Reja: kirish bankning tashkiliy-huquqiy tuzilishini baholash


Bankning moliyaviy holatini o`rganish


Download 91.92 Kb.
bet11/19
Sana16.06.2023
Hajmi91.92 Kb.
#1513614
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Amaliyot hisoboti

Bankning moliyaviy holatini o`rganish
Lizing ob’ektining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va uning sotuvchisi to’g’risidagi ma’lumotnoma lizingning butun davrini ichiga olgan pul oqimi tahlili ko’rsatilgan biznesreja; oxirgi hisobot sanasiga tuman (shahar) davlat soliq inspektsiya tomonidan qabul qilingan buxgalterlik balansi (1-shakl), moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl), muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagi ma’lumotnoma (2a-shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikni solishtirish dalolatnomalari.Lizing foiz stavkalari miqdori lizing oluvchi va lizing beruvchi bank o’rtasidagi o’zaro kelishuvga ko’ra lizing shartnomasida belgilanadi.O’zbekiston Respublikasining “Lizing to’g’risida”gi qonuniga muvofiq, lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak:a) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchining mulki bo’lib o’tsa; b) lizing shartnomasining muddati lizing ob’ekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo’lsa yoki lizing ob’ektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang’ich qiymatining 20 foizidan kam bo’lsa;v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob’ektini uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega bo’lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing ob’ekti qiymati asos bo’ladi;g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing to’lovlarining umumiy summasi lizing ob’ekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo’lsa. Lizing beruvchi bank lizing ob’ekti uchun to’lovlarni sotuvchiga oldindan to’lab berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi:
Debet 19909–“Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar”
Kredit –“Bankning vakillik hisobvarag’i” Lizing ob’ekti to’g’ridan-to’g’ri lizing oluvchiga yetkazib berilsa, lizing beruvchi bank foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan memorial order to’ldirib, quyidagi buxgalteriya amalini bajaradi: Debet 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)”
Kredit 19909–“Tovar moddiy qimmatliklar uchun to’langan mablag’lar”
Lizing obyekti avval lizing beruvchi bank balansiga kirim qilinib, so’ngra lizing oluvchiga lizinga berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi.
a). Lizing ob’ekti bank balansiga kirim qilinganda:Debet16500 –“Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvarag’i)”Kredit19909 –“Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar”b). Lizing ob’ekti lizing oluvchiga berilganda:
Debet 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)”
Kredit 16500-“Asosiy vositalar (mos hisobvaraq)”Lizing beruvchi bank tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita xarajatlar lizing ob’ektining qiymatiga qo’shiladi. Lizing beruvchi bank tomonidan lizing bo’yicha foizli daromadlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi: Debet 16323 – “Lizing bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar”Kredit 45100 – “Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha foizli daromadlar (tegishli mos hisobvaraq)”Lizing ob’ektining asosiy summasini jadval asosida qaytarilganda va ularga hisoblangan foizlar undirilganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi:Debet – Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari yoki mijozning depozit yoki bankning vakillik hisobvarag’i (umumiy summaga) Kredit 15600–Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq) (asosiy qarz summasining qaytarilgan summasiga);
Kredit 16323 – Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar (foizli daromad summasiga).
Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so’ng lizing to’lovlarini to’lash shartlari to’liq bajarilgan taqdirda 15600 Lizing (moliyaviy ijara) va 16323 Lizing bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar hisobvaraqlari qoldig’i nolga teng bo’ladi. Lizing ob’ekti lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlari buzilganligi sababli qaytarib olinganida, lizing beruvchi ushbu aktivning taqdirini hal etgunga qadar uni o’z balansiga quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari orqali qabul qiladi: Debet 16705–“Bankning boshqa ko’chmas mulklariKredit 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)”
Lizing oluvchi tomonidan lizing to’lovlari belgilangan muddatda amalga oshirilmagan taqdirda aktivga “Foizlarni o’stirmaslik to’g’risida”gi Nizomga (ro’yxat raqami 1304, 2004 yil 24 yanvar) asosan o’stirmaslik maqomi beriladi va aktivning kelgusi hisobi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Lizing “Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi zaxiralar tashkil qilish va ularni ishlatish to’g’risida”gi Nizom (ro’yxat raqami 632, 1999 yil 11 fevral) talablaridan kelib chiqqan holda tasniflanadi.
Amaliyotda tijorat banklari ham ayrim asosiy vositalarni lizingga olishi mumkin. Lizing lizing oluvchi bankning moliyaviy hisobotlarida ham aktiv ham majburiyat sifatida tan olinadi. Lizingni dastlabki tan olishda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bajariladi:
Debet16515–“Ob’ektlarni lizingga olish va uni takomillashtirish huquqi”
Kredit 22100–“Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha majburiyatlarning tegishli mos hisobvarag’i” Lizing oluvchi bank tomonidan lizing dastlabki tan olingandan so’ng keying hisob majburiyat bo’yicha asosiy qarz summasini va lizing bo’yicha foizlar to’lash hisobini yuritishdan iborat.
Xulosa
Bugungi kunda Turon banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 197 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 100 ta bank xizmatlar ko'rsatish markazi 2931 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Turon bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. Turon banki yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi. Turon banki jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqdaInstitut tomonidan tayinlangan tanishuv-malakaviy amaliyot sababli AT Turon banki Samarqand viloyati Oqdaryo tuman fillialida o’tkazgan 1oyim mobaynida bank xodimlari va ayniqsa bank tomonidan menga tayinlangan amaliyot raxbarim ko’maklari bilan bank faoliyati to’g’risida atroflicha ma’lumot oldim. Bankning hozirgi darajasi va mijozlarga nisbattan bajariyotga mukammal amali to’g’risidagi fikrlar meni kelajakda ham shu bank xodimi bo’lib qolishga undamoqda. Oliy ta’limni na’munali bitirib, albatta Turon bankiga qaytish niyatidaman…
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʼzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʼyiladigan minimal talablar toʼgʼrisida

NIZOM
Mazkur Nizom Oʼzbekiston Respublikasining «Oʼzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʼgʼrisida»gi Qonuni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi PQ-3620-son «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qaroriga muvofiq bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquq va manfaatlarini himoyalash maqsadida bank xizmatlari isteʼmolchilari (bundan buyon matnda isteʼmolchilar deb yuritiladi) bilan munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) faoliyatiga qoʼyiladigan minimal talablarni belgilaydi.



Download 91.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling