Reja: kirish bankning tashkiliy-huquqiy tuzilishini baholash


Bank ichki nazoratini tashkil qilish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshadi


Download 91.92 Kb.
bet6/19
Sana16.06.2023
Hajmi91.92 Kb.
#1513614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Amaliyot hisoboti

Bank ichki nazoratini tashkil qilish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshadi:
- Kredit tashkiloti faoliyatini tashkil etuvchi boshqaruv organlari tomonidan olib boriladigan nazorat.
- Bank risklarini baholash va ularni boshqarish tizimining ish faoliyatini tekshirish.
- Bank operatsiyalarini amalga oshirishda vakolatlar taqsimotini nazorat qilish.
- Ma’lumotlar oqimi va ularning xavfsizligini nazorat qilish.
Yuqori boshqaruv organlari tomonidan olib boriladigan nazorat ichki nazorat siyosatini amalga oshirishning bir qismi sifatida bank Kengashi, shuningdek bank ijroiya organlari tomonidan o’tkaziladigan chora -tadbirlar yig’indisini o’zida qamrab oladi.
Direktorlar Kengashi (Nazorat kengashi) ish faoliyatida bank faoliyatiga tegishli quyidagi masalalarni ko’rib o’tishi tavsiya qilinadi:
- Samarali ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
- O’z majlislarida ichki nazorat samaradorligini doimiy muhokama qilish va bank ijroiya organlari bilan ichki nazoratni tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan muloqotlar o’tkazish;
- Ichki nazoratni tashkil qilish bo’yicha bankning ichki ijro organlari, ichki nazorat xizmati, shuningdek ichki nazorat organiga taalluqli boshqa xodimlar tomonidan tayyorlangan hujjatlarni joriy nazoratini o’tkazish;
- Ichki nazorat xizmati tomonidan bildirilgan takliflar va e’tirozlarni tijorat banki ijro organlari tomonidan tezkorlik bilan ko’rib chiqish uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ta’minlash;
- Ichki nazoratning bank faoliyati ko’lami, xarakteriga muofiqligini o’z vaqtida tekshirib borish.
Bank ijro organi o’z ish-faoliyatida quyidagi masalalarni ko’rib borishi zarur:
- Bank kengashi qarorlari yuzasidan javobgarlikni belgilash, bank ichki nazoratini tashkil etish va amalga oshirishda tijorat banki siyosati va strategiyasini amalga tadbiq etish;
Ichki nazorat doirasida qoida va tartiblarni ishlab chiqish jarayonida vakolatlar taqsimotini belgilash (bank tashkiliy strukturasiga muofiq);
- Tijorat banki faoliyatining ichki hujjatlar, shuningdek ichki nazoratni amalga oshirishda belgilangan tartibga muofiqligini nazorat qilish;
- Ichki nazoratning aniq yo’nalishlari uchun javobgarlikni va majburiyatlar taqsimotini belgilash;
- Ma’lumotlarning samarali uzatilish tizimini ishlab chiqish;
- Ichki nazorat xizmati tomonidan aniqlangan qonun buzilishlar va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha nazorat mexanizmini tashkil etish;
Tijorat banki manfaatlar to’qnashuvi yuzaga kelishi sharoitida mavjud bo’ladigan ziddiyatlarni oldini olish maqsadida xodimlarning xizmat vazifalari taqsimotini amalga oshiradi. Bank manfaatlarning potensial to’qnashuvini aniqlash va nazorat qilish bo’yicha aniq tartib o’rnatishi kerak.
Ma’lumotlar oqimi boshqaruvini nazorat qilish va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash jarayoni bank faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab olishi zarur. Bank faoliyatining biror yo’nalishi bo’yicha ma’lumot ishonchli, to’liq, to’g’ri shakllantirilgan va o’z vaqtida taqdim etilgan bo’lishi kerak. Avtomatlashgan ma’lumotlar tizimi va texnik vositalarning ichki nazorati umumiy nazorat va dasturiy nazoratdan iborat bo’ladi. Umumiy nazorat uzluksiz ishni tashkil qilish maqsadida komputer tizimini nazorat qilishni nazarda tutadi. Dasturiy nazorat amaliy dasturda avtomatlashgan tartiblar bilan amalga oshiriladi. Ichki nazorat tizimini nazorat qilish boshqaruv va turli bo’linmalar xodimlari tomonidan doimiy amalga oshirilishi shart. Bank moliyaviy faoliyatga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarni o’rganib ichki nazorat tizimining sama rali faoliyat yuritishi uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Tijorat banklarida ichki nazorat xizmati quyidagi muhim tamoyillar asosida shakllantiriladi:
- Nazorat tadbirlarini o’tkazish uchun bankning barcha bo’linmalari va tashkiliy tuzilmalarning ochiqligi;
- Bank faoliyatidagi risklarning doimiy nazoratini amalga oshirish;
- Operatsiyalarning maqsadli bajarilishiga yagona shaxs javobgar bo’lmasligi uchun xodimlarning lavozim majburiyatlari taqsimoti;
- Har bir lavozimdagi shaxsni boshqa shaxsdan avval bajarilgan operatsiyalarga bog’liq bo’lmagan holda nazorat qilish;
- Bank aktivlariga va hujjatlariga bo’lgan jismoniy ruxsatni doimiy nazorat qilish.
Bank ichki nazorat tizimi uni joriy qilish bilan bog’liq hujjatlarga muofiq ravishda boshqaruv organlari tomonidan tashkil etiladi. Ichki nazorat tizimining faoliyat yuritishi, muammolarni aniqlash va tahlil qilish jarayonini domiy nazorat qilish uchun bankda ichki nazorat xizmati joriy qilinadi. U Markaziy bank talablariga javob berishi va o’z faoliyatini bank Ustavi hamda ichki nazorat to’g’risidagi Kengash tomonidan tasdiqlangan ichki tartibga asosan amalga oshirishi kerak. Ichki nazorat xizmatining xodimlar tarkibi bankning ko’lami, u bajaradigan operatsiyalar murakkablik darajasiga bog’liq holda boshqaruv tomonidan belgilanadi. Bugungi kunda bank faoliyatida risk nazorati xizmatini tashkil qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bank ishidagi risklar likvidlilikning tushib ketishi, katta moliyaviy yo’qotishlar va zararlarga olib kelishi mumkin. Ichki nazoratda ushbu yo’nalishni tashkil qilishdan asosiy maqsad kredit tashkiloti tomonidan qonunchilik hamda markaziy bank va boshqa tegishli organlar tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlarga amal qilinishini nazorat qilish yo’li bilan mavjud risklarni cheklashdan iborat.
Amerikaning aksionerlik va davlat korxonalari uchun buxgalteriya hisobi bo’yicha mutaxasislarni tayyorlovchi Institut olimlari ichki nazoratni quyidagicha talqin etadi
:“Ichki nazorat tashkilot rejasi va shu tashkilot (ma’lum biznes sohasi) tomonidan quyidagilarni ta’minlash maqsadida qabul qilingan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi: o’z aktivlarini saqlash; hisobotlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va aniqligini tekshirish; operatsiyalar samaradorligini oshirishga ko’maklashish; tasdiqlangan boshqaruv siyosatiga rioya qilinishini rag’batlantirish.
Ma’lumki, nazariy jihatdan ichki audit va ichki nazoratni taqqoslash zaruriyati paydo bo’ladi va bu taqqoslash bizga ikkala tizimning mohiyatini to’laroq ochib berishga imkon yaratadi. Ichki audit bo’limi ichki nazorat tizimini kuzatish va ichki nazoratning qanday shaklda amal qilayotganini aniqlash uchun javobgar. Ichki audit shuningdek, operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlab chi qilgan tartiblarni ta’minlaydi. Bundan tashqari ichki audit bo’limi bankda profilaktik funksiyani ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazorat ishini tashkillashtirish, uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, ushbu jarayonda har bir xodimning faol ishtirokini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Umumiy jihatdan olib qaraganda bank ichki nazoratida bank barcha xodimlarining o’z o’rni bor, ya’ni bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan lavozim majburiyatlarida har bir xodimning operatsiyalarni bajarishdagi faqatgina o’zigagina tegishli huquq va majburiyatlari belgilanadi va ana shu majbuiyatlar ichida nazorat mexanizmini amalga oshirishdagi shu xodimga tegishli ma’lum vazifa aniq ko’rsatilgan bo’ladi. Bu holat xodimning ichki nazorat xizmatiga to’g’ridan-to’g’ri aloqadorligini anglatmaydi, lekin bank asosan mijozlar mablag’lari bilan ish olib borishini inobatga olganda nazorat har bir bo’g’inda shartligi yaqqol ko’rinadi.
Mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazoratning amaliy jihatdan tashkil qilinishini inobatga olib, bank ichki nazoratining asosiy ish yo’nalishlarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Bankda kundalik hujjatlashtirish va xodimlarning o’z xizmat vazifalarini to’laqonli bajarishini nazorat qilish.
2. Banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat ishini tashkil etish.
Ichki nazoratning birinchi yo’nalishi yuzasidan asosiy meyoriy hujjat O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2008-yil 3-mayda qabul qilingan 674-sonli “O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risida yo’riqnoma” hisoblanadi. Shuningdek tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan ichki meyoriy hujjatlar va xodimlarning xizmat vazifalari to’g’risidagi buyruqlar shular jumlasidan.
Bank faoliyati nazorati administrativ va moliyaviy nazorat liniyalari orqali amalga oshiriladi: Administrativ nazorat bank operatsyalarini faqatgina bank tomonidan o’rnatilgan xizmat vazifalari taqsimoti asosida amalga oshirilishini ta’minlashi zarur. Moliyaviy nazorat aktivlar butligini saqlash, operatsiyalarning me’yoriy hujjatlar asosida bajarilishi, bank operatsiyalarini hisob va hisobotda to’g’ri aks ettirish va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashga qaratiladi.
Administrativ va moliyaviy nazorat dastlabki, joriy va so’nggi nazorat tartibida amalga oshadi. Bunda xodimlar faoliyatining nazorati uch xil ko’rinishda amalga oshadi: dastlabki, joriy va so’nggi. Dastlabki nazoratda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish jarayoni nazoratga olinadi. Ichki nazorat xizmati bankda xodimlar bazasiga nisbatan o’rnatilgan mezonlarga amal qilinishini nazorat qiladi. Ushbu mezonlar xizmat yo’riqnomasida to’la aks ettiriladi. Bunda xodimning klassifikatsiyasi (ma’lumoti, ish tajribasi) va individual xususiyatlariga katta etibor beriladi. Joriy nazoratda ichki nazorat xizmati bank xodimlari tomonidan operatsiyalar bajarishda qabul qilingan meyorlarga amal qilinishini doimiy monitoring qiladi. Shuningdek, xodimlarning o’z xizmat majburiyatlariga to’laqonli amal qilishi ham nazorat ostiga olinadi. So’nggi nazoratda bankda mavjud ma’lumotlardan xodimlarning foydalanish imkoniyati, ya’ni xodimning ma’lumotlar bazasiga kirish yoki kirmasligi to’la nazorat qilinadi. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, hozirgi vaqtda tijorat banklarida xodimlarning bank amaliyotlarini mavjud meyoriy asoslarga tayanib bajarishiga ichki nazorat tizimida katta e’tibor berilmoqda. Xodimlarning bank operatsiyalarini to’g’ri bajarishi keyingi nazorat tomonidan muntazam kuzatib boriladi.

Download 91.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling