Reja: kirish bankning tashkiliy-huquqiy tuzilishini baholash
Isteʼmolchilarga bank xizmatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar shartnomalar tuzilishidan avval bepul taqdim etilishi va tanishtirilishi shart. 7
Download 91.92 Kb.
|
Amaliyot hisoboti
6. Isteʼmolchilarga bank xizmatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar shartnomalar tuzilishidan avval bepul taqdim etilishi va tanishtirilishi shart.
7. Bank tomonidan isteʼmolchilarga bank xizmatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar davlat va rus tillarida yetkaziladi. Bank xizmatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning matni loʼnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi kerak. 8. Isteʼmolchilarga bank tomonidan koʼrsatiladigan xizmatlar toʼliq va toʼgʼri tushuntirilishi lozim. Bank xizmatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar qogʼoz shaklda berilganda «Times New Roman» 12 oʼlchamli shriftdan kam boʼlmagan yoki shunga oʼxshash shriftni qoʼllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish kerak. 9. Bank tomonidan kredit boʼyicha xizmat koʼrsatish davrida isteʼmolchining ogʼzaki yoki yozma soʼrovi olingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida unga quyidagi axborotlar yozma shaklda oyda bir marta bepul taqdim etiladi: kreditlash limiti; kredit boʼyicha toʼlangan pul mablagʼlari summasi; asosiy summa boʼyicha qarz qoldigʼi; navbatdagi toʼlovlarning miqdori, tarkibi va muddatlari (toʼlovlar jadvali); kreditni muddatidan oldin qisman yoki toʼliq soʼndirish istagi bildirilgan taqdirda toʼlash lozim boʼlgan summalar miqdori; muddati oʼtkazib yuborilgan qarzdorlik miqdori va tarkibi; kelib tushayotgan pul mablagʼlari kredit boʼyicha qarzni soʼndirishga yoʼnaltirilishi haqida axborotlar. 10. Bank isteʼmolchining talabiga koʼra quyidagi hujjatlarning bank tomonidan tasdiqlangan nusxalarini bepul (bitta bank xizmatini koʼrsatish shartnomasi boʼyicha bir marta) berishga majbur: bank va isteʼmolchi tomonidan imzolangan bank xizmatini koʼrsatish haqidagi shartnomasini; isteʼmolchi tomonidan berilgan ariza (agar qonun hujjatlariga muvofiq bunday arizaning rasmiylashtirilishi majburiy boʼlsa yoki bankning ichki qoidalariga asosan bank xizmatini koʼrsatish toʼgʼrisidagi shartnomani tuzish chogʼida bunday arizani rasmiylashtirilishi shart boʼlganda); isteʼmolchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat (order, toʼlov topshiriqnomasi, elektron toʼlov vositasiga pul mablagʼlari oʼtkazilganligi toʼgʼrisida maʼlumotnoma); kredit shartnomalari boʼyicha isteʼmolchi tomonidan majburiyatlari toʼliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat (maʼlumotnoma). Bank isteʼmolchining talabiga koʼra mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni ularni tayyorlash xarajatlaridan oshmaydigan haq evaziga cheklanmagan tarzda taqdim etishi mumkin. Bunday hujjatlarni taqdim etishning imkoni mavjud boʼlmagan taqdirda, bu haqida bank tomonidan isteʼmolchiga asosli ravishda yozma xabar berilishi kerak. 11. Bank isteʼmolchilarga maʼlumot berish uchun bank xizmatini koʼrsatish shartnomasini tuzish chogʼida ular bilan bogʼlanish aloqa vositalarini kelishib olishi va ushbu aloqa vositalari orqali bogʼlanish imkoniyatini taʼminlashi lozim. 12. Isteʼmolchining tegishli soʼrovi bankda roʼyxatdan oʼtkazilgan kundan boshlab oʼn ish kuni ichida bank xizmatini koʼrsatish haqidagi shartnoma, isteʼmolchi tomonidan berilgan ariza va isteʼmolchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat hamda bir ish kuni ichida kredit shartnomalari boʼyicha isteʼmolchi tomonidan majburiyatlari toʼliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Download 91.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling