Reja: Kirish Bankning tashkiliy-huquqiy tuzilishini baholash
Download 41.39 Kb.
|
Amaliyot hisoboti (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Bankning kredit siyosati 6. Bankning aylanma mablag`lari va ulardan samarali foydalanish KIRISH
REJA: Kirish 1. Bankning tashkiliy-huquqiy tuzilishini baholash 2. Bankdagi asosiy va yordamchi bo`g`inlari faoliyatini baholash 3. Bankda xizmat ko`rsatish jarayonlarini tashkil etish shakillari 4. Bankda xizmat ko`rsatish jarayonida qo`llaniladigan texnika va dasturlarni o`rganish va baholash 5. Bankning kredit siyosati 6. Bankning aylanma mablag`lari va ulardan samarali foydalanish KIRISH Respublikamizdagi yetakchi moliya muassasalaridan biri Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” 2022 yilni yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan yakunlamoqda. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar asos bo‘lmoqda. Xususan, bank xizmatlari sifati yaxshilanib, ko‘lam va qamrovi kengaymoqda. Pirovard natijada bankning ommabopligi oshmoqda. Hozirda respublikamiz hududlarida “Qishloq qurilish bank”ning jami 103 ta bank xizmati ofislari va bank xizmati markazlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ular orqali 700 mingdan ortiq mijozlarga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Hozirga kelib bankning sof aktivlari yil boshiga nisbatan 18,3 foizga oshib, 24 trln 500 mlrd so‘mga yetdi. Bankning umumiy kapitali 2 trln 912 mlrd so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 216 mlrd so‘mga ortgan. Bank depozitlari miqdori 8 trln 471 mlrd so‘mni jumladan, qisqa muddatli 1 trln 63 mlrd so‘mni, uzoq muddatli 7 trln 408 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bunda uzoq muddatli depozitlar yil boshiga nisbatan 2 trln 94 mlrd so‘mga, ya’ni 39,4 foizga oshgan. Bankning 2022 yil yakuni bo‘yicha kredit qo‘yilmalari 20 trln 221 mlrd so‘mni tashkil qilib, yil boshiga nisbatan 2 trln 465 mlrd so‘mga yoki yil boshidagi kredit qo‘yilmasiga nisbatan 14,1 foizga o‘sgan. Bankni transformatsiya qilish maqsadida, xalqaro konsalting kompaniyasi jalb qilingan holda, rivojlanish strategiyasi yangilandi. Bugungi kunga qadar bankning Chakana, Korporativ, Operatsion bloklari va Risk, G‘aznachilik, Moliya, IT yo‘nalishlari hamda tashkil etilgan Loyiha ofisi faoliyatlari xalqaro ekspertlar ko‘magida transformatsiya qilindi. Ushbu jarayonda asosan mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, mijozga yo‘naltirilganlik darajasini oshirish, xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish asosiy maqsad qilib olindi. Natijada mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqti 30 foizga qisqartirildi. Bankning kredit portfelini tarmoqlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, sanoat sohasiga 2 trln 400 mlrd so‘m, qishloq xo‘jaligiga 982 mlrd so‘m, qurilish sohasiga 1 trln 595 mlrd so‘m, savdo va umumiy xizmatga – 1 trln 872 mlrd so‘m, transport va kommunikatsiya sohasiga – 425 mlrd so‘m, uy-joy kommunal xizmatlariga 92 mlrd so‘m, boshqa sohalarga 2 trln 410 mlrd so‘m, jismoniy shaxslarga 11 trln so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan. 2022 yil davomida jami 7 trln so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan bo‘lib, yuridik shaxslarga 4 trln 350 mlrd so‘m, jismoniy shaxslarga 2 trln 620 mlrd so‘m miqdorida mablag‘lar yo‘naltirilgan. Yil davomida davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari bayonlari va hududiy dasturlarga kiritilgan jami 6 trln 585 mlrd so‘mlik 882 ta (bank krediti 3 trln 494 mlrd so‘m) loyihalardan 610 tasiga 1 trln 850 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi va 569 ta loyiha ishga tushirilib, 8 966 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Download 41.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling