Reja: kirish bankning tashkiliy-huquqiy tuzilishini baholash


Bankning aylanma mablag`lari va ulardan samarali foydalanish


Download 91.92 Kb.
bet10/19
Sana16.06.2023
Hajmi91.92 Kb.
#1513614
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Amaliyot hisoboti

Bankning aylanma mablag`lari va ulardan samarali foydalanish
Kredit 13101 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” .Qaytarish muddati kelganda to‘lanmagan va shundan so‘ng 90 kun o‘tgandan so‘ng ham qaytib kelmagan ssudalar 13109 “Xususiy korxona va nodavlat korporasiyalariga berilgan qisqa muddatli shartlari qayta ko‘rib chiqiladigan kreditlar” balans hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Kreditlarning qaytishi ma’lum riskni talab qiladi. Shu sababli banklarda kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi tashkil etiladi. Xususiy korxonalariga va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasining hisobini olib borish uchun 13199 balans hisob raqami ochiladi. 
Unda bankning xususiy firmalar, shirkatlar, jamoa xo‘jaliklari hamda korxonalari, korporasiyalariga bergan qarzlari undirib olinmay qolishi mumkin bo‘lgan qismi bo‘yicha ko’riladigan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxiralar hisobi olib boriladi. Analitik hisob har bir mijoz va kredit turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Boshqa mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan korxona, tashkilot, firma, bank va boshqalarga kredit berish va berilgan kreditlarni qaytarish bo‘yicha operasiyalar ham xuddi shu tarzda amalga oshiriladi. Faqat tegishli hisobvaraqlar tizimi ishlatiladi..
Muddatli va muddati o’tgan ssudalar bo’yicha foizlar hisoblash va undirish tartibi.Har bir kredit bo‘yicha bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada kelishilgan miqdordagi foiz stavkalari asosida bank foydasiga foizli daromadlar undiriladi. Foizlar bo‘yicha summalar quyidagi formula asosida hisoblab chiqariladi.Kredit uchun foiz summasi kredit miqdori foiz stavkasi kunlar soni 360 kunga bo‘lishimizga sabab foiz stavkalari yillik qilib belgilanadi. Lekin barcha bank operasiyalari kompyuterlashtirilganligi sababli dasturiy yo‘l bilan to‘lanadigan foizlar va asosiy qarz summalari butun kreditlash davri uchun grafik ko‘rinishida chiqarib beriladi. Bunday grafikning bir nusxasi mijozga beriladi, mijozlar ushbu grafik asosida kredit summasini va foizlarni belgilangan tartibda to‘lab boradilar. Banklarda kreditlar bo‘yicha foizlar har kuni hisoblab boriladi va 16309-“Ssudalar bo‘yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Foizlar hisoblangan, lekin hali undirilmagan holda quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi: Debet 16309 “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”Kredit 42601 “Xususiy korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar”Foizlar summasi undirilganda esa quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet 20208 “Xususiy korxona, shirkat va jamoalarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari”Kredit 16309 “Berilgan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi va iqtisodiyotning moderniza- tsiyalashuvi, shuningdek bank va uning mijozlarini iqtisodiy manfaatdorligi banklarning xizmat turlari va operatsiyalari sonining doimiy ravishda ortib borishiga turtki bo’lmoqda. Banklarning noa’nanaviy operatsiyalari shunday operatsiyalardan hisoblanib, ularning tarkibiga:
Lizing faktoring.Banklarda lizing operatsiyalari va hisobi Markaziy bankning tegshli me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi. (“Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to’g’risi”da 620-sonli Nizomi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006 yil 21 oktyabrdagi 25/6-sonli qarori bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 27 dekabrda 1648-raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan). Banklarda lizing operatsiyalari lizing beruvchi, lizingni oluvchi va vositalarni sotuvchilar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Lizing oluvchi lizing shartnomasini tuzish uchun uning asosiy depozit hisobvarag’iga xizmat ko’rsatayotgan bankkaquyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:lizing buyurtmasi;

Download 91.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling