Reja: kirish bankning tashkiliy-huquqiy tuzilishini baholash


Bankda xizmat ko`rsatish jarayonida qo`llaniladigan texnika va dasturlarni o`rganish va baholash


Download 91.92 Kb.
bet7/19
Sana16.06.2023
Hajmi91.92 Kb.
#1513614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Amaliyot hisoboti

4. Bankda xizmat ko`rsatish jarayonida qo`llaniladigan texnika va dasturlarni o`rganish va baholash
Bugungi kunda bank operatsiyalarining murakkablashib borayotganini inobatga olib xodimlarni murakkab amaliyotlar bo’yicha muntazam malakasini oshirib borish eng asosiy vazifalardan biridir.
O’zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka asosan moliyaviy nazorat tizimida buxgalteriya operatsiyalarining dastlabki nazorati front ofis xodimlari yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalar samaradorligi, ularning bank ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mosligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar operatsiyalar Turonaro shartnomalar asosida xorijiy valutada amalga oshirilayotgan bo’lsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi ta’minlanadi. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlari qabul qilinayotganda quyidagi jihatlarga kata e’tibor qaratilishi kerak:
- Ularning O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan shakldagi blankda yozilib to’g’ri rasmiylashtirilganligi;
- Barcha rekvizitlar to’liq va to’g’ri to’ldirilganligi;
- Ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l qo’yilmaganligi;
- Hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va muhr izi taqdim etilgan namunalarga mosligi va boshqalar.
Dastlabki nazoratni amalga oshirgan xodim quyidagi hollarda pul hisob-kitob hujjatini ijro uchun qabul qilmaydi:
- Hujjatda belgilangan talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa;
- Hujjatda summa, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami o’zgartirilgan bo’lsa ;
- Hujjat mijozlar tomonidan o’zaro kelishilgan tartibda o’zgartirish kirtilgan bo’lsa;
- To’lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reestri mavjud bo’lmagan holda;
- Mijozning talab qilib olinguncha deposit hisobvarag’ida to’lov uchun yetarli mablag’lar mavjud bo’lmaganda (budjetga va budjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari mijozning hisobvarag’ida to’lov uchun yetarli mablag’lar mavjud bo’lmaganda 2-son kartatekaga qabul qilinadi);
- To’lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo’yish uchun foydalaniladigan e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo’lmasa. Joriy nazorat bek ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan pul hisob kitob hujjatlarining asl va elektron nushalarini qabul qilgandan so’ng amalga oshiriladi. Joriy nazoratda xodim quyidagi nazorat tadbirlarini amalga oshiradi;
- Dastlabki nazoratdan o’tkazilgan to’lov hujjatlarining to’g’ri rasmiylashtirilganligi va ularning electron nushalarining to’g’ri rasmiylashtirilganligini qaytadan tekshiradi;
- Hujjatlardagi muhr izi va imzolarni o’zlarida mavjud muhr izi va imzo namunalari bilan solishtiradi;
- To’lov hujjatlarinig asl nushasida front ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalterning imzolari va shtampi borligini tekshiradi;
- Bankning ichki moliya-xo’jalik operatsiyalari bo’yicha kelib tushgan to’lov hujjatlarining asl va elektron nushalari hamda ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo’lgan bank tegishli bo’linmalari Xizmat farmoyishlarining nushalari to’g’ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar yo’qligi tekshiriladi.
Yakuniy nazorat banklarda amaliyot kuni tugaganidan so’ng, kunlik operatsiyalar uchun asos bo’lgan hujjatlar o’rnatilgan tartibda tikilib va rasmiylashtirilib bo’lingandan keyin amalga oshiriladi. Bunda yakuniy nazorat xodimlari bankning electron ma’lumotlar bazasiga kirib hujjatlarning asl va elektron nushalarini nazoratdan o’tkazadi. Yakuniy nazorat xodimi bank operatsiyalarini bajarish uchun asos bo’lgan barcha hujjatlarni talab qilishga va ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada to’g’ri va maqsadga muvofiq bajarilganligi bo’yicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin.
Bank ichki nazorati quyidagilarni tashkil etish maqsadida tuzilgan tashkilot rejasi va barcha muvofiqlashtirilgan uslub va choralardan iborat bo’lishi kerak:
1) o’z aktivlari butligini ta'minlash;
2) hisobot ma'lumotlarining aniqligi va ishonchliligini tekshirish;
3) operatsiyalar samaradorligiga ko’maklashish;
4) hisob yuritish siyosatiga rioya etilishiga yordamlashish.
Maskur qo’yilgan vazifalarni to’laqonli amalga oshirishda tijorat bankining har bir tarkibiy tuzilmasi o’zi amalga oshirayotgan operatsiyalar ustidan ichki nazoratni olib borishi shart bo’lib, bunday nazorat mas’ul ijrochilardan tortib tuzilma boshlig’igacha barcha xodimlarning lavozim majburiyat lariga kirishi lozim. Aksiyadorlar ham Bank kengashi va Taftish komissiyasi orqali o’z ichki nazoratini amalga oshiradilar. Ichki nazoratga nisbatan bunday kompleks yondashuv banklar faoliyatida uchraydigan barcha risklarni aniqlash, tahlil qilish va oldini olish, shuningdek operatsiyalar samaradorligini baholashda operativlikni taminlaydi. ATB “Turonbankda” Bank Kengashi, Bank boshqaruvi, ichki va tashqi auditorlar ichki nazoratni tashkil qilish va uning samarali faoliyat yuritishida ma’lum vazifalarni bajaradi.

Download 91.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling