Reja: Kirish. Budjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari


Download 80.48 Kb.
bet3/17
Sana28.12.2022
Hajmi80.48 Kb.
#1023997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
moliya bolimi xisobot

Budjet tasnifi budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat boʻlib, budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi.
Budjet tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi2.
Oʻzining iqtisodiy mazmuniga koʻra budjet xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga boʻlinadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ularning qanday taʼsir koʻrsatishi mumkinligini ifoda etadi.
Budjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yoʻnaltirilgan xarajatlardir.
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan budjet xarajatlari, boshqa budjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subvensiya shaklida koʻrsatiladigan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar va budjet xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar budjetning joriy xarajatlari deyiladi.
Aniqroq ravishda budjetning joriy xarajatlari tarkibi quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
davlat isteʼmoli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, milliy xoʻjalikning davlat tarmoqlarini saqlash, fuqarolik va harbiy xarakterdagi tovarlar va xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining joriy xarajatlari);
hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy korxonalarga joriy subsidiyalar;
transfert toʻlovlari;
davlat qarzlari boʻyicha foizlarni toʻlash;
boshqa xarajatlar.
Bu xarajatlar oddiy budjetda yoki joriy xarajatlar va daromadlar budjetida aks etgan chiqimlarga, asosan, mos keladi.
Funksional nuqtai-nazardan budjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy faoliyat sohalariga pul mablagʻlarining yoʻnaltirilganligini aks ettiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013-yil 26-dekabrda “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”
OʻRQ-360-son qonun imzolandi.
Mazkur qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 28-noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2013-yil 12-dekabrda maʼqullangan.
Budjet kodeksi oʻz ichiga barcha budjet jarayonini, jumladan, budjet loyihasini tayyorlashdan boshlab, uni tasdiqlash, taqsimlash, ijro etishgacha boʻlgan budjetdan moliyalashtirishni amalga oshirishning barcha jarayoni va usullarini oʻz ichiga olgan.
Kodeksda Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlar tartibga solingan3.
Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar (terminlar) qoʻllanilgan4:

Download 80.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling