Reja: Kirish Bankning tashkiliy-huquqiy tuzilishini baholash


Download 41.39 Kb.
bet9/11
Sana23.04.2023
Hajmi41.39 Kb.
#1389269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Amaliyot hisoboti (2)

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: isteʼmolchilar — bank xizmatidan foydalanish istagida bankka murojaat qilgan, ushbu xizmatdan foydalanayotgan yoki oldin foydalangan jismoniy yoki yuridik shaxslar;
shaxsiy kabinet — bankning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan, isteʼmolchiga bank xizmatini koʼrsatish shartnomasi boʼyicha oʼz majburiyatlarini bajarishi yuzasidan axborot olish, shuningdek Internet tarmogʼidan foydalangan holda xabarlar almashish orqali bank bilan oʼzaro hamkorlik qilish imkonini beruvchi axborot resursi;
murojaat — isteʼmolchi (yoki uning vakili) tomonidan ogʼzaki, yozma yoki electron shaklda bankka yuborilgan bank xizmatlarini koʼrsatishga taalluqli ariza, shikoyat yoki taklif.
2. Isteʼmolchilar bank va bank xizmatlarini erkin tanlash huquqiga ega.
Bank tomonidan bir xizmatning isteʼmolchiga qoʼshimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan koʼrsatilishi taqiqlanadi.
3. Bank xizmatlari bank va isteʼmolchi oʼrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq koʼrsatiladi.
Shartnomalarning matni isteʼmolchilar tushunishi uchun aniq va sodda tarzda bayon etilishi va kompьyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 12 oʼlchamli shriftdan kam boʼlmagan yoki shunga oʼxshash shriftni qoʼllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanilishi lozim.
Isteʼmolchilar tanloviga koʼra shartnoma matni davlat yoki rus tilida tuzilishi mumkin.
1. Isteʼmolchiga axborot berishning minimal talablari
Maʼlumotlar berishning umumiy minimal talablari
4. Bank tomonidan koʼrsatiladigan barcha xizmatlar toʼgʼrisida maʼlumotlar isteʼmolchiga oshkor etilishi lozim.
Xizmatlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar tijorat yoki bank sirini oʼz ichiga olmasligi zarur.
5. Bank xizmatlarini taqdim etish shartlarining oʼzgarishi haqidagi maʼlumot bankning rasmiy veb-saytida joylashtirilishi hamda bankning axborot stendlarida doimiy ravishda joylashtirilib borilishi kerak.

Download 41.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling