Reja Kirish Banklarda kredit operatsiyalarini tashkil qilish asoslari
jadval Aksiyadorlik jamiyatlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatidagi
Download 150.32 Kb.
|
bank tizimida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijobiy jihatlari Kamchiliklari
jadval Aksiyadorlik jamiyatlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatidagiijobiy jihatlari va kamchiliklari13
Bunga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari va kamchiliklarini boshqaruv jarayonida, manfaatlar to‘qnashuvida hamda davlat va jamiyatning rivojlanishidagi o‘rni hisobga olinishi har bir korporativ boshqaruv ishtirok etuvchi tomonlarning samarali faoliyatini ta’minlaydi. Korporativ boshqaruvda mavjud muammolarni bartaraf etish nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etishini e’tirofetib, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida mazkur faoliyat muammolarini tadqiq etuvchi nazariy ishlanmalar va amaliy asoslarning sezilarli darajada zamon talabidan ortda qolayotganligi va shu sababli ushbu muammolar echimi bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini alohida qayd etish o‘rinlidir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda fond bozorlarini shakllantirish jarayonlari bo‘yicha jahon tajribasiga ko‘ra, mazkurbozorning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan investitsion infratuzilmaning o‘z vaqtida shakllantirilishiga bog‘liq. O‘zbekiston fond bozori shakllanishining xususiyati shundan iboratki,fond bozorida faoliyat yurituvchi emitentlar va investorlar kapitalbozorining imkoniyatlariga yaqin yillardan boshlab tushuna boshlamoqda vaulardan foydalanishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, bu ikki toifaga xizmat qiluvchi vositachi tomon – ixtisoslashtirilgan infratuzilma institutlari fond aktivlari bilan ishlash amaliy tajribasi hali kam bo‘lib,ularning rivojlanish darajasi milliy iqtisodiyotning o‘sib boruvchi ehtiyojlaridan orqada qolmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev ta’kidlaganidek,“Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida etakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki,raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish vadiversifikasiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizasiya qilish va texnikyangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin”14. 14SH. Mirziyoyev. 2021 yil - Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi. //Xalq so‘z, 2021 yil 20 yanvar. Shunday ekan, iqtisodiyotni isloh qilishning yangi bosqichi- modernizatsiyalash jarayonlarida, ham mulkchilik shakli, ham ishlab chiqarish munosabatlari bo‘yicha xo‘jalik yuritishning bir-biridan farqlanuvchi usullarinirag‘batlantirish zarurati yuzaga keladi. Korporativ boshqaruv biznesda odatda uzoq muddatli maqsadlarga erishish imkonini yaratadi hamda ushbu mexanizm orqali investorlar manfaatlarining yollanma menejerlar manfaatlari bilan o‘yg‘unlashishi sodirbo‘ladi. Potensial investorlar sinfini shakllantirish, investitsiyalarni kengko‘lamda jalb qilish orqaligina «biznesni, kapital to‘plashni kengaytirish» haqiqatda mumkinligini mahalliy mulkdorlar hali to‘la tushunibetmayotganligi mazkur tizim rivojlanishiga salbiy ta’sir etmoqda. Korporativ boshqaruv jarayonida sub’ektlar harakatini ta’minlovchi asosiy vosita bu iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiruvch imexanizmlardir. Korporativ boshqaruv harakatini ta’minlovchimexanizmlarning mohiyati ko‘plab adabiyotlarda tahlil etilgan va iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy, motivatsion, siyosiy va tashkiliy mexanizmlardir. Ushbu mexanizmlar orqali ishtirokchi sub’etlar o‘zlarining manfaatlarini ro‘yobga chiqaradilar. Fikrimizcha, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning tahliliy natijalariga berilgan ta’riflar ularda mavjud muammoning echimi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning holatini, mavjud konunchilikni hamda jahonda tan olingan korporativ boshqaruv modellarining tamoyillarini boshqaruvdagi o‘rnini hisobga olgan holda berilgan. Biz ushbu keltirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, korporativ boshqaruvga ta’rif berishda hamda korporativ boshqaruvning nazariy- uslubiy shaklini tasvirlashda undagi afzal jihatlar, kamchilimlar va aksiyalarning xususiyatlari hamda milliy mentalitetni hisobga olishimiz zarur. Shu nuqtai nazardan, korporativ boshqaruv umumiy maqsad yo‘lida mulkiy va boshqaruv munosabatlar ishtirokchilari (menejerlar) harakatini ta’minlash orqali manfaatdor tomonlar (ishchi xodim, kreditor, davlatva boshq.) manfaatlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlovchi mexanizmlar majmuidir. Bunda har bir ishtirokchi aynan shu aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari xususiyatlarini, ijobiy jihatlari va kamchiliklarini hamda milliy va davlat manfaatlarini tushunib harakat qilishi muhimdir. Korporativ boshqaruvning modellarining qo‘yidagi shakllari mavjud hisoblanadi: Unitar (investor) modeli – AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya; Ikki pog‘onali (manfaatdor shaxslar) modeli – Germaniya; Kontinental model; Tarmoq modeli – Yaponiya (keyretsu), Koreya (chaebol). Unitar model: Boshqaruvning yagona organi – uning tarkibida ijro etuvchi direktorlardan ko‘ra mustaqil direktorlar ko‘proq bo‘lgan unitar Direktorlar Kengashi (aksiyadorlik mulkchilikning «Inglizsakson» modeli: 24 - 30% aksiya harakatsiz, uzoq vaqt kichik korxonalar qo‘lida bo‘ladi va nazorat paketini shakllantiradi, 70- 80% aksiya, aksincha, harakatchan, vaqti - vaqti bilan bozorga olib chiqiladi va bir kishining qo‘lidan boshqasiga oson o‘tadi); Aksiyadorlik kapitalning katta qismi inglizsakson udumlarida tarbiyalangan mayda investorlar sarmoyasidan iborat; Jismoniy shaxslarga qarashli bo‘lmagan aksiyalar asosan institutsional investorlar qo‘lida jamlangan; Qimmatli qog‘ozlar bozori yuqori samaradorligi va likvidligi bilan ajralib turadi; Minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish yuqori darajada; -Jalb qilingan direktorlar ishtirokidagi kuchli korporativ boshqaruv. Ikki pog‘onali model (insayderlik): Rahbarlik va ijrochilik organi: Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi); Ijroiya organi. Vazifalarning qat’iy taqsimlanishi. Kengash a’zolari ijroiya organiga a’zolik qilishi mumkin emas. Kontinental model: Doimiy egalarda 70 - 80% aksiya jamlangan, 20 - 30% aksiya esa “chakana” sotiladi va xaridorlar ularga mablag‘larni vaqtincha joylashtirish vositasi sifatida qaraydilar; Aksiyadorlik sarmoyasini yirik “ulgurji” investorlar tashkil qilib, bir - birining aksiyasiga o‘zaro egalik qilish (kuchli qaramlik) tizimi keng rivojlangan; Kuzatuv kengashida kompaniya hodimlarining salmoqli vakilligi; O‘zoqni ko‘radigan investorlar; Qimmatli qog‘ozlar bozori kichikroq va likvidligi kamroq. Download 150.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling