Reja: kirish bankning tashkiliy-huquqiy tuzilishini baholash
Download 91.92 Kb.
|
Amaliyot hisoboti
Bankning kredit siyosati
Quyida biz xususiy korxonalarga kredit berish bo‘yicha buxgalteriya provod- kalarni ko‘rib chiqamiz. Xususiy korxonalarga xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga qisqa muddatli kredit berish uchun 13100 – “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” nomli balans hisob raqami ochiladi. Bu hisob raqam bir qator subhisob raqamlarni o‘z ichiga oladi. Pul tushirilishi lozim bo‘lgan korxonaga boshqa bank bo‘limi xizmat ko‘rsatsa, kredit summasi kredit berayotgan bankning vakillik hisobvarag‘i orqali tegishli bankga o‘tkaziladi.Kredit berilayotganda quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi: Debet 13101 – “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”Kredit 10301 – “Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mahsulot sotuvchi korxona hisobvarag‘i”13101 – hisob raqamida bank tomonidan xususiy firmalar, shirkatlar va jamoa xo‘jaligi va shu kabi xususiy mulkchilik shakliga ega bo‘lgan korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlarning hisobi yuritiladi. Bu hisob raqam bo‘yicha analitik hisob har bir qarzdor va kredit turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.Kredit oluvchi va bank o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga binoan kreditni qaytarish muddatlari belgilanadi. Kreditning qaytarish muddati tugagandan so‘ng ssuda qaytarish bo‘yicha buxgalteriya provodkalari bajariladi. Kreditni qaytarish bo‘yicha buxgalteriya provodkalari quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi.Debet 20208 “Xususiy korxona, shirkat va jamoalarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari”Kredit 13101 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar”.Bu buxgalteriya provodkasi agar mijozning talab qilinguncha saqlanadigan depozit bo‘yicha hisobvarag‘ida kreditni qaytarish uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lgan holda bajariladi. Agar qarzdorning hisobvarag‘ida ssudani qaytarish uchun mablag‘i yo‘q bo‘lsa, ssuda summasi 13101 – “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Bu operasiya bo‘yicha quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi:Debet 13105 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” Download 91.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling