqtisodiy ahvolini makroiqtisodiy tahlil qilishda namoyon bo‘ladi. Mamlakatlarning iqtisodiy siyosatidagi farqlar birinchi galda pozitiv va normativ tarkibiy qismlarning ulushi bilan belgilanadi. Davlat tomonidan tartibga solish tarafdorlarida normativ yondashuv yaqqol ifodalangan, liberallarda esa bilim orttirishga (pozitiv) yo‘naltirilganlik ustunlik qiladi, ular ko‘proq bozorning kuchiga ishonib, bozor erkinligini nazarda tutadi, davlat tomonidan ta’sir etishning bilvosita, tuzatish kirituvchi vositalaridan foydalanishni afzal ko‘radi:

  • Iqtisodiy vaziyatni monitoring qilish;

  • Iqtisodiyotda amal qiluvchi sababli-oqibatlimexanizmlarni tahlil qilish;

  • Moliyaviy oqimlarni tadqiq etish asosida iqtisodiyot sektorlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni o’rganish;

  • Iqtisodiy siyosatni tadqiq etish va yangi iqtisodiy strategiya variantlarini ishlab chiqish;

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar to‘g‘risida bilimlar berish hisoblanadi. Ushbu fanning maqsadi esa mamlakat iqtisodiyotida daromad va boyliklar taqsimotiga, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyatiga ta’sir etuvchi budjet, soliq, pul-kredit siyosatlari, to‘lov balansi va tashqi qarzni tahlil qilayotganda asosiy konsepsiyalar, soliq sohasi, davlat xarajatlari va kapital qarz siyosati bilan tanishtirishdan iborat.
Faning mazmuni– makroiqtisodiy tahlilning paydo bo‘lishi, rivojlanishi bosqichlari va xususiyatlari, uslubiyoti va usullari, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot ob’ekti, makroiqtisodiy jarayonlarning iqtisodiy tahlili, budjet, soliq, pul, kredit siyosati, to‘lov balansi, bandlik, ishsizlik va inflatsiya darajasidagi o‘zgarishlar va ular rivojlanish qoidalarining takomillashuvining nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatadi.
Makroiqtisodiy tahlilning asosiy bo‘limlari quyidagilar: makroiqtisodiy tahlilning uslubiy asoslari, makroiqtisodiy jarayonlarning iqtisodiy tahlilini o‘rganish, uni yanada rivojlantirish, takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, erishilgan muvaffaqiyatlarni keng yoyish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablarini o‘rganish hamda ularni imkoni boricha tugatishga yordam berishdan iborat. Shunday qilib, makroiqtisodiy tahlilning vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • makroiqtisodiy tahlilning uslubiyoti va usullarini har tomonlama o‘rganish;

  • real sektorni batafsil o‘rganish asosida sektorning faoliyatiga baho berish;

  • to‘lov balansiga ta’sir qilgan omillar va ularning sabablarini o‘rganish;

  • budjet-soliq sektorini makroiqtisodiy tahlil qilish va undagi o‘zgarishlarni amaliyotga tadbiq etishni o‘rganish;

  • pul kredit sektorini iqtisodiy tahlil qilish va ilg’or tajribalarga tayangan holda rivojlantirish va mustahkamlashga yordam beradigan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • bandlik, ishsizlik va inflyatsiya darajasini iqtisodiy tahlil qilish, ularga ta’sir qilgan omillar va sabablarni o’rganish;

“Makroiqtisodiy tahlil” fanining vazifasi milliy iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini baholash va monitoring o‘tkazishda foydalanadigan usullar majmuini o‘rganishdir. Shu maqsadda unda mamlakatimizda ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning jami hajmini hisoblash, inflatsiya sur’atlarini, ishsizlik darajasini, to‘lov balansi saldosini va valuta almashtiruv kursi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish usul va uslublari bayon etilgan.
Makroiqtisodchilar tomonidan o’rganiladigan butun iqtisodiyotda yuz beradigan voqeliklar va jarayonlar oxir-oqibatda ko’plab uy xo’jaliklari hamda ko’plab firmalar o’zaro hatti-harakatlari natijasida yig’ilganligi sababli, mikro va makroiqtisodiyot bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Butun iqtisodiyotni o’rganishda biz alohida iqtisodiy agentlarning qarorlarini e’tiborga olishimiz lozim. Masalan, yalpi iste’mol omillarini aniqlash uchun oilaning bugun qancha sarflashi, kelajak uchun qancha olib qo’yishi haqidagi qarorini tahlil qilishi kerak. Investitsiyalarning umumiy hajmini belgilovchi omillarni aniqlash uchun firmalarning yangi korxonalarni qurish haqidagi qarori to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish zarur. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar alohida shaxslar yoki korxonalar qarorlari natijasida yig’iladigan o’zgaruvchilarning oddiy yig’indisi bo’lganligi uchun, makroiqtisodiyotning asoslari mikrodarajada qo’yiladi.
Makroiqtisodiy modellar asosida xar doim mikroiqtisodiy darajada qabul qilinadigan qarorlar tursa, firmalar va uy xo’jaliklari nuqtai nazaridan maqbul bo’lgan ko’plab modellarda ularninghatti-harakatlarini aniqlovchi qarorlar yaqqol ko’rinishda bo’lmaydi, balki ko’zda tutiladi.Bizning non bozori modelimiz bunga misol bo’lib xizmat qiladi. Nonga bo’lgan talab asosida uy xo’jaliklarining sotib oladigan nonlari miqdori haqidagi qarorlar yotsa, non taklifi nonvoyxonalarning non ishlab chiqarish hajmlari to’g’risidagi qarorlari bilan aniqlanadi. Uy xo’jaliklari qarorni naflilikni maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda, nonvoyxonalar esa foydani maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda qabul qilishlari ko’zda tutiladi. Shu bilan birga, bu mikroiqtisodiy qarorlar modelda o’zidan o’zi qatnashmaydi: ular uning “foni”ni tashkil etadi. Xuddi shunday firmalar va uy xo’jaliklari tomonidan qabul qilinadigan ular nuqtai nazaridan maqbul hisoblangan qarorlar faqat yopinchiqli ko’rinishda va butun makroiqtisodiyotda qatnashadi.
Iqtisodchilar modellar nomini olgan soddalashtirilgan nazariyalarni qo’llab iqtisodiyot haqidagi qarashlarni tuzishga urinadilar. Modellarda ko’pincha matematik ko’rinishda turli iqtisodiy o’zgaruvchilar o’rtasidagi nisbat ifodalanadi. Modellarni qo’llash ahamiyatli bo’lmagan qismlarga e’tibor bermaslik va ahamiyatli iqtisodiy bog’liqliklarni aniqlashga imkon berganligi uchun ham maqsadga muvofiqdir. Modellarda ikki xil: ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) o’zgaruvchilar qo’llaniladi. Ekzogen o’zgaruvchilar tashqaridan kiritiladi-bu dastlabki ma’lumotlar; endogen o’zgaruvchilar model “ichida” shakllanadi- ular uni hal etishning natijasi hisoblanadi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, ekzogen o’zgaruvchilarning miqdori modelni qurish boshlanguncha beriladi, endogen o’zgaruvchilarning miqdori esa model bo’yicha hisob-kitoblar qilish jarayonida aniqlanadi. 1.2.1-rasmda ko’rsatilganidek, modelning maqsadi ekzogen o’zgaruvchilar endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir qilishini aniqlash hisoblanadi.

Model iqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi asosiy bog’liqliklarni soddalashtirilgan nazariy asoslanishi hisoblanadi Ekzogen o’zgaruvchilar - bu tashqaridan kiritiladigan o’zgaruvchilar. Endogen o’zgaruvchilar – bu ushbu model bilan tushuntiriladigan o’zgaruvchilar. Model ekzogen o’zgaruvchilardan birining o’zgarishi endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi.
Har qanday model (nazariya, tenglama, grafik) real borliqning sodda va abstrakt ko‘rinishi hisoblanadi, chunki tadqiqot o‘tkazishda barcha elementlarni bir vaqtning o‘zida barchasini hisobga olish mushkul masala hisoblanadi. Shuning uchun har qanday makroiqtisodiy modelni absolyut deb hisoblash mumkin emas. Bunday makroiqtisodiy modellar barcha mamlakatlar uchun bir vaqtning o‘zida bir xil to‘g‘ri javob berish imkonini bermaydi. Ammo bunday «umumiylashtirilgan» modellar orqali bandlik, ishlab chiqarish, inflatsiya, investitsiya, iste’mol, foiz stavkasi, valuta kursi kabi ichki (endogen) iqtisodiy ko‘rsatkichlarni boshqarishning kompeks muqobil usullari aniqlanadi.
Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyillar asosida echiladi:

  • optimallashtirish tamoyili - har bir faoliyatdan va resurslardan foydalanishdan maksimal foyda olish;

  • alternativ xarajatlar tamoyili - noyob resurslardan foydalanish yo’nalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orqali.

Iqtisodiy sub’ektlar ratsional harakat qilish tamoyiliga ko’ra o’z maqsadlariga erishishi uchun xo’jalik faoliyatida faol qatnashadilar, buning asosiy mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy sub’ektlar berilgan resurslardan foydalanishdan olinadigan natijalarni maksimallashtiradi yoki ma’lum natijalarni olish uchun xarajatlarni kamaytiradi.
Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo - bu iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:

  1. ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;

  2. iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol qiladi) muvofiqlashtirish;

  3. ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo’yicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish.

Modeldan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, u muammoning ikkinchi darajali tomonlarini e’tiborga olmaydi. Modelda ikki turdagi o’zgaruvchilar ishlatiladi: ekzogen va endogen. Ekzogen o’zgaruvchilar tashqi o’zgaruvchilar bo’lib, ular oldindan beriladi va modelga kiritiladi. Endogen o’zgaruvchilar model ichida, hisob-kitoblar asosida shakllanadi. Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga bo’linadi: uy xo’jaliklari va firmalar. Uy xo’jaliklari o’z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va erni) firmalarga sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar o’zlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan daromadni uy xo’jaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar.

  1. Quyida keltirilgan 1.3.1-rasmdan ko’rinib turibdiki, xaqiqatdan ham nima iste’mol qilish kerak, demak, nima ishlab chiqarish kerak, degan masalani uy xo’jaliklari hal qiladi. Uy xo’jaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab chiqarish rejalarini tuzish uchun asos bo’lishi kerak. Firmalar, o’z navbatida, noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim. Nihoyat, uy xo’jaliklari iste’mol qilish uchun rejalashtirgan ne’matlarni olishlari kerak, ya’ni ular iste’mol qilish bo’yicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi kerak bo’ladi.

  2. Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori.

  3. Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xo’jaliklari sektori o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor tovarlar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsa, talab va taklif modeli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsalar model sotiladigan resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi.



Download 187.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling