Reja Kirish Banklarda kredit operatsiyalarini tashkil qilish asoslari


Download 150.32 Kb.
bet2/12
Sana20.06.2023
Hajmi150.32 Kb.
#1630062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
bank tizimida

Kurs ishining maqsadi. O‘zbekiston tijorat banklari faoliyatini korporativ boshqarishning hozirgi kundagi axvolini o‘rganish
va uni takomillashtirish yo‘llarini izlashdan iborat bo‘ldi.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun Kurs ishi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:

  • bank soxasida korporativ boshqaruvni amalga oshirishning nazariy asoslarini va o‘ziga xos tomonlarini o‘rganish;






3SH. Mirziyoyev. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruza. 12 noyabr, 2010 y.
4 SH. Mirziyoyev. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. T-O‘zbekiston.-2016 y

  • respublikaning bank tizimida korporativ boshqaruvning hozirgi kundagi axvolini baxolash;

  • mahalliy tijorat banklarining faoliyatini yuritish amaliyotiga korporativ boshqaruvni joriy qilish yo‘lidagi muammolarni aniqlash;

  • respublikamiz tijorat banklarining faoliyatiga korporativ boshqaruvni joriy qilishni jadallashtirish yo‘llarini belgilash.

Kurs ishining ob’ekti sifatida O‘zbekiston tijorat banklarida korporativ boshqaruvni o‘zlashtirish jarayoni ko‘rib chikildi.

  1. Banklarda kredit operatsiyalarini tashkil qilish asoslari

Korporativ boshqaruvni shakllanish tarixi o‘rta asrlar va xatto undan ham avvalroq ,bo‘lgan davrlarda boshlangan deyish mumkin. Jahonda birinchi aksiyalar 1553 yilda Moskva davlati bilan savdo munosabatlarida bo‘lgan savdogarlar birlashmasi “Moskva–Angliya kompaniyasi” tomonidan chiqarilgan.Ular o‘ta tez sezilarli ustuvorlikka ega bo‘la boshladilar: bojsiz savdo qilish rus xududlarida savdo tarmoqlari yaratish xatto biznesda Angilya pullaridan foydalanish kabi xuquqlarni qo‘lga kiritdilar. Angliya hukumati o‘z tomonidan Moskva davlati bilan birga kompaniyalarni savdoning monopol xuquqi bilan ta’minladi.XVIII asrning o‘rtalarida deyarli hamma chet el savdogarlari Moskva kompaniyalari orqali Rossiya bilan savdo qildilar. Kompaniyalarning monopol holati ularning boyib ketishiga olib keldi. Bu rus savdogarlari asta-sekin kambag‘allasha boshlagan davrlar edi. Natijada shox Aleksey Mixaylovich Qirol Karlning o‘ldirilishi bilan bog‘liq siyosiy xolatdan foydalanib kompaniyalarning hamma a’zolariga Moskva davlatini tark etish buyurdi. Shu tariqa, jahonda birinchi aksionerlik jamyati yaratishning sababi, birinchi navbatda Rossiya va Angliya orasidagi siyosiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishning eng yaxshi vositalarini qidirish muammolari paydo bo‘ldi. Shunday qilib, korporativ boshqaruv siyosatning asiri(qurboni)ga aylandi.
Korparativ boshqaruvning rivojlanishiga Evropa mamlakatlarida paydo bo‘lgan va Ost-Indiya bilan savdo operatsiyalari bilan shug‘ullangan kolonial kompaniyalar jiddiy ta’sir o‘tkazdi. 1599-1600 yillarda “Angliya Ost-Indiya” kompaniyalari yaratildi, 1602 yilda esa “Gollandiya Ost–Indiya” kompaniyalari amal qilish muddati bo‘lgan aksiyalar chiqarish xaqida e’lon qildi. O‘sha paytda bu savdo ekspedidsiyalari tashkil etish uchun kapital jalb etishning eng g‘aroyib usuli edi.Obunachi yoki hozirgi zamon tili bilan aytganda,kompaniya aksioneri vznos(bo‘nak) kiritgan va u ekspeditsiya foydasidan mos keluvchi ulush omilini
tasdiqlovchi guvoxnoma olgan. Eng yaxshi yillarda qo‘yilgan kapitalga dividendlar 300%gacha etgan.Tez orada shunga o‘xshash kompaniyalar Germaniya va Fransiyada ham tashkil topgan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, keyingi yillarda iqtisodiyotnimodernizatsiyalash sharoitida aksiyadorlik jamiyatlarida korporativboshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarinirivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish etarlidarajada emasligi namoyon bo‘lmoqda. Hozirgacha xorijiy va mamlakatimizolimlari tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari va korporativ boshqaruvningiqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, moliyaviy jihatlari ilmiy va amaliytadqiqotlarda o‘z ifodasini topmoqda. Jumladan, “korporativ boshqaruv”tushunchasiningilmiy nazariy tahliliga bog‘liq quyidagi ta’riflarnikeltirishimiz mumkin.
Izohli lug‘atdagi ta’rif: Keng ma’nodagi korporativ boshqaruv – bu korporatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlari o‘rtasida, individual, guruhiy va ijtimoiy manfaatlar o‘rtasida muvozanat o‘rnatish jarayonidir. Boshqacha aytganda, bu kooperatsiyalashgan xo‘jalik birliklarining (tashqi, xususan, davlat organlarini qo‘shgan holda) manfaatlarini uyg‘unlashtirish maqsadida ular o‘rtasidagi boshqaruv munosabatlari tizimini shakllantirishdir5.
Xrabrova I.Aning fikricha “Korporativ boshqaruv–e’tirof etilgan maqsaddan kelib chiqib, biznesni tashkiliy-huquqiy rasmiylashtirish, tashkiliy tuzilmani optimallashtirish hamda kompaniyaning ichki munosabatlarini yaratishdir”6. Karnauxov S. o‘z ilmiy izlanishlarida korporativ boshqaruvga quyidagicha ta’rif beradi:“Korporativ boshqaruv - ma’lum strategik samaralar yig‘indisidir”7. O‘zbekistonlik iqtisodchilar tomonidan ham korporativ boshqaruvga bir qator ta’riflar berilgan. Jumladan, ZaynutdinovSH, Raximova D.lar tomonidan berilgan





5Толковые словарь. Образовательный ресурс. http://www.edudic.ru/biz/10526/ 6Храброва И.А. Корпоративное управление: вопросы интеграции. – М.:2000. –198 с. 7Карнаухов С. Эффективность корпоративных структур// Риск. – М.:2004. - №1-2, – 4 с.
ta’rifga asosan: “Korporativ boshqaruv – manfaatdor shaxslarning daromad olish maqsadida birgalikdagi harakatlaridir”8.
Xamidulin M: Korporativ boshqaruv- “...korporatsiya mulkdorlarining korporatsiya kapitalini shakllantirishga, undan foyda olish maqsadida yanada samarali foydalanishga hamda olingan daromadlarni korporativ munosabatlarning barcha ishtirokchilari o‘rtasida adolatli taqsimlashga qaratilgan strategik muhim qarorlarni belgilash, ta’riflash va qabul qilishga doimiy va real ta’sirini ta’minlashdagi ongli, bevosita ishtirokidir”9.
Iqtisodchi olim Berkinov B. O‘z fikrini quyidagicha bayon etadi: “Korporativ boshqaruv tizimi – bu murakkab, tez o‘zgaruvchan mexanizmbo‘lib, u bir-biriga bog‘liq ko‘plab tashkil etuvchilar, jumladan,qonunchilik, qonunosti hujjatlari hamda korporatsiyani mulkdorlar,boshqaruvchilar va kreditorlar tomonidan nazorat qilishning ichkimexanizmi hisoblanuvchi ichki me’yoriy hujjatlar majmuini o‘z ichiga oladi”10.
Jahon bankining ta’rifiga ko‘ra: Korporativ boshqaruv – qonunchilik, me’yorlar va hususiy sektorning mos ravishdagi amaliyotining shunday birikmasi tushuniladiki, ular kompaniyaga moliyaviy va inson resurslarini jalb etishga, samarali faoliyatni olib borishga imkoniyat beradi va oqibatda o‘z aksiyadorlari uchun uzoq muddatli iqtisodiy qiymatni ko‘paytirish orqali o‘zining mavjudligini saqlab qolishni ta’minlaydi. Shu bilan birga, aksiyadorlar, boshqa manfaatdor shaxslar va jamiyatning manfaatlariga rioya qilishi kerak11.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2000 yil 24 iyundagi 472-sonli «Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi» Nizomda korporativ boshqarshga quyidagicha ta’rif beriladi: «Korporativ boshqaruv» tushunchasi tijorat banki faoliyatini boshqarishda Kengash a’zolari va



8Zaynutdinov SH.N., Raximova D.N. Korporativ boshqaruvasoslari. – T.: Akademiya, 2007. – 48 b.
9Хамидулин М.Б. Финансовые механизмы корпоративного управления. Монография. – Т.: Молия, 2008. – 204 с.
10БеркиновБ. Корпоративные структуры (Основы создания и управления). – Т.: Изд-во Нац.б-ки Узбекистана,2005. – 132 с.
11www.worldbank.org
boshqa rahbar xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy faoliyat hamda qoidalar majmuasi tushuniladi.
Yuqorida keltirilgan ta’riflarga ko‘ra, korporativ boshqaruv bo‘yichatadqiq etilgan ilmiy yondashuvlar korporativ boshqaruvning tanlangan mavzuva tadqiq etilgan mulk shakllarining hamdaiqtisodiy va huquqiymunosabatlarning ma’lum bir jihatlarini ochib berishga qaratilgan.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti va menejmentning umumiy qoidalarini o‘zida aks ettirish, xo‘jalik yuritishning turli mulkchilik shakllari paydobo‘lishi va ayniqsa, jahonda dolzarbligini namoyon etayotgan moliyaviy bozorlarning yangi qirralarini korporativ boshqaruvni tadqiq etishdahisobga olinishi maqsadga muvofiq. Aksiyadorlik jamiyatlarining asosiyfaoliyati ma’lum tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishga qaratilganbo‘lsada uning aktivlarini moliyaviy bozorlarda, aynan, aksiyalar va boshqaqimmatbaho qog‘ozlarda aks etishi hamda uning asosiy faoliyatiga ta’siretishi hozirgi korporativ boshqaruvdagi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Jahon moliviy-iqtisodiy inqirozining asosiy sabablaridan birisifatida ham aynan shu korporativ qimmatli qog‘ozlarning spekulyativ bozori rag‘batlantirilishi ta’kidlanmoqda. Bu esa korporativ boshqaruv va qimmatliqog‘ozlar egalarining o‘z mulklari ustida yangi tartib qoida va mexanizmlarnitalab etmoqda.
Shu o‘rinda aytish kerakki, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv orqali egalik qilish va boshqaruv funksiyalarining ajratilishini kuzatish mumkin. Unga ko‘ra:- o‘z mulkining joriy boshqaruvida shaxsan qatnashishdan o‘z hohishi bilanvoz kechgan mulkdorlar (aksiyadorlar);

  • jamiyat mulkiga egalik qilmaydigan va begona mulkni boshqaradiganyonlanma menejerlar;

  • mulkdorlar (aksiyadorlar) jamiyat mulkining emas, balki o‘zhissasining(aksiya, ulush) egasi hisoblanadi.

  • jamiyat mulkining egasi – huquqiy shaxs bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatining o‘zi hisoblanadi.

Aksiyadorlik jamiyatlarining ushbu jihatlarini tadqiq etish bilan birga, aytish kerakki, boshqaruv jarayonida davlat, manfaatdor tomonlar vaishchi xodimlarning manfaatlari ham hisobga olinishi korporativ boshqaruvning yanada murakkab tomonlarini tadqiq etishni talab etadi.
      1. jadval





Download 150.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling