Reja: Kirish. Budjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari
-yil uchun Navoiy shahar mahalliy budjeti daromadlarining reja koʻrsatkichi
Download 170.68 Kb.
|
Navoiy shahar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy rejaga nisbatan ulushi
- Mobil aloqa xizmati va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz soligʻi tushumlaridan tegishli ravishda oʻtkazib beriladigan daromad
- JAMI DAROMAD 111 906 606
- 2022-yil uchun Navoiy shahar mahalliy budjeti xarajatlarining reja koʻrsatkichi
- Xarajatlar - jami 154 241 318
- Tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar 42 334 712
- 2.2 Navoiy shahar mahalliy budjetidan mablagʻ oluvchi budjet muassasalarining 2022-yil uchun xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash va moliya boʻlimidan roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni.
2-rasm. 2.2 Navoiy shahar mahalliy budjetidan mablagʻ oluvchi budjet muassasalarining 2022-yil uchun xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash va moliya boʻlimidan roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni. Budjet muassasalarining xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-dekabrda 2634-son bilan roʻyxatdan oʻtkazildi “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi” Nizom asosida tuziladigan va roʻyxatdan oʻtkaziladigan boʻlib, mazkur Nizomning 22-bandiga asosan xarajatlar smetasi budjet tashkilotlari tomonidan moliya yilining 10-martiga qadar tasdiqlanishi, 39-bandiga asosan 1-aprel sanasiga qadar moliya organlaridan roʻyxatdan oʻtkazilishi belgilangan. Hozirgi kunda moliya boʻlimlari va budjet muassasalari oʻrtasida budjet mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar almashinuvi elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladigan boʻlib, xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni ham elektron tarzda axborot tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugungi kunda moliya boʻlimida Davlat moliyasini boshqarishning Axborot tizimi (DMBAT) amalda boʻlib, ushbu tizim budjet muassasalari tomonidan foydalaniladigan UzASBO axborot tizimi bilan integratsiyalashgan, yaʼni budjet muassasalari tomonidan UzASBO dasturida shakllantirilgan xarajatlar smetasi joʻnatilsa moliya boʻlimi DMBAT dasturiga kelib tushadi. Budjet muassasalari tomonidan joʻnatilgan xarajatlar smetasi moliya boʻlimi tomonidan mazkur sohaning xarajatlar smetasini roʻyxatdan oʻtkazishga masʼul boʻlgan xodimi tomonidan koʻrib chiqilib, kamchiliklari mavjud boʻlmasa tayyor holatga (sozdan) keltiriladi, boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi (utverjdeno) hamda moliya boʻlimi mudiri yoki oʻrinbosari tomonidan ijroga qabul qilinadi (prinyat k ispolneniyu). Ijroga qabul qilingan xarajatlar smetasiga tizimda avtomatik ravishda roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida raqam va sana beriladi va ushbu maʼlumotlar budjet muassasalarining UzASBO dasturida ham koʻrinadi. Bu amaliyotlarni amalga oshirish uchun moliya boʻlimining har bir xodimiga alohida elektron raqamli kalit berilgan boʻlib, faqat ushbu xodim tomonidan login va parol orqali dasturga kirgan holda ushbu vazifalarni amalga oshirish yoʻlga qoʻyilgan. Navoiy shahar mahalliy budjetidan jami 217 ta muassasa mablagʻ bilan taʼminlanadigan boʻlib, ayrimlari yuridik shaxs maqamiga ega, ayrimlariga esa markazlashgan hisobxonalar tomonidan xizmat koʻrsatiladi (masalan: umumtaʼlim maktablariga Xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan, mahalla fuqarolar
Download 170.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling