Reja: kirish bankning tashkiliy-huquqiy tuzilishini baholash


Isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmi 23


Download 91.92 Kb.
bet15/19
Sana16.06.2023
Hajmi91.92 Kb.
#1513614
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Amaliyot hisoboti

4. Isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmi
23. Bankning axborot stendlarida va rasmiy veb-saytida quyidagi axborotlar joylashtirilishi shart: bankning toʼliq va qisqartirilgan nomi, manzili, filiallari manzillari, ish vaqti, bogʼlanish uchun aloqa telefonlari, rasmiy veb-sayti va elektron pochta manzili;
mazkur Nizomning matni;
isteʼmolchilarga bank xizmatlarini koʼrsatish tartibi, shartlari va qiymati, shu jumladan bank xizmati boʼyicha shartnoma va boshqa hujjatlar shartlarini izohlab berilgan matni;
bank operatsiyalari boʼyicha tariflar, foiz stavkalari va vositachilik haqlari toʼgʼrisida;
isteʼmolchilar murojaatlarini koʼrib chiqish tartibi, shu jumladan murojaat qilish usullari va ular yoʼllanadigan manzillar toʼgʼrisida;
isteʼmolchining huquqlarini himoya qilish usullari, shu jumladan nizoni sudgacha hal etish imkoniyati va usullari haqida.
24. Bank isteʼmolchini taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi haqida xabardor qilishi, shuningdek isteʼmolchining talabiga koʼra mazkur Nizomning 23- bandida koʼrsatilgan axborotni taqdim etishi shart.
Taqdim etilayotgan xizmatlarning shartlari va qiymati haqidagi axborotni berishni rad etishga yoʼl qoʼyilmaydi.
25. Bank omonati shartnomasi shartlariga omonatchining huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan oʼzgartirishlarni bank tomonidan bir tomonlama kiritilishiga yoʼl qoʼyilmaydi.
26. Bank omonati shartnomasi tuzilgunga qadar bank isteʼmolchiga ogʼzaki tarzda quyidagi axborotni taqdim etadi:
omonat turi (talab qilib olguncha, muddatli, jamgʼarma);
omonat muddati (mavjud boʼlganda);
omonatning eng kam summasi;
mukofot stavkalari;
qoʼshimcha bitim tuzmagan holda omonat muddatini uzaytirish shartlari;
omonatni toʼldirish imkoniyati;
omonatni toʼliq yoki qisman muddatidan oldin qaytarib olish shartlari;
bank omonati shartnomasi boʼyicha nazarda tutilgan bank va isteʼmolchining huquq va
majburiyatlari, ularning javobgarligi toʼgʼrisida.
27. Kredit shartnomasi tuzilgunga qadar bank isteʼmolchiga quyidagi axborotni
taqdim etadi: kreditning eng koʼp miqdori va valyutasi, shu jumladan chet el valyutasi bilan bogʼliq ehtimoliy tavakkalchiliklari (chet el valyutasi boʼyicha kurslar oʼzgarishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy yoʼqotish bilan bogʼliq tavakkalchilik) haqida ogohlantiradi;
kreditdan foydalanish muddati;
foiz stavkasining yillik nominal qiymati, shuningdek isteʼmolchi murojaat qilgan sanadagi yillik real foiz stavkasining miqdori;
vositachilik haqlari, tariflar va kredit olish hamda unga xizmat koʼrsatish bilan bogʼliq boʼlgan boshqa toʼlovlarning batafsil roʼyxati va miqdorlari;
kredit shartnomasi boʼyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda isteʼmolchining javobgarligi va tavakkalchiliklari;
garovga qoʼyuvchi, kafil (kafolat beruvchi) va kredit shartnomasining tarafi hisoblangan boshqa shaxsning javobgarligi;
bank va isteʼmolchining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan muddati oʼtkazib yuborilgan qarzdorlikni undirish jarayonida isteʼmolchining huquqlari, shuningdek bank xizmatlarini koʼrsatish shartnomasida koʼzda tutilgan taraflarning javobgarligi haqidagi maʼlumotlar.
28. Bank isteʼmolchini quyidagi omillarni hisobga olgan holda oʼz moliyaviy
ahvolini tahlil qilishi zarurligi toʼgʼrisida ogohlantirishi lozim:
isteʼmolchining qarz yuki joriy moliyaviy ahvoliga mos kelishi;
bank xizmatini koʼrsatish shartnomasida koʼrsatilgan majburiyatlarini bajarishi uchun taxminan qaysi muddatlarda va qancha miqdorda pul mablagʼlari kelib tushishi kutilayotganligi (masalan, jismoniy shaxslar uchun — ish haqi toʼlanishi, boshqa daromadlar olishi davriyligi);
kredit shartnomasi boʼyicha oʼz majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi mumkin boʼlgan yengib boʼlmas kuch taʼsiridagi vaziyatlar va boshqa holatlar yuz berishi ehtimoli (shu jumladan jismoniy shaxslar uchun — ishini yoʼqotish, oʼziga bogʼliq boʼlmagan sabablarga koʼra ish haqi va boshqa turdagi daromadlarni kechikib olishi, ishga joylashishi, sogʼligʼining yomonlashganligi natijasida daromadlarining tushib ketishi).
29. Bank isteʼmolchi kredit shartnomasi boʼyicha oʼz majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligi bilan bogʼliq tavakkalchiliklar toʼgʼrisida, shu jumladan isteʼmolchiga nisbatan majburiyatlarni buzganligi uchun qoʼllaniladigan neustoyka (jarima, penya) va ularning natijasida isteʼmolchining xarajatlari summasi oshishi ehtimoli toʼgʼrisida axborot beradi.
30. Bank soʼroviga javoban isteʼmolchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar — tuzilayotgan kredit shartnomasining shartlariga taʼsir koʼrsatishi mumkinligi haqida isteʼmolchi ogohlantirilishi zarur.


Download 91.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling