Reja: Kirish Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mazmuni


BO’LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI


Download 1.24 Mb.
bet2/5
Sana18.11.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1783447
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarin-fayllar.org

BO’LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI.

Kreativlik (lot., ing. “sreate”–yaratish, “sreative” yaratuvchi, ijodkor)–individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi SHaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o’tkirlikni tavsiflaydi.


Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o’zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi.
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo’lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo’naltiradi. Oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bo’lishlari ularda o’quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli yangi g’oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o’ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg’or, bolalarning o’quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo’lishga e’tibor qaratadi.

Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.


Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning
rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o’z oldiga muammoli masalalarni
qo’yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo’lgan dalillar bilan to’qnash keladi. Buning natijasida o’z ustida ishlash, mustaqil o’qib o’rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potentsialini yanada rivojlantiradi. Pedagog o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllanadi.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga mahsuliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun halq hamda jamiyat oldidagi o`z mas`uliyatini anglashiga, ta`lim-tarbiya vazifalarini hal etishga ijodiy yondoshishi, o`z mahoratini doimo tokamillashtirib borish va ishdagi hamkasblarni o`sishiga ko`maklashishiga yordam beradi. Demak, yuqorida keltirilgan sifatlarini tarkib to’tirish o`sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash hamma tomonlarini qamrab olomaydi. Lekin tarbiyachi shularga asoslanib bolalarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlash ishini mahlum bir maqsad bilan samarali amalga oshirilishi mumkin.
Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o`yinlarda, mashg’ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo’ladigan muomalada ta’sir ko`rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o`rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o`z vaqtida yordam ko`rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyasining asosiy fazilatlaridan biri o`z kasbiga sadoqatliligi, g`oyaviy e’tiqodliligi o`z kasbini sevishi va bu kasbga bo`lgan cheksiz sadoaqat o`qituvchi – tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turiladi. Pedagog – tarbiyachi shaxsiga qo`yiladigan muhim talablaridan biri u o`z predmetini, uning metodikasini chuqur o`zlashtirgan bo`lishi zarur. Predmetni va uning nazariyasi chuqur bilishi bolalarni bilishga bo`lgan qiziqishlarini oshiradi. Bu pedagog – tarbiyachining obro`sini ko`taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo`lgan muxim fazilatlaridan talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi, buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi pedagog bo`la oladi. Bolaga befarq uning kelajagi va qiziqmaydigan tarbiyachilik kasbiga loqayd odam haqiqiy pedagog – tarbichi bo`la olmaydi. Bolalarni sevish – pedagogning murakkab mehnatini jozibali va engil qiladi. O`qituvchi, tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagoga nisbatan ishonchni uyg’otadi, o`qituvchiga bolalarga chinakam ma’naviy murabbiysi bo`lishga imkon beradi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog`liqdir. Pedagogik qobiliyatlar - pedagogik mahoratiga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyatlar tarkibiga: pedagogik ko`zatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyati jarayonida, shuningdek uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat – bu yosh avlodga Tarbiya-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san’atidir.



Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling